So’nggi yangiliklar

23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  0 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  2 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  5 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  9 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  12 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0 19:42"Арсенал" мавсум охирида Артета билан хайрлашади!  7 19:15УЕФА тўхталишлар сони кўпайиши туфайли ВАР ваколатларини кенгайтирмоқчи эмас  1 18:49Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" "Милан"дан устун келди  6 18:10"Ман Сити" "Галатасарой" қизиқаётган Эдерсонни сотмоқчи эмас  0

O'zbek klublari Osiyo Kuboklarida Yangiliklar

O'zbek klublari Osiyo Kuboklarida

Teglar :  AGMKOCHL-2019OFK
12 fevral kuni AGMK klubi Osiyo chempionlar ligasida debyut qiladi.

OSIYO KUBOKLARI HAQIDA

Osiyo futbol konfederaciyasida qita mamlakatlari klublari o'rtasidagi turnir 1967 yildan boshlangan. Dastlabki turnir OSIYO KLUBLARI CHEMPIONATI deya nomlangan. Bu nom ostida qita klublari 1971 yilgacha musobaqalashishgan. 1972-1985 yillar davomida Osiyoda klublar o'rtasida musobaqa o'tkazilmagan. 1986 yildan OFK ikkita yirik turnirga asos solgan. O'z mamlakatida chempion bo'lgan klublar OSIYO CHEMPIONLARI KUBOGIda ishtirok etgan bo'lsa, kubok sohiblari OSIYO KUBOK EGALARI KUBOGIda bahs yuritishgan. Qita miqyosidagi har ikki turnir 2002 yilga qadar muntazam o'tkazilgan. 2002 yildan esa har ikki turnir birlashtirilib OSIYO CHEMPIONLARI LIGASIga asos solindi. 2008 yildan boshlab bu turnir yanada takomillashtirildi va Osiyo reytingida yuqori o'rinda bo'lgan jamoalar OSIYO CHEMPIONLAR LIGASIda qatnashadigan bo'ldi. Reytingda pastroq bo'lgan jamoalar uchun esa 2004 yilda tashkil etilgan OFK KUBOGI turnirida qatnashadigan bo'ldi.
 
O'ZBEKISTON JAMOALARI OSIYO KUBOKLARIDA

Mamlakatimiz jamoalari Osiyo miqyosidagi klublar o'rtasida o'tkaziladigan turnirlarga 1994 yildan ishtirok eta boshlashgan. 1994-2002 yillar mobaynida OSIYO CHEMPIONLARI KUBOGIda yurtimizdan 4 jamoa ishtirok etgan. Farg'onaning “Neftchi”, Toshkentning “Paxtakor”, Namanganning “Navbahor” va Qarshining “Nasaf” jamoalari bu turnirda qatnashib, umumiy hisobda 35 uchrashuv o'tkazishgan. OSIYO KUBOK EGALARI KUBOGIda esa yurtimizdan “Paxtakor”, “Navbahor”, “Neftchi”, “Yangier” va “Samarqand-Dinamo” jamoalari ishtirok etishib, umumiy hisobda 32 o'yinda maydonga tushishgan. 2002 yildan OSIYO CHEMPIONLARI LIGASI musobaqalarida mamlakatimizdan “Paxtakor”, “Neftchi”, “Mashal”, “Bunyodkor”, “Nasaf” va “Lokomotiv” ishtirok etgan bo'lib, bugungacha ular ishtirokidagi o'yinlar soni 254tani tashkil etadi. 2004 yildan faoliyatini boshlagan OFK KUBOGIda “Neftchi”, “Nasaf” va G'uzorning “SHo'rtan” jamoalari umumiy hisobda 40 o'yin o'tkazishgan.
 
AGMK 11-JAMOA

AGMK Osiyo miqyosidagi klublar o'rtasida tashkillashtirilayotgan xalqaro turnirlarda O'zbekiston sharafini himoya etishi kutilayotgan 11-jamoa bo'ladi. 1994 yildan hozircha davr mobaynida mamlakatimiz sharafini himoya etgan jamoalar statistikasi quyidagicha:

PAXTAKOR – 104 o'yin, 46 g'alaba, 18 durang, 40 mag'lubiyat, to'plar nisbati 166-148.
BUNYODKOR - 81 o'yin, 27 g'alaba, 22 durang, 32 mag'lubiyat, to'plar nisbati 90-104.
NASAF – 55 o'yin, 25 g'alaba, 11 durang, 19 mag'lubiyat, to'plar nisbati 86-67.
NEFTCHI – 42 o'yin, 19 g'alaba, 5 durang, 18 mag'lubiyat, to'plar nisbati 74-64.
LOKOMOTIV – 30 o'yin, 7 g'alaba, 10 durang, 13 mag'lubiyat, to'plar nisbati 41-45.
NAVBAHOR – 17 o'yin, 6 g'alaba, 4 durang, 7 mag'lubiyat, to'plar nisbati 32-32.
MASH'AL – 6 o'yin, 2 g'alaba, 2 durang, 2 mag'lubiyat, to'plar nisbati 7-11.
SHO'RTAN – 6 o'yin, 1 g'alaba, 3 durang, 2 mag'lubiyat, to'plar nisbati 10-10.
YANGIER – 4 o'yin, 2 g'alaba, 1 durang, 1 mag'lubiyat, to'plar nisbati 6-4.
SAMARQAND-D – 2 o'yin, 2 mag'lubiyat, to'plar nisbati 5-7.


Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика