So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  3 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

Otabek SHukurov: Himoyachi sifatida meni Jamshid Saidov kashf qilgan Yangiliklar

Otabek SHukurov: Himoyachi sifatida meni Jamshid Saidov kashf qilgan

O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2018 3-saralash bosqichidagi ishtirokini muvaffaqiyatli boshladi. Suriya va Qatar termalariga qarshi kechgan o'yinda muhim g'alabalar qo'lga kiritildi.

Milliy jamoamiz shu paytgacha o'tkazilgan JCH saralash bahslarining so'nggi bosqichini g'alaba bilan boshlay olmayotgandi. Oltinchi urinishga kelibgina bu noxush ananaga chek qo'yildi. Umid qilamizki, mashaqqatli yo'l g'alaba bilan yakunlanib, JCH-2018 final bosqichi yo'llanmasi qo'lga kiritiladi. Biz Suriyaga qarshi kechgan o'yindan so'ng Otabek SHukurovdan intervyu oldik. Etiborlisi, Bunyodkor jamoasining yosh futbolchisi shu kuni himoya markazida harakat qilib, o'zidan yaxshi taassurot qoldirdi. Otabek diskvalifikaciya sabab o'yinda ishtirok eta olmagan Egor Krimecning o'rnini bildirmadi.

- Murakkab va qiyin kechgan o'yinda o'ta muhim g'alabani qo'lga kiritganimizdan xursandmiz, - deya so'z boshladi O.SHukurov. - Bir nechta faktorlar sabab Suriya termasi bilan o'yinda katta bosim ostida harakat qilishimizga to'g'ri keldi. Birinchi galda ruhiy bosimni engishga to'g'ri keldi. Hamma terma jamoamizning g'alabasini kutayotgandi. Ochko yo'qotishga haqqimiz yo'q edi. Hali shu paytgacha birinchi o'yinda g'alabaga erishilmagandi. Ana shunday kuchli bosimga qaramay, muxlislarimizning yuqori darajadagi qo'llab-quvvatlashlari natijasida muhim uch ochkoni qo'lga kiritdik. Aytishadi-ku, qanday boshlasang, shunday davom etadi, deb. O'ylaymizki, g'alabalarimiz saralash bosqichi yakuniga qadar bardavom bo'ladi.

- Bugun markaziy himoya chizig'ida harakat qildingiz. Bundan avvalgi Burkina-Faso terma jamoasiga qarshi kechgan o'rtoqlik uchrashuvida ham Samvel Babayan sizni aynan shu chiziqda sinab ko'rgandi. Masuliyatli bahsda o'zingiz uchun yangi poziciyada o'ynash sizga qiyinchilik tug'dirmadimi?


- Markaziy himoyachi sifatida 2-3ta uchrashuvda maydonga tushdim. To'g'ri, yangi poziciyaga ko'nikish oson bo'lgani yo'q. Lekin menga murabbiylar ishonch bildirishgan ekan, buni har qanday holatda ham bajarishim shart. O'z oldimga shu maqsadni qo'ydim va ishonchni astoydil oqlashga harakat qildim. Eng muhimi, gol o'tkazib yubormadik va o'yinni himoyachilar tili bilan aytganda nolga yakunladik. SHu o'rinda bir narsani aytishim kerak. Buxoro jamoasida ijarada o'ynab yurgan kezlarim ham himoyada o'ynashga to'g'ri kelgan. Aytishim mumkin, Jamshid Saidov o'tgan yili meni himoyachi sifatida kashf qilgandi. O'shanda himoyaning barcha chiziqlarida o'ynashimga to'g'ri kelgandi.

- Anzur Ismoilov bilan birga himoyada harakat qildinglar. Bu borada qanday fikrdasiz?


- Anzur akaga ortiqcha tarif berish shart bo'lmasa kerak. Juda tajribali futbolchi. Menga katta yordam berdilar. Ulardan o'rganadigan jihatlarim hali ko'p. Xato qilmasdan turib, bir narsaga erishib bo'lmaydi. Odil Ahmedov, Aziz Haydarov singari tajribali futbolchilarimiz bizga doimo yo'l-yo'riq ko'rsatib turishadi. Fursatdan foydalanib, ularga va barcha ustozlarimga rahmat aytmoqchiman. SHu yoshimda menga eng muhim uchrashuvlarning birida maydonda to'liq harakat qilish imkonini berishdi. Bundan keyin ham bu ishonchni oqlashga vada beraman.

- O'yin oldidan shaxsan sizga va himoyachilarga bosh murabbiy tomonidan qanday ko'rsatma berilgandi?


- Alohida topshiriq bo'lgani yo'q. Birinchi galda o'z darvozamiz daxlsizligini saqlab qolishimiz kerak edi. CHunki agar gol o'tkazib yuborsak, keyin vaziyatni o'nglash qiyin bo'lardi. Boisi, suriyalik futbolchilar shundoq ham himoyada o'ynashayotgandi.

- Birinchi bo'limning o'zida bir nechta standart vaziyatlarga ega bo'ldik. Lekin ulardan unumli foydalanilmadi. Bu haqda nima deya olasiz?


- Maydonning holati bunga yo'l qo'ymadi. To'p uzatishlarga moslangan taktikaga maydon sifati javob bermas edi. O'zim shu maydonda o'ynab o'rgangan bo'lsamda, baribir, uchrashuvda qiynaldim.

- Suriya termasidan shunday o'yin kutganmidinglar?


- O'yin oldidan Suriya jamoasini jiddiy tarzda o'rgangandik. Ularning himoya va hujum chizig'i kuchli edi. Avstriyadagi yig'inimiz chog'ida ham raqib terma jamoa ishtirokidagi bir nechta o'yinlarni ko'rib, o'rganib chiqqandik.

- O'yindan oldin va tanaffus chog'ida murabbiylar qanday ko'rsatma berishdi?


- Pressing, yani raqib jamoaga nisbatan bosim uyushtirishimizni aytishgandi. Tanaffus chog'ida esa to'pni ko'proq nazorat qilib, to'p uzatishlar bilan raqib darvozasiga hujum uyushtirishimiz kerakligini uqtirishdi. O'zbekiston terma jamoasi shu paytgacha uchinchi saralash bosqichini g'alaba bilan boshlamagan ekan. Ana shu noxush ananaga chek qo'yib, g'alaba qozonganimizdan xursandmiz. Oldinda Qatar termasiga qarshi o'yin kutib turibdi. Nisbatan olganda, bizga Doxadagi uchrashuvda osonroq bo'ladi, deb o'ylayman. CHunki bosim deyarli kuzatilmaydi. Qolaversa, maydonning holati ham ideal bo'ladi. O'z o'yinimizni bemalol namoyish eta olamiz. Jahon chempionatiga chiqishni maqsad qilgan ekanmiz, endi ochko yo'qotishga haqqimiz yo'q. 6 sentyabr kungi o'yinda ham yagona maqsad sari intilib, bor kuchimizni o'yinga berib, Toshkentga uch ochko bilan qaytishga harakat qilamiz.

P.S.: Buni qarangki, suhbatdoshimizning niyati xolis ekan: milliy termamiz Qatardan g'alaba (1:0) bilan qaytdi. Otabek SHukurov mazkur bahsda to'liq 90 daqiqa o'ynadi. Umid qilamizki, shunday muvaffaqiyat bosh jamoamizga saralashning so'nggi turigacha hamrohlik qiladi.

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Reyting: -11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика