So’nggi yangiliklar

20:37"Реал Мадрид" Родриго бўйича бирорта клубдан таклиф олмагани маълум бўлди  3 20:00Суперлига. "Пахтакор" – ОКМК (матнли трансляция)  16 19:51"Эспаньол" Лукас Васкесни таркибга қўшиб олмоқчи  0 19:22МЮ "Лейпциг"га Шешко учун катта сумма таклиф қилди  1 18:49Суперлига. "Пахтакор" – ОКМК. Таркиблар маълум  6 18:36"Ювентус" Тоналини харид қилмоқчи  1 18:09ФИФА собиқ ҳаками вафот этди  0 17:46Диёра Ҳабибуллаева – "Севинч" аъзоси!  0 17:30Суперлига. 17-тур дисквалификациялари: "Динамо", "Сўғдиёна" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  0 17:13МЮ "Реал" футболчиси учун йирик таклиф билан чиқмоқчи  7 16:44"Андижон" собиқ футболчиси фаолиятини Черногорияда давом эттиради  2 16:16"Реал" собиқ ҳужумчиси Греция жамоасига ўтди  0 15:48Манба: Ўзбекистон МТЖнинг CAFA турнири учун эҳтимолий таркиби  18 15:27"Футбол олами". "Нефтчи"да мағлубият, "Андижон"да йирик ғалаба, Самарқандда дуранг  0 15:16Доннарумма ПСЖ билан шартномани бекор қилишга тайёр  3

Oybek Qilichev: “Bosh murabbiy taklifiga ko'ra “Navbahor”ni tanladim” Yangiliklar

Oybek Qilichev: “Bosh murabbiy taklifiga ko'ra “Navbahor”ni tanladim”

Bundan bir necha kun oldin “Navbahor” bilan shartnoma imzolagan yarim himoyachi Oybek Qilichev jamoamiz safiga bosh murabbiy Ilhom Mo'minjonovning taklifiga ko'ra qo'shilganligini malum qildi.

O'tgan mavsum ikkinchi yarmini Malayziyaning “Perak” klubida to'p surgan futbolchi “Navbahor”ga o'tishini quyidagicha izohladi:

- Mavsumlar oralig'ida yurtimizning 2-3 ta klubidan takliflar bor edi. Jamoa bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov bilan yaxshi munosabatda bo'lganimiz bois “Navbahor” taklifini qabul qildim. Mo'minjonov “Paxtakor” jamoasida ishlagan. Qolaversa, Ilhom aka bilan “Traktor” jamoasida ham birga to'p surganmiz. Mo'minjonov bilan uchrashganimizda jamoaga yordamim kerakligini aytib o'tdi. SHundan so'ng jamoa safiga borib qo'shildim. Yaqinda “Navbahor” jamoasi bilan yarim yillik shartnoma imzoladik. SHu o'rinda nima uchun yarim yillik shartnoma tuzildi degan savol tug'iladi.

Birinchi navbatda O'zbekistonni sog'inganim uchun yurtimizga qaytdim. SHu sababli, “Navbahor”da yarim mavsum faoliyat olib boraman. Olti oydan keyin xorijdan qizikarli taklif bo'lsa o'ylab ko'rashim mumkin. SHuni hisobga olib yarim yillik shartnoma tuzishni taklif qildim. Agarda davralar oralig'ida xorijdan taklif tushmaydigan bo'lsa faoliyatimni “Navbahor”da davom ettiraman. Ayni paytda jamoa tarkibiga mahoratli futbolchilar yig'ilgan. Har bir jamoa o'z oldiga faqat yuqori natijalarni qayd etishni maqsad qilib qo'yadi. “Navbahor”ni hozirgi maqsadi ham shunday.


Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика