So’nggi yangiliklar

12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали рақамдан иборат жаримага тортилди  1 11:19U-23 Осиё кубогига қуръа ташлаш санаси маълум  10 10:57"Реал" ва Испания терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини Гонконг чемпионатида давом эттиради  0 10:30Португалия футболи юлдузлари "Шон-шараф" залига киритилди  1 10:04МЮнинг яна бир футболчи фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  1 09:38Опта ЕЧЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 09:10Холанд Молдовага урилган голлар учун дарвозабондан узр сўраган  5 08:43"Ал Иттиҳод" 20 ёшли сербиялик футболчига 21 миллион евро тўлади  3 08:16Суперлига. Бугун Қашқадарё дербиси бўлиб ўтади  0 07:44Криштиану Роналду яна бир совринга эга чиқди  8 01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0 23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  6 22:56"Бавария" бир неча йил аввал 14 ёшли Ямални сотиб олмоқчи бўлган, аммо трансфер суммасини тўлашга журъат этмаган  6

O'z tarixida ilk bor finalga chiqqan "Atalanta" mag'lubiyatsiz odimlayotgan "Bayer"ga qarshi. Evropa ligasi finali uchun prevyu Yangiliklar

O'z tarixida ilk bor finalga chiqqan "Atalanta" mag'lubiyatsiz odimlayotgan "Bayer"ga qarshi. Evropa ligasi finali uchun prevyu

Bugun, 22 may kuni Dublin shahridagi "Aviva" stadionida Evropa ligasi final uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Evropa ligasi finaliga Italiyaning "Atalanta" va Germaniyaning "Bayer" klublari chiqishdi.

Bergamoliklar o'z tarixida ilk bor evrokubok finaliga chiqishdi, Leverkuzen klubi esa mavsumni mag'lubiyatsiz tugatish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo'lib turibdi.

"Bayer" o'z tarixida ikki marta evrokubok finalida o'ynagan. 1988 yil UEFA kubogi finalida o'ynagan va "Espanol"ni qo'shimcha vaqtda 3:2 hisobida mag'lub etgan. 2002 yil ECHL finalida esa "Real"ga imkoniyat boy berilgan - 1:2.




HAKAMLAR
Evropa ligasi finalini ruminiyalik Ishtvan Kovach boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishadi. 39 yoshli Kovach bu mavsum ECHLning 8 ta uchrashuvida ishladi (ulardan biri chorak final doirasidagi "Barselona" - PSJ o'yini), Evropa ligasida bitta bahsda faoliyat olib bordi.

Ishtvan Kovach 2022 yil "Roma" va "Feyenoord" o'rtasida kechgan Konferenciyalar ligasi finalida ham bosh hakam bo'lgandi.

Bosh hakam: Ishtvan Kovach (Ruminiya)
Qanot hakamlari: Vasile Marinesku va Mixay Artene (ikkalasi Ruminiya)
Zaxira hakami: Ivan Krujlyak (Slovakiya)
Beshinchi hakam: Branislav Gancko (Slovakiya)
VAR: Pol van Bekel (Niderlandiya)
AVAR: Katalin Popa (Ruminiya)
VAR yordamchisi: Rob Diperink (Niderlandiya)





"ATALANTA"
UEFA reytingidagi o'rni: 21
Evropa ligasiga qanday chiqqan: Italiya A seriyasida 5-o'rin
Guruh bosqichi: D guruhi g'olibi
1/8 final: umumiy 3:2 "Sporting"
1/4 final: umumiy 3:1 "Liverpul"
1/2 final: umumiy 4:1 "Olimpik"
O'tgan mavsum: evrokubokda qatnashmagan
UEFA Kubogi/Evropa ligasidagi eng yaxshi natijasi: 1/4 final (1990/91, 2021/22)

Asosiy futbolchisi: Teun Koopmeyners
Etibor qaratish kerak: Jorjio Skalvini
Mavsum uchun qisqa tarif: "Atalanta"ga qarshi o'ynash - stomatolog huzuriga borishdek gap", - Gvardiola.




"BAYER"
UEFA reytingidagi o'rni: 14
Evropa ligasiga qanday chiqqan: Germaniya chempionatida 6-o'rin
Guruh bosqichi: H guruhi g'olibi
1/8 final: umumiy 5:4 "Qorabog'"
1/4 final: umumiy 3:1 "Vest Xem"
1/2 final: umumiy 4:2 "Roma"
O'tgan mavsum: 1/2 final (umumiy 0:1 "Roma")
UEFA kubogi/Evropa ligasi: CHempion (1987/88)

Muhim futbolchi: Florian Virc
Etibor qaratish kerak: Jeremi Frimpong
Mavsum uchun qisqa tarif: Bundesligadagi birinchi sovrin, mag'lubiyatsiz seriya va hali hammasi oldinda.





OLDINGI TO'QNASHUVLAR
10.03.2022: "Atalanta" - "Bayer" 3:2
17.03.2022: "Bayer" - "Atalanta" 0:1 (umumiy 2:4)

Bu jamoalar Evropa ligasi-2021/22 1/8 finalida to'qnash kelishgandi. Jan-Pero Gasperini shogirdlari Italiyada 3:2 hisobida zafar quchishgandi. Germaniyadagi javob bahsida Jeremi Boganing goli yagona bo'lib qolgandi. Frimpong va Virc javob bahsini jarohat sabab o'tkazib yuborishgandi.





TAXMINIY TARKIBLAR:

"Atalanta": Musso; Jimshiti, Xin, Kolashinac; Dzappakosta, Ederson, Koopmeyners, Rudjeri; de Ketelare, Pashalich; Skamakka
O'ynamaydi: Xolm (jarohat), de Roon (son)
So'roq ostida: Toloy (son), Kolashinac (son)
"Bayer": Kovarj; Tapsoba, Ta, Inkape; Stanishich, Palasios, Jaka, Grimaldo; Virc, Frimpong, Adli



MURABBIYLAR NIMA DEYDI?

"Atalanta" bosh murabbiyi Jan-Pero Gasperini: "O'yinga barcha tayyorgarlikni amalga oshirdik va shunchaki finalni kutishimiz kerak. Jismoniy va ruhiy holat bo'yicha yuqori darajadamiz. Buyuk klubga qarshi o'ynashimizni tushunamiz, raqib ajoyib mavsumni o'tkazayotganini va mag'lubiyatsiz seriya qayd etayotganini bilamiz. Ular erishayotgan natijalar tasodif emas. Final taqdirini mayda detallar hal qilishi mumkin. Biz raqibga hurmat bilan munosabatda bo'lishimiz va tezroq ularning o'yiniga moslashib olishimiz shart".




"Bayer" bosh murabbiyi Xabi Alonso: "Biz "Atalanta" bilan tanishmiz, ammo bu jamoa rivojlanishda davom etmoqda. Bunday jamoalarga qarshi Germaniyada ham o'ynadik, finalda eng muhimi xarakter namoyish etish. Bizda final uchun reja bor, ammo futbolchilarim hamon shanba kungi bayram kayfiyatidan chiqib keta olishmayapti. Biz xuddi shu ruhda davom etishimiz kerak. Futbolchi va murabbiy uchun final - bu turlicha narsalar. O'yin boshlanishini anglatuvchi hushtakdan keyin futbolchilar katta sahnaga chiqishadi. Ammo men jamoamga ishonaman. Ular g'olib bo'la olishadi".




IKKI KLUB O'RTASIDAGI BOG'LIQLIKLAR

"Atalanta" himoyachisi Mitchel Bakker 2021-2023 yillarda "Bayer"da o'ynagan. Bu davr mobaynida u Bundesligada 53 ta o'yin o'tkazgan.

Ikki klub safidagi oldin birga o'ynagan futbolchilar:
Sead Kolashinac va Granit Jaka ("Arsenal" 2017-22)
SHarl de Ketelare va Odilon Kossunu ("Bryugge" 2019-21)
SHarl de Ketelare va Noa Mbamba ("Bryugge" 2021/22)
Ademola Lukman va Patrik SHik ("Leypcig" 2019/20)

Ikki klub safidagi terma jamoada birga o'ynaydiganlar:
Xuan Musso va Esekel Palasios (Argentina)
Teun Koopmeyners, Marten de Roon, Xans Xatebur va Jeremi Frimpong (Niderlandiya)
Mario Pashalich va Yosip Stanishich (Xorvatiya)
Ademola Lukman va Neytan Tella, Viktor Bonifeys (Nigeriya)



Atalanta

Ademola Lookman - 12', Ademola Lookman - 26', Ademola Lookman - 75'

Europa League Final Stage . Final-tur

23/05/2024, 01:00

0
:
3
Tugadi

Bayer Leverkusen

Stadion: Aviva Stadium, 47135 tomoshabin

Bosh hakam: Istvan Kovacs

45'
90'
12'  Ademola Lookman
12'  Davide Zappacosta
22'  Berat Djimsiti
26'  Ademola Lookman
35'  Gianluca Scamacca
46'  Sead Kolasinac (Giorgio Scalvini)
57'  Charles De Ketelaere (Mario Pasalic)
60'  Davide Zappacosta
70'  Teun Koopmeiners
75'  Ademola Lookman
75'  Gianluca Scamacca
84'  Gianluca Scamacca (El Bilal Toure)
84'  Davide Zappacosta (Hans Hateboer)
90'  Matteo Ruggeri (Rafael Toloi)
35'  Florian Wirtz
46'  Josip Stanisic (Victor Okoh Boniface)
67'  Edmond Tapsoba
68'  Exequiel Palacios (Robert Andrich)
68'  Alejandro Grimaldo (Adam Hlozek)
73'  Robert Andrich
81'  Florian Wirtz (Patrik Schick)
81'  Jeremie Frimpong (Nathan Tella)

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика