Otabek SHukurov: "Taktikamiz qanaqa bo'lishidan qatiy nazar bugun g'alaba qozonishimiz kerak edi"
14 jan 2024 08:33
Yangiliklar
Otabek SHukurov: "Taktikamiz qanaqa bo'lishidan qatiy nazar bugun g'alaba qozonishimiz kerak edi"
O'zbekiston terma jamoasining etakchilaridan biri Otabek SHukurov kechagi o'yindan so'ng hamkasblarimizga qisqa intervyu berdi.
"Bugun birinchi o'yinda g'alaba qozonishimiz kerak edi, biroq futbolda bunday holatlar bo'lib turadi. Menimcha, Suriya yaxshi himoyalandi. Bizga oldinda tajavuzkorlik etishmadi. Oldinda hujumlarni yakunlashda bizga nimadir etishmadi. Biroq Kuper ham bizni yaxshi biladi va o'yinga shunga yarasha tayyorgarlik ko'rgan.
Taktikamiz qanaqa bo'lishidan qatiy nazar bugun g'alaba qozonishimiz kerak edi. Biz ham boshida gol o'tkazib yubormaslik uchun harakat qildik. Buni uddaladik, biroq gol ura olmadik.
Suriya ancha shakllangan jamoaga aylangan. Ular himoyada ajoyib o'ynashdi",-dedi SHukurov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради
Fikrlar