So’nggi yangiliklar

16:11Уэсли Снейдер: "Салоҳни тарихдаги энг буюк футболчилардан бири деб ҳисоблаш мумкин"  1 15:49Жозе Моуринью: "Илгари кўпроқ пул топгани энг яхши мураббий деб ҳисобланарди, энди эса – энг яхши образга эга бўлгани. Бугун энг муҳими – юқори даражали пиарга эга бўлиш"  2 15:31Иванович ва Швайнштайгер тўққиз йиллик турмушдан сўнг ажрашишди  1 15:13Артета АПЛдаги рақобат ҳақида: "Лигада биздан бошқа яна 6-8 та клуб соврин учун бемалол кураша олади"  0 14:54Ўзбекистон U-23 - Саудия Арабистони U-23. Энг яхши уч футболчи ким бўлди?  1 14:26Исак унга бўлган қизиқишлар фонида "Ньюкасл"даги йиллик маошини сезиларли даражада ошириб олмоқчи, аммо...  2 14:00Снейдер Моуринью ҳақида: "2010 йилда Жозе бизни ҳар кимни мағлуб этишимиз мумкинлигига ишонтирган"  2 13:24ФОТОГАЛЕРЕЯ. Ўзбекистон U-23 – Саудия Арабистони U-23 3:1  0 13:23"Like Cup" якунланди: "Ал Бадр" - чемпион!   5 13:08Ўтган мавсум 1 та гол урган АПЛ футболчиси Шомуродов ўрнига "Рома" ҳужумчисига айланди  10 12:46Снейдер "Олтин тўп" ҳар доим ҳам муносибларга насиб этмайди деб ҳисоблайди  26 12:19"Бенфика" ўзи учун рекорд сумма - 27 млн. еврога футболчи сотиб олди  3 12:00"Тоттенхэм" "Реал" вингерини сотиб олмоқчи  0 11:37Мажед Абдуллаҳ: "Биз учун яхши тажриба бўлди"  2 11:12Мбаппе янги мавсумда янги рақамда ҳаракат қилади  6

Otabek SHukurov Londonda operaciya qilinadi Yangiliklar

Otabek SHukurov Londonda operaciya qilinadi

O'zbekiston milliy terma jamoasi va BAAning "SHarja" klubi yarim himoyachisi Otabek SHukurov "China cup-2019" xalqaro musobaqasidan o'rin olgan Xitoyga qarshi o'yinda jarohat olib, maydonni erta tark etgandi.

Keyinchalik tekshiruvlar natijasida SHukurovning boldir suyagi pastdan singani va u kamida 2 oy maydonga tusha olmasligi malum bo'ldi. Milliy terma jamoa shifokorlari mahalliy shifoxonada Otabek SHukurovga dastlabki tibbiy yordamni ko'rsatgach, futbolchi davolanishni davom ettirish uchun o'z klubi ixtiyoriga yo'l oldi. CHunki bunday hollarda futbolchi jarohatini davolash uchun klub bilan maslahatlashgan holda ish tutishi talab etilardi. "SHarja" klubi shifokorlari Otabek SHukurovning jarohatini ko'zdan kechirib, operaciya orqali davolashga qaror qilishdi. Endilikda futbolchimiz Londonda operaciya qilinadi. Hozirda u hujjatlar bilan bog'liq rasmiyatchiliklar tugashini kutmoqda.

Otabek SHukurovga jarohat etkazgan Xitoy milliy terma jamoasi va "Guanchjou Evergrand" klubi hujumchisi Vei SHi Xao o'yindan keyin futbolchimizning oldiga kelib, undan uzr so'rab, qilgan ishi uchun pushaymon ekanini malum qilgandi. Qolaversa, Xitoy terma jamoasi yordamchi murabbiyi, shifokori, menejeri ham Otabek SHukurovdan xabar olib, futbolchilarining harakatlaridan afsusda ekanliklarini aytib o'tishgandi.

SHunga qaramay, "Guanchjou Evergrand" klubi futbolchisining SHukurovga nisbatan qo'polligini qattiq qoralab, Vei SHi Xaoni klub o'yinlaridan chetlatgani haqida xabarlar paydo bo'ldi. Qolaversa, Vei SHi Xao harakatlari o'rganib chiqilib, futbolchi bir umrga futboldan chetlatilishi ham mumkinligi elon qilingandi.

Terma jamoamiz yarim himoyachisi bu holatga quyidagicha munosabat bildirdi: "Jarohatdan so'ng mavsumning qolgan qismida klubimga yordam bera olmasligimni bilib, juda ham tushkunlikka tushib qolgandim. Do'stlarim, muxlislarim meni qo'llab-quvvatlashi natijasida tushkunlikni bir oz bo'lsada engib o'tishga muvaffaq bo'ldim. Ammo menga jarohat etkazgan Ve SHi Xao klubi tomonidan jazolanganini, malum muddat maydonga tusha olmasligini eshitganimdan keyin yana xafa bo'ldim. Kelajakka katta umidlar bilan boquvchi yosh futbolchi sifatida maydonga tusha olmay, futboldan chetda bo'lish qanchalik katta fojea ekanini yaxshi bilaman. Professional futbolchi sifatida futbolda jismoniy to'qnashuvlar tabiiy ekanini tushunaman, Vei SHi Xao o'yindan keyin oldimga kelib, uzr so'raganda, men uning uzrini qabul qilganman. SHu sababli men "Guanchjou Evergrand" klubiga rasman murojaat qilib, futbolchiga belgilangan jazo chorasini yumshatishni so'rab qolgan bo'lardim".

Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика