Ouen Premer-ligada qaysi jamoa chempion bo'lishini aytdi
18 jan 2024 22:11
Yangiliklar
Ouen Premer-ligada qaysi jamoa chempion bo'lishini aytdi
"Liverpul"ning sobiq futbolchisi Maykl Ouen joriy mavsum Angliya chempionatining oltin medallarini qaysi jamoa qo'lga kiritishi haqidagi fikri bilan o'rtoqlashdi.
"O'ylashimcha, "Manchester Siti" chempionlikni qo'lga kiritadi. Mavsum boshidanoq shunday o'ylaganman, shuning uchun endi fikrimni o'zgartirmoqchi emasman. Tan olaman, “Liverpul” meni hayratda qoldirdi, jamoa sovrinni qo'lga kiritishi mumkin, ammo oldinda hali mavsumning yarmi bor. CHempionlik uchun kurash qiziqarli bo'ladi", - dedi sobiq angliyalik forvard.
Eslatib o'tamiz, 20-turdan so'ng “Liverpul” 45 ochko bilan Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. “Manchester Siti” 43 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar
20:21
Eron Pro ligasi. "Istiqlol" o'z uyida mag'lubiyatga uchradi, Masharipov qaydnomadan o'rin oldi 4
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar