So’nggi yangiliklar

22:13"Реал ТВ": "Барселона" рақиблари ҳар 3,8 та қўполлик учун сариқ карточка олишмоқда  4 21:15BALLON D'OR-2025  8 20:57"Реал"нинг асосий юлдузларидан бири январда жамоани тарк этиши мумкин  4 19:53УEФА Исроилни барча Европа мусобақаларидан четлаштириш ниятида  17 19:22Бензема Европага қайтиши мумкин: Моуринью Каримни "Бенфика"га чақирди  5 18:54Рубен Диаш: "Арсенал" билан ўйин биз учун ноодатий кечди"  0 18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  4 18:00"Олтин тўп" ва "The Best" мукофотлари ўртасида қандай тафовут мавжуд?  6 17:38"Реал" "Олтин тўп" маросимини бойкот қилди  37 17:12"Манчестер Юнайтед" футболчиси Instagram ва Facebook'даги барча суратларни ўчириб ташлади. Мухлислар уни бунга мажбур қилди  3 16:45Футзал. Ўзбекистон - Шарқий Тимор 7:1  6 16:14"Барселона" Ҳоландга кўз тикди  11 15:47ПСЖ "Олтин тўп"ни топшириш маросимида қатнашмайди. Нима учун?  18 15:25Хет-трик қайд этган легионер, рақибни тор-мор келтирган мураббий, финт билан гол урган футболчи — Суперлигада 22-турнинг энг яхшилари  10 15:03Цигер, Исмоилов, Ғиёсов, Табатадзе, Бегич... Суперлига 22-тур рамзий терма жамоаси  0

"O'z klassiko"da imkoniyatlar teng! Yangiliklar

"O'z klassiko"da imkoniyatlar teng!

Bugun oliy liganing 9-tur o'yinlari o'z yakuniga etadi.
Sizlarga aytsak, imkoniyatlarni biz turnir jadvaliga qarab emas, jamoalarning o'sha kungi holatiga qarab tuzamiz.

Kecha "Nasaf" - "Metallurg" bahsi uchun berilgan imkoniyatlar muxlislar tomonidan inkor etilgan bo'lsa-da, amalda o'z isbotini topdi. Bugungi imkoniyatlar esa quyidagicha ko'rinish olgan.

"Andijon" (Andijon) - "Navbahor" (Namangan)
16 may. 2015 yil. Andijon. "Sog'lom avlod" stadioni. 16:30.

Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), D. Muxtorov (Toshkent)
Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent)


Imkoniyatlar: 50:50%

Bu o'yinni Baxtiyor Ashurmatov avvalgi o'yinda olgan qizil kartochkasi tufayli muxlislar bilan birga kuzatadi. 8 tur natijasiga ko'ra, "Navbahor" bor-yo'g'i 3 ochko farqi bilan andijonliklardan ustun turibdi. Bu esa ikki jamoaning imkoniyatlari teng deganidir. Biroz ustunlik "Andijon"da bo'lishi mumkin, boisi 8-turda "Nasaf"ga qarshi o'yin o'tkazgan namanganliklarda biroz toliqish kuzatildi. Vodiy derbisida hamma ham g'alaba qozonishni istaydi. "Andijon"ning o'z maydonida uch ochko olishi mumkin bo'lgan kam sonli o'yinlardan birida kim g'alaba qozonishini uchrashuv yakuniga etgach bilib olamiz.


"Qo'qon-1912" (Qo'qon) - "SHo'rtan" (G'uzor)
Hakamlar: V. Ceytlin (Toshkent), R. Fozilov (Namangan), M. Majidov (Namangan), SH. Qayumov (Jizzax)
Nazoratchi: V. Valickiy (Toshkent)


Imkoniyatlar: 50:50%

Qo'qonliklar ko'plab sensaciyalarga sabab bo'lyaptilar. Lekin jamoa 90 daqiqa birdek harakat qila olmayapti. Tajribasizlik pand beryapti. Safardagi o'yinlarda birinchi bo'lib gol urayotgan jamoa, oxir-oqibat mag'lubiyatga uchramoqda. Bugun ular o'z maydonlarida to'p tepadilar. Raqib chakki emas. O'tgan tur Karpenkoning benifisiga aylangan edi. Agar uning o'yini chiqsa maydon egalariga oson bo'lmaydi.


"Dinamo" (Samarqand) - "So'g'diyona" (Jizzax)
16 may 2015 yil. Samarqand. 17:30.

Hakamlar: V. Agishev (Toshkent), A. Kalinin (Qarshi), A. Sidorov (Toshkent), A. Mo'minov (Toshkent vil.)
Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent)


Imkoniyatlar: 55:45%

Garchand "So'g'diyona" turnir jadvalida samarqandliklardan bir pog'ona ustun bo'lsa-da, bu o'yinda "Dinamo"ning g'alaba qozonish imkoniyati ko'proq. "Dinamo"da o'yin bor, lekin nimadir etishmayotgandek. Agar o'sha nimadirni Agamurodov bugun ham topa olmasa, jamoa tom manoda birinchilik autsayderiga aylanadi.

"Buxoro" (Buxoro) - "Qizilqum" (Navoiy)
16 may, 2015 yil. Buxoro. 18:30.
Hakamlar
: T. To'xtasinov (Andijon), A. Usmonov (Toshkent), D. Saylalov (Toshkent), R. Lutfulin (Toshkent)
Nazoratchi: B. Galeev (Urganch).


Imkoniyatlar: 55:45%

Mochinov o'zi uchun eng qiyin yo'lni tanladi. Yangidan shakllanayotgan hamma jamoa ham raqib kim bo'lishidan qatiy nazar, hujumkor o'yin qilmaydi. U esa shunday qilyapti. Buning uchun kerakli o'yinlarda pand edi ham. Bizda murabbiylar aniq bir jamoa o'yinidan kelib chiqib maxsus taktika ishlab chiqmaydilar. Bizning futboldagi eng katta kamchilik ham shu aslida. "Qizilqum" esa borgan sari uy jamoasi bo'lib qolyapti. Safarda jamoaning ishlari yaxshi emas.

"Paxtakor" (Toshkent) - "Neftchi" (Farg'ona)
16 may, 2015 yil. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 19:00.
Hakamlar: O. Tolibjonov (Toshkent), T. Galeev (Toshkent), A. Po'latov (Toshkent), A. Najafaliev (Toshkent)
Nazoratchi: I. Nexochin (Namangan)


Imkoniyatlar: 50:50%

Bu o'yinni kutayotganlar juda ko'p. "Neftchi" g'alaba qozonsa, "Nasaf"dan chempionlik poygasida 4 ochkoga o'zib ketadi. "Paxtakor"ning zaxirasida bitta o'yin bor va ular uch ochkoni qo'lga kiritsalar uchinchi o'ringa ko'tarilib oladilar. Ikki jamoa ham bu o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rdi. "Neftchi"dan faqatgina Abbosbek Maxsitaliev yo'qotish bo'lishi mumkin. Ubaydullaev va Olimov hozircha asosiy tarkib futbolchilari emas. "Paxtakor"da Andreev maydonga tushsa "Neftchi"ni ishi biroz osonlashadi, agar "Metallurg" bilan o'yindagi kabi Pardaev yoki Masharipov dastlabki daqiqalardan o'ynasa "Neftchi"ga qiyin bo'ladi.

Bu o'yin Ismoilov uchun ham jiddiy sinov. O'zining sobiq shogirdlariga qarshi baxs olib boradi. Bugun "o'zbek el klassiko"si, uni tomosha qilish kerak.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика