Ouen: "Siti" chempionlik titulini shunchaki berib qo'ymaydi"
28 dek 2023 14:01
Yangiliklar
Ouen: "Siti" chempionlik titulini shunchaki berib qo'ymaydi"
"Liverpul" sobiq hujumchisi Maykl Ouen "Manchester Siti"ning Angliya chempionati 19-turi doirasidagi "Everton" ustidan qozongan g'alabasi (3:1) haqida fikr bildirdi.
"Hamma uchun katta xavf tug'diradigan haqiqiy jamoa – bu "Manchester Siti". Hamma "Siti"ning ochko yo'qotishini ko'rishni xohlaydi. Bu chempionlik poygasida muhim lahza bo'lardi, ayniqsa, avval "Everton" hisobda oldinda borgan paytda. "Siti", shubhasiz, tituldan oson voz kechmaydi", – dedi Ouen.
"Manchester Siti" 37 ochko jamg'arib, turnir jadvalida 4-o'ringa ko'tarilib oldi. "Everton" esa 16 ochko bilan 17-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради
Fikrlar