So’nggi yangiliklar

17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  0 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  5 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  6 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  1 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  3

Otabek Narzullaev: “Keyingi taqdirimni qaysi jamoa bilan bog'lashim ushbu haftada aniq bo'ladi” Yangiliklar

Otabek Narzullaev: “Keyingi taqdirimni qaysi jamoa bilan bog'lashim ushbu haftada aniq bo'ladi”

O'tgan mavsumni “SHo'rtan”da o'tkazgan Otabek Narzullaevning xorij klubiga o'tishi haqida malumot tarqadi.

Vaziyatga oyldinlik kiritish maqsadida futbolchining o'zi bilan suhbatlashganimizda quyidagilarni aytib o'tdi.

- Yashirmayman, xorij klubidan taklif bo'lgani rost. Agentim hozirda Malayziya klublarining biri bilan muzokara olib bormoqda. To'g'risi, o'zimizning jamoalardan ham chorlovlar bo'lmoqda. Ammo yakuniy to'xtamga kelib ulgurmadim. Nasib qilsa ushbu haftada keyingi taqdirimni qaysi jamoa bilan bog'lashim aniq bo'ladi.

- “SHo'rtan” bilan amaldagi shartnomam yakuniga etdi. Hozirda erkin agentman. Lekin g'uzorliklar bilan to'liq hisob-kitob qilinmadi. Jamoaning qachon yig'ilishi borasida aniq gap yo'q. Klub vakillarining hech biri hozircha biz bilan bog'lanmadi. O'ylaymanki “SHo'rtan” bu yil pro-ligada munosib qatnashadi va yana super ligaga yo'l oladi.

- To'g'risi, o'tgan mavsum “SHo'rtan” uchun juda ham og'ir kechdi. Malum sabablarga ko'ra, jamoani FIFA kuchlilar safidan chetlatdi. Mavsum o'rtasiga kelib, bunday qaror chiqarilishi jamoadagi ichki muhitga o'z tasirini o'tkazmasdan qolmadi. Voqealar rivoji bunday tus olishini hech kim kutmagandi. Qolaversa jamoada yuzaga kelgan moliyaviy muammolar ham natijaning salbiy ko'rinish olishiga o'z tasirini ko'rsatdi.

- Agarda bu kabi muammolar yuzaga kelmaganida, bemalol ayta olamanki “SHo'rtan” mavsumni 8 yoki 9-o'rinda yakunlagan bo'lardi. Bunday deyishimning boisi tarkibimizda mahoratli o'yinchilar talaygina edi. Jamoaviy o'yin yaxshi shakllantirilgan. O'z maydonimizda har qanday raqibdan ochko tortib olishni ham uddalagandik.

- “SHo'rtan”ning o'tgan mavsumdagi salbiy natijasini inobatga olmaganda, o'z faoliyatimdan qisman ko'nglim to'lmadi. Lekin tarkibdagi futbolchilar yanada yaxshiroq o'yin ko'rsatganida, ko'proq ochko jamg'arishimiz extimoldan xoli emasdi. Nima ham derdik bu – xayot – deydi Otabek Narzullaev.    

Islombek Rustambekov.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика