So’nggi yangiliklar

20:45ЖЧ U-17. Ирландия — Ўзбекистон (Матнли трансляция)  15 20:31Баҳром Ҳайдаров: "Ҳозирги кунда бир очко ҳам биз учун қадрли"  1 20:12Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди  147 20:00АПЛ. "Тоттенхэм" ва "Манчестер Юнайтед" ўртасидаги ўйинда тўртта гол урилди  19 19:48Камолиддин Тожиев: "Умид ҳеч қачон сўнмайди"  4 19:17Суперлига. "Ризеспор" меҳмонда дуранг ўйнади, Алиқулов захирадан ўйинга қўшилди  0 19:09Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Корея Республикасига қарши иккинчи ўртоқлик баҳсида мағлубиятга учради  3 18:50Суперлига. "Динамо" "Бунёдкор" майдонида ғалабага эришди  23 18:36"Нефтчи" 14 йилдан буён "Бухоро"ни меҳмонда мағлуб эта олмаяпти  3 18:00Суперлига. "Пахтакор" Қўқонда дуранг ўйнади  52 17:34ОКМК 11 йилдан сўнг Олмалиқда "Навбаҳор"га 3 та гол урди  1 17:20Ариф Асадов: "Ўзбекистон ва Озарбайжон жаҳон чемпионатини юқори даражада ўтказиш учун барча чораларни кўришига ишончим комил"  4 17:03Миржалол Қосимов: "U-20 Жаҳон чемпионатига мезбонлик қилиш — Озарбайжон ва Ўзбекистонда футболни ривожлантириш учун яхши имконият"  4 16:36“ЎФФ Президенти кубоги” – оммавийлик пойдевори  0 16:05Про лигада ким ғолиб бўлади? Регламент нима дейди?  1

"O'tgan yilgi "Metallurg" kuchli edi, maydon tayyor emas yoxud syurprizlar bo'ladi"- "Neftchi"ning birinchi turdagi qahramoni yana nimalar dedi? Yangiliklar

"O'tgan yilgi "Metallurg" kuchli edi, maydon tayyor emas yoxud syurprizlar bo'ladi"- "Neftchi"ning birinchi turdagi qahramoni yana nimalar dedi?

Vitaliy Levchenko boshchiligidagi "Neftchi" jamoasi Superliganing birinchi turini g'alaba bilan boshladi.

Bekobodda "Metallurg" mehmoni bo'lgan farg'onaliklar ortga yirik 3:0 hisobidagi g'alaba bilan qaytdi. SHu kuni jamaoa safida Umar Adhamzoda yorqin o'yin ko'rsatib raqib darvozasini ikki bor ishg'ol qildi va Mirzohid G'ofurovning goliga assistentlik qildi. Umuman o'yin qahramoniga aylandi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Uchrashuvdan so'ng uning fikrlari bilan qiziqdik. 

Metallurg

Superliga. 1-tur

03/03/2023, 18:30

3
:
0
Tugadi

Neftchi

Mirzohid G’ofurov - 28', Umar Adhamzoda - 33', Umar Adhamzoda - 87'

45'
90'
38'  Behruz SHodmonov
46'  Behruz SHodmonov (Zabihillo O’rinboyev)
46'  SHahzodbek G'ofurbekov (Ibrohim Ibragimov)
73'  Marko Obradovich (Husniddin G’ofurov)
90'  Vladislav Kasminin
28'  Mirzohid G’ofurov
28'  Umar Adhamzoda
33'  Umar Adhamzoda
33'  Diyor Turopov
67'  Andrey Mishchenko (Muhsin Ubaydullaev)
70'  Nurillo To'xtasinov (YUriy Batyushin)
87'  Umar Adhamzoda

- O'yin haqida...

- Xudoga shukur oldimizga qo'yilgan vazifani uddaladik va mavsumni yuz foizlik natija bilan boshladik. Murabbiyimiz aytganlaridek mavsumga Turkiyada yaxshi tayyorgarlik ko'rilgandi. Buning samarasini navbatdagi uchrashuvlarda ham ko'ramiz, deb o'ylayman. 

- Bekoboddagi maydon sifati qanday ekan?

- Ha, maydon tayyor emas. 

- "Neftchi" qaysi o'rin va qanday natijalar bilan syurpiriz ko'rsatishi mumkin?

- Qanday o'rinni egallashimizni yil oxirida bilamiz. Lekin har bir bahsda maksimal o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz. Albatta hali syurpirizlar bo'ladi. 

- Vitaliy Levchenko kelgach o'tgan mavsum yakunida, qolaversa kecha ham yorqin o'yin ko'rsatdingiz...

- Murabbiy ishonch bildiryapti. Men esa uni oqlashga harakat qilmoqdaman.

- "Metallurg" o'tgan yilgiga qaraganda qanchalik o'ziga o'xshadi?

- Solishtiradigan bo'lsak, menimcha o'tgan yilgi "Metallurg" kuchli edi. Lekin endi birinchi tur o'tdi. Hali hech narsa bo'lgani yo'q. Xulosa chiqarishga erta, deb o'ylayman. 

Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика