So’nggi yangiliklar

10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  1 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  0 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  3 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  1 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  3 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  2 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  5 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  15 23:33Россия. "Рубин" "Акрон"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 23:17Рубен Аморим: "Ўзимга, футболчиларга ва клубга ишонаман"  2 22:44Месси Флик "Барселона" бош мураббийи бўлгани ҳақида гапирди  9

O'zbek futbolida yangi davr boshlanishiga hissa qo'shgan inson Yangiliklar

O'zbek futbolida yangi davr boshlanishiga hissa qo'shgan inson

Yoxud Baxtiyor Rahimov o'zbek futboliga qanday hissa qo'shgan?

Yaqinda “Futbol Ekspress” gazetasining telegram kanalida shunday xabar chiqdi: "Baxtiyor Rahimov O'FFga rahbar etib tayinlanganida ishni zo'r boshlab, islohotlarni amalga oshirishga kirishgandi. Ulkan rejalar tuzgandi. Birinchi navbatda hakamlar safini tozalab, kelishilgan o'yinlarni yo'qotish payiga tushdi. Hammasi zo'r boshlanib, shaffoflik kira boshlagandi futbolimizga. Ammo, salbiy illatlar ijobiy tus ola boshlashidan manfaatdor bo'lmagan "qora kuchlar"ga bunday islohotlar kerak emasdi. Birin-ketin Baxtiyor Rahimov tayinlagan kadrlar federaciyadan ketkazildi. Hech qancha o'tmay o'ziga ham chiqish eshiklari ko'rsatildi".

Futbolga qiziqishimga 1998 yilgi jahon chempionati sabab bo'lgan. 2000-yillar boshida “O'zbekiston futboli” gazetasiga tajriba olish maqsadida tez-tez kelib turardim. Tahririyat topshirig'iga binoan bir necha bor O'FFga borishimga to'g'ri kelgan.

O'shanda Baxtiyor Rahimovning O'FFdagi faoliyati endigina boshlangan, yosh rahbar o'zbek futbolini yuqoriga ko'tarish maqsadida eng shimarib ishga kirishgan paytlar edi. “Futbol Ekspress” kanalida elon qilingan xabarni o'qigach, menda Baxtiyor Rahimov haqida o'z bilganlarimni qog'ozga tushirish fikri paydo bo'ldi.

37 yoshli mutaxassisning O'FFga kelishi


2000 yilning kuz oylari. Livan. O'zbekiston milliy terma jamoasining Osiyo chempionatidagi ikkinchi ishtiroki. Yaxshi natija kutilgan bir paytda charxpalak teskari aylanib hammasi boshqacha bo'lib ketadi.

1996 yil BAAda o'tkazilgan qita birinchiligida ilk bor ishtirok etgan O'zbekiston garchi guruhda Xitoyni mag'lub etgan bo'lsa-da, Yaponiya va Suriyaga imkoniyatni boy bergan holda oxirgi o'rin bilan tugatgan.

Oradan to'rt yil o'tib Livanda haqiqiy tragediya ro'y berdi. Terma jamoami Yaponiyadan 1:8, Saudiya Arabistonidan 0:5 hisobida engilib o'z tarixidagi eng yirik mag'lubiyatlarni qabul qilib oldi.




Mamlakatning bosh jamoasi bunday sharmandali ishtirokdan so'ng qaytib kelgach, O'zbekiston futbol federaciyasida tezkor yig'ilish o'tkazilib, kadrlar almashinuvi ro'y beradi.

O'FFning o'sha paytdagi rahbari Zokirjon Almatovich Almatov o'zbek futbolini murakkab vaziyatdan olib chiqib ketish maqsadida futbolni boshqara oladigan yosh hamda zamonaviy fikrga ega rahbar tayinlash uchun topshiriq beradi.

SHunday xususiyatlarga ega rahbarni topishga uzoq vaqt ketmaydi va bungacha “Do'stlik” klubini prezident sifatida boshqarib, 1999-2000 yillarda ikki bor O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritgan Baxtiyor Ikromjonovich Rahimovning nomzodi ilgari surilib, 2000 yil oxirlarida O'FFga bosh kotib sifatida qadam qo'yadi. O'shanda Baxtiyor Rahimov 37 yoshni qarshi olgandi.

Murakkab davr va undan chiqib ketishning yo'li


SHunday qilib Baxtiyor Rahimovning keyinchalik 10 yil davom etgan O'FFdagi faoliyati boshlanadi. Hozirgi davr o'quvchilarimizda savol tug'ilishi mumkin: Baxtiyor Rahimov kim bo'lgan?

Malumot uchun, Baxtiyor Ikromjonovich Rahimov 1963 yil 13 sentyabr kuni Toshkentda tavallud topgan. Toshkent avtomobil yo'llari hamda SHarqshunoslik institutlarini tamomlagan. Yoshligidan sportga qiziqqani bois sportning chim ustida xokkey turi bilan professional shug'ullangan. 1979 yil o'tkazilgan sobiq ittifoq xalqlar spartakiadasida O'zbekiston terma jamoasining bayroqdori ham Baxtiyor Rahimov bo'lgan. Yaxshi bilasiz, Spartakiada va Olimpiada kabi yirik musobaqalarda bayroqdor bo'lish har kimga ham nasib etavermaydi.


Suratga izoh: 1979 yilgi sobiq ittifoq xalqlar spartakiadasi. Baxtiyor Rahimov terma jamoa bayroqdori bo'lgan



Suratga izoh: CHim ustida xokkey bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi. Baxtiyor Rahimov tepa qator o'ngdan uchinchi. CHapdan birinchi terma jamoa murabbiyi Anatoliy Klimov



O'sha yillari chim ustida xokkey terma jamoamizga Anatoliy Klimov murabbiylik qilardi. Keyinchalik ushbu mutaxassis bir necha yil davomida O'FF terma jamoalar bo'limida faoliyat olib borganini yoshi katta muxlislar yaxshi eslaydi.

2000 yilgi Osiyo chempionatidagi muvaffaqiyatsiz ishtirokdan keyin zudlik bilan rivojlanishning yangi dasturi ishlab chiqiladi. Va bu dasturni boshqarish hamda nazorat qilish endigina O'FFga kelgan Baxtiyor Rahimovga ishonib topshiriladi. Xo'sh, nima qilish kerak? Nima qilsak xalqimiz xunuk natijani unutib, o'zbek futboliga yana ishonch bilan qaray boshlaydi? Axir to'rt yildan keyin yana Osiyo chempionati kutmoqda. Ungacha esa Jahon chempionati saralash o'yinlari bor. Biz ham jahon chempionatiga chiqa olamizmi? Buning uchun yaxshi futbolchilar etarlimi? SHu va shu kabi o'nlab savollar kun tartibidan o'rin olgandi.

“Paxtakor”ni terma jamoalar bazasiga aylantirish


O'zbek futboliga yangilik olib kirish, yangi davrga qadam qo'yish uchun nima qilish kerakligi borasida takliflar o'rtaga tashlanadi. Va yakunda eng maquli sifatida “Paxtakor”ni terma jamoalar bazasiga aylantirish taklifi tanlab olinadi va bu dasturni amalga oshirish uchun eng shimarib ishga kirishiladi.

Nima uchun “Paxtakor” baza vazifasini bajarishi kerak bo'lgan? Bunga birinchi sabab - “Paxtakor” poytaxt jamoasi. Ikkinchidan, “Paxtakor”ni nafaqat Osiyo, hatto MDH davlatlari ham yaxshi biladi. Uchinchidan, “Paxtakor” sobiq ittifoq yuqori ligasida O'zbekiston nomidan muntazam ishtirok etib kelgan yagona klub bo'lgan. Baribir bu ham muhim rol o'ynagan.

Dastur shunday ediki, mamlakatdagi eng iqtidorli futbolchilarni “Paxtakor”ga jamlash va shu orqali ham klubni kuchaytirish, ham terma jamoaga munosib o'yinchilarni etkazib berish. Aytish mumkinki, bu usul o'zini oqlagan. Aynan shu yurishdan so'ng “Paxtakor”ning gegemonligi boshlanadi va toki 2008 yil “Quruvchi” (hozirgi “Bunyodkor”) chempion bo'lguniga qadar davom etadi.




“Paxtakor”ni bazaga aylantirish “Paxtakor”ning o'ziga yordam berib qolmadi, balki terma jamoalarimizga ham o'z tasirini o'tkazib, futbolchilarning klubdan terma jamoaga o'tishida muhim rol o'ynagan.

Masalan, 2004 yil Osiyo chempionatiga chiqqanimiz va guruhdagi uchta o'yinni g'alaba bilan yakunlaganimiz - to'rt yil oldingi dastur samarasi deb o'ylaymiz. Qolaversa, aynan shu dastur sabab Respublika Olimpiya zaxiralari kolleji to'liq qayta tamirdan chiqarilib, viloyatlardan keladigan yoshlar uchun ajoyib sport maskaniga aylandi. Ushbu sport kolleji hududida futbol maydoni, trenajer zal, oshxona, yotoqxona kabilar barpo etilib, yosh futbolchilar uchun barcha shart-sharoit yaratildi. SHu dastur tuzilishi va ijro etilishida Baxtiyor Rahimovning hissasi katta bo'lgan.

Ilk jahon chempionati


2003 yil o'zbek futboli tarixiga alohida eslanadigan davr sifatida kirgan. Negaki aynan shu yil O'zbekiston futbol bo'yicha o'zining ilk jahon chempionatida qatnashgan.

Baxtiyor Rahimov O'FFga kelgan yillari tashkilot oldiga jiddiy maqsad qo'yadi: imkon qadar tezroq har bir yoshdagi terma jamoa bilan muvaffaqiyatga erishish va shu orqali millionlab muxlislar ishonchini qozonish. Ishqiboz ko'ngli futboldan bir sovusa uni qaytarish juda qiyin kechadi. Vaqt esa kam. Odamlar Livandagi voqeani hali unutgani yo'q.

Buni qarangki, oradan ko'p o'tmay yoqimli xabar tarqaladi. O'zbekiston - jahon chempionati ishtirokchisi! 2002 yilning kuz faslida Qatarda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida O'zbekiston yoshlar terma jamoasi kuchli to'rtlikka kirgan holda o'z tarixida ilk bor jahon chempionati yo'llanmasiga ega chiqdi.




Bu – o'zbek futbolidagi birinchi jahon chempionati bo'lgan. 2003 yil Viktor Borisov qo'l ostida yoshlarimizning jahon chempionatiga borgani mundial sabab ko'plab muxlislarning futbolga qaytishiga sababchi bo'lgandi. Buni ham inkor etib bo'lmaydi.

Yoshlar terma jamoamizning jahon chempionatiga chiqishi Baxtiyor Rahimovga qo'shimcha shuhrat olib keldi. Bu natija ishlar kutilganidek ketayotganidan darak berardi. Lekin quvonishga hali erta, negaki oldinda kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati kutayotgandi. Baxtiyor Rahimovning O'FFdagi keyingi faoliyati ham Osiyo chempionatiga bog'liq bo'lib qolishi mumkin. Boz ustiga biz 2002 yilgi jahon chempionatiga chiqa olmaganmiz. Legionerlarni mahalliylashtirib terma jamoada o'ynatish o'zini oqlaganmi? Bu haqda quyida to'xtalamiz.

Maminov, Pashinin rejasi


Hozirgi futbolda yaxshi o'yinchilarni mahalliylashtirish avj oldi. Qatar bundan ustamonlik bilan foydalanib kelmoqda, yaqinda BAA ham o'zib ketdi. O'zbekiston milliy terma jamoasi ham o'z paytida shu usulni sinab ko'rgan.

2000 yil Osiyo Kubogidagi ishtirokdan so'ng terma jamoaga yangi bosh murabbiy etib Vladimir Salkov tayinlanadi. 2001 yil jahon chempionati saralash o'yinlari bo'lib o'tishini hisobga olsak, kuchli jamoa shakllantirish maqsadida uch nafar rossiyalik – Vladimir Maminov, Oleg Pashinin va darvozabon Aleksey Polyakov taklif etilib, ularga O'zbekiston terma jamoasida o'ynash imkoniyati beriladi. SHuningdek, bolgariyalik hujumchi Georgiy Georgievga ham O'zbekiston pasporti taqdim etilgan.

To'g'ri, bu yo'l bilan jahon chempionatiga chiqa olmaganmiz, lekin ko'pchilikda Maminov, Pashinin kabi futbolchilarning terma jamoadagi o'yinidan ijobiy taassurot qolgandi. O'shanda O'FF rahbariyati natija tezroq kelishi uchun shunday yo'l tutgan. Qolaversa o'sha yillari O'zbekiston FIFA reytingida 50-o'rinda bo'lgan.




Blatterning ilk tashrifi


2004 yilning 17 sentyabr sanasi o'zbek futbol tarixida o'chmas iz qoldirdi. CHunki shu kuni FIFA prezidenti Yozef Blatter ilk bor yurtimizga tashrif buyuradi. SHunday martabali shaxsning O'zbekistonga kelishida O'FF bosh kotibi Baxtiyor Rahimovning hissasi katta bo'lgan. O'shanda Blatterga OFK rahbari Muhammad bin Hammam hamrohlik qilgandi.

Avvallari O'FF binosi “Xalqlar do'stligi” saroyi tomonda, faqat yo'lning bu betida bo'lardi. Juda ixchamgina binoga metrodan chiqib piyoda borardik. Hozirgi O'FA binosi o'rnida esa “Sport” va “O'zbekiston futboli” gazetalari tahririyati joylashgandi. 2004 yil Blatter ilk bor O'zbekistonga kelganida O'FF rahbariyati bilan birgalikda hozirgi O'FA binosiga tamal toshi qo'yish marosimi o'tkazilgan. Keyinchalik tahririyat Xuvaydo tomonga ko'chdi, tahririyat binosi esa O'FF binosiga aylantirildi.

Oradan uch yil o'tib 2007 yilning 29 mart kuni FIFA rahbari Yozef Blatter ikkinchi bor yurtimizga tashrif buyurdi. Bu safar CHig'atoy stadioni va bazasiga tamal toshi qo'yish marosimi bo'lib o'tdi. Bundan tashqari UEFA rahbari Mishel Platini tashrifi ham o'zbek futboli uchun katta voqeaga aylangandi.




OFK bilan munosabatlar


Baxtiyor Rahimov O'FFdagi faoliyati davomida faqat terma jamoalarni kuchaytirishga harakat bilan cheklanib qolmasdan, kerak payt OFK bilan iliq munosabatlarni ham yo'lga qo'ydi. Xususan OFKning avvalgi rahbari Muhammad bin Hammam shaxsan o'zi Baxtiyor Ikromjonovichni OFK ijroiya qo'mitasida bo'lishini xohlagan va xalqaro bo'lim boshlig'i Alisher Mo'minovning tavsiyasi orqali Baxtiyor Rahimov ham OFK Ijroqo'miga kirgan.

Aynan OFK bilan iliq munosabatlar sabab O'zbekiston Baxtiyor Rahimov O'FFda faoliyat olib borgan 10 yil ichida bir qator musobaqalarga mezbonlik qildi. Jumladan, 2008 yil o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati ilk bor Toshkentda o'tkazildi. 2010 yilgi musobaqa ham bizda o'tgani ko'pchilikning yodida.

Baxtiyor Rahimov O'FFda ishlagan kezlari nafaqat futbol, balki futzalga ham etibor kuchaydi. Xususan 2008 yilgi futzal bo'yicha Osiyo chempionati mezbonligi O'zbekistonga ishonib topshirildi. Bundan tashqari oradan ikki yil o'tib ushbu musobaqa mezbonligi yana bizga nasib etdi va ketma-ket har ikkala Osiyo chempionatida O'zbekiston futzal terma jamoasi ikkinchi o'rinni egalladi.




O'FFdagi so'nggi davrlar


2006 yilga kelib O'FF rahbariyatida o'zgarish ro'y berdi. Mirabror Zufarovich Usmonov O'FF prezidenti etib tayinlandi. Baxtiyor Rahimov O'FF vice-prezidenti sifatida besh yil Mirabror Zufarovich bilan birga faoliyat olib bordi.

2010 yil OFKdan Baxtiyor Rahimovni OFK vice-prezidentligiga nomzodini qo'yish borasida O'FFga tavsiyanoma keladi. Baxtiyor Ikromjonovich bunga rozilik bildirib, o'z nomzodini qo'yish borasida harakatga kirishadi. Lekin nimadir bo'lib nomzodini ilgari sura olmaydi. SHundan so'ng ketish fursati etganini anglagan Rahimov barchaga o'z minnatdorchiligini bildirgan holda nafaqat O'FF, balki umuman futbol bilan xayrlashadi.

Baxtiyor Rahimov O'FFda ishlagan yillari uning qo'l ostida mehnat qilgan bir nechta etuk kadrlar etishib chiqdi. Ulardan biri siz-u bizga yaxshi tanish Alisher Nikimbaev bugungi kunda Qatar futbol associaciyasida ishlab kelayotgan bo'lsa, yana bir mutaxassis Sanjar Rizaev ayni payt o'z faoliyatini OFKda davom ettirmoqda.

Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkin, Baxtiyor Rahimov O'FFda faoliyat yuritgan yillar o'zbek futboli bir nechta sinovli davrni boshdan kechirdi, agar o'sha payt ish to'g'ri yo'lga qo'yilmaganida, o'z yo'limizni topa olmasligimiz mumkin edi. Lekin vaqtida kuchli kadrlarning futbol boshqaruviga kelishi o'zbek futbolini tubanlikdan yorug'lik sari etaklay oldi.




Xayrulla Xoliqov.

Reyting: +3   

Fikrlar

   
18 okt 15:50:37
Жалоладдин Мухаммадович✈
Haqiqat-2 foydalanuvchining fikriga javob berish
Бахтиер Рахимовнинг укаси Ботир Рахимов
Хозир қайрда бу инсон Бахтиёр Раҳимов
   
18 okt 12:18:31
Haqiqat-2
Жамшид Абдусамадов foydalanuvchining fikriga javob berish
Алишер Усмонова куёв дейишган
Бахтиер Рахимовнинг укаси Ботир Рахимов
   
18 okt 11:23:45
Жамшид Абдусамадов
Алишер Усмонова куёв дейишган
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика