So’nggi yangiliklar

02:36ЖЧ-2026 саралаши. БАА Ўзбекистон ва Қирғизистонга қарши ўйинлар учун таркибини эълон қилди  8 02:29Баҳром Ҳайдаров: "Навбаҳор" каби жамоага қарши ўйинда 0:3 ҳисобидан кейин ўйинга қайта олиш жуда қийин"  1 02:25Ла Лига. "Барселона" мавсумдаги сўнгги ўйинда меҳмонда "Атлетик"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  10 02:11А Серия. "Рома" сўнгги турда "Торино"ни мағлуб этди, аммо параллель ўйинда "Юве" меҳмонда "Венеция"ни мағлуб этиб, тўртинчи ўрин билан ЧЛга йўл олди  33 01:32Сергей Лушан: "Мен бу масалада ҳоким билан кўп гаплашганман. Буни аллақачон амалга ошириш керак эди"  1 01:11Гёкереш "Спортинг" ва Швеция сафида мавсумдаги 63-голини урди - бу сафар Португалия кубоги финалининг 100-дақиқасида пенальти орқали  0 00:53Камолиддин Тожиев: "Муҳими уч очкони қўлга киритдик. Ўн нафар футболчимиз терма жамоаларга йўл олишади"  17 00:31Ҳаким Фузайлов: "Жамоам намойиш этган ўйиндан уялмайман"  4 00:24"Ливерпул"га АПЛ ғолиблиги учун кубокни қабул қилиб олди  9 23:32U-17 Жаҳон чемпионатига қуръа ташланди. Ўзбекистон "J" гуруҳидан жой олди  21 23:14Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда сенсацион тарзда "Бешиктош"ни таслим этди, Алиқулов сўнгги дақиқаларда майдонга туширилди  0 23:00Суперлига. "Динамо" 90+8-дақиқада камбэк эвазига "Қизилқум"ни мағлуб қилди  39 22:11ҚПЛ. "Турон" ўз уйида "Тобол"га мағлуб бўлди, мезбонлар сафида уч ўзбекистонлик ҳаракат қилди  0 22:06АПЛда 2024/25 йилги мавсум якунланди, МЮ сўнгги турда "Астон Вилла"ни ЧЛсиз қолдирди  42 21:58Суперлига. "Пахтакор" 90+8 дақиқада урилган автогол эвазига "Хоразм"ни мағлуб этди  96

"Otam Evropa chempioni bo'lganida hamma xursand edi, Abbos CSKAga o'tishdan oldin uyimga keldi" – Mixail Anning o'g'li Dmitriy An bilan intervyu Yangiliklar

"Otam Evropa chempioni bo'lganida hamma xursand edi, Abbos CSKAga o'tishdan oldin uyimga keldi" – Mixail Anning o'g'li Dmitriy An bilan intervyu

1979 yil 11 avgust – o'zbek futbolidagi eng katta yo'qotishlardan biri ro'y bergan kun.

Ushbu sanada "Paxtakor" jamoasi avihalokat tufayli 17 o'g'lonidan ajralib qolgan. Kecha "Paxtakor" klubi va muxlislar erta tongdan "Paxtakor" stadioni va Botkin qabristonidagi yodgorlik majmuasiga tashrif buyurishdi va ushbu fojiada halok bo'lganlarni xotirlashdi. Championat.asia sayti esa o'sha tarkibning eng yorqin futbolchilaridan biri Mixail Anning oilasi bilan bog'landi va uning o'g'lidan Dmitriy An bilan eksklyuziv intervyu uyushtirdi.

- 11 avgust kunini qanday o'tkazasiz? Ushbu sana oilangiz uchun qanday o'tadi?

- 11 avgust sanasini oilamga va "Paxtakor-79" jamoasining xotirasiga bag'ishlayman. Hozirgi kunda "Paxtakor" klubi har yili o'sha fojiada halok bo'lgan insonlarni xotirlaydi. Ularning xotirasiga bag'ishlab tadbir o'tkazadi. Men ham yili "Paxtakor" stadioni va Botkin qabristonidagi yodgorlik majmuasini ziyorat qilaman va poyiga gul qo'yaman. SHu kuni oilam va singlimning oilasi birga otam va jamoani xotirlash uchun onamning o'yiga boramiz.

- Onangiz sizga otangiz haqida nimalarni aytib beradi?

- Onam har doim otam juda ochiqko'ngil va mehribon inson bo'lganligini eslatadi. Onajonimning tarifiga ko'ra, otam eng yaxshi umr yo'ldosh va eng yaxshi ota bo'lgan ekan.

- Otangiz haqida nimalarni eslaysiz? Bolalik davringizda otangiz bilan ro'y bergan eng esda qolarli voqeani aytib bersangiz...

- Otamni eslay olaman. U uyda kam bo'lar edi va men otamni kam ko'rar edim. Otam uyga qaytgan vaqtlar, men uchun haqiqiy bayram bo'lar edi. Bir voqeani eslayman, otam Evropa chempionatidan so'ng o'yga qaytayotgan edi, biz esa uni aeroportda kutib olishga chiqqan edik. O'sha turnirda otam chempion bo'lgan edi (21 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida o'tkazilgan 1976 yilgi Evropa chempionati, Mixail An ushbu musobaqada SSSR yoshlar terma jamoasi sardori bo'lgan) va hamma xursand edi.

- Otangiz bilan bo'lgan so'nggi suhbatni eslaysizmi?

- To'g'risi yo'q.

- Otangizning jamoadoshlarining oilalari bilan tanishmisiz, ular bilan aloqadamisiz?

- Ha, Olim Ashirov va Aleksandr Korchyonov oilalari bilan ko'rishib turamiz va ular bilan doim aloqadamiz. Makarov va Pokatilovning farzandlari bilan gaplashib turaman.

- Biroz "Paxtakor-79" mavzusidan chetlashsak. Siz bir necha yillardan beri "Paxtakor" klubi akademiyasida faoliyat yuritmoqdasiz. Sizning tarbiyalanuvchingiz Abbosbek Fayzullaev yaqindagina CSKA jamoasiga o'tdi. Fayzullaevning transferi bo'yicha fikringiz qanday, u biroz erta xorijga ketmadimi?

- Abbosning mavzusiga o'tadigan bo'lsak, CSKAga o'tishdan oldin u o'yimga keldi va mening fikrimni so'radi. U bilan faoliyatidagi keyingi qadamlari haqida ham gaplashdik. Men unga faqatgina bitta maslahat bera olaman, faqat va faqat oldinga borish va o'sishdan to'xtab qolmaslik. Abbos erta legionerga aylandimi yoki yo'q, buni vaqt ko'rsatadi.

- SHogirdingiz Rossiya chempionatida yaxshi o'ynab keta olishi uchun nima maslahat berasiz?

- Ko'proq mehnat qilish va rivojlanish.

- Osiyo chempioni bo'lgan U-20 terma jamoasining deyarli yarim tarkibi sizning tarbiyalanuvchilaringiz. Hozir esa ular Superliganing turli klublarida to'p tepishmoqda. Ulardan nimalarni kutmoqdasiz? Ushbu tarkibdan Abbosga o'xshab, legionerga aylanadigan keyingi futbolchi kim bo'lishi mumkin?

- Birinchi navbatda, mening shogirdlarim Osiyo chempioni bo'lishganidan juda xursandman. Ularning ko'pchiligi Superliga klublarida faoliyat yuritayotgani ham meni quvontirmoqda. Hech kimni yaqqol misol qilib ko'rsatishni istamayman, o'zimning "lyubimchik"larim bor, lekin ular buni bilishmaydi. Abbosbek Fayzullaev, Po'latxo'ja Xoldorxonov, Behruz Asqarov, Otabek Boymurodov, Diyor Ortiqboev, Izzatilla Po'latov, SHahzod Raxmatullaev, Abubakr Ashurov – ularning barchasi Osiyo chempionlari bo'lishdi. SHuningdek, Nosir Abdusalomov va Abbos Ergashboev ham mening shogirdlarim. Umid qilamanki, ularning barchasi yaqin kelajakda milliy terma jamoamiz tarkibida bo'lishadi va bizni chiroyli g'alabalar bilan xursand qilishadi.


Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика