Otabek Jo'raev: "Zafarmurod bilan aloqaga chiqdim. Uzr so'radim. Masala yopildi. Qiyomatga qolmadi. Alhamdulillah"
05 fev 2024 18:56
Yangiliklar
Otabek Jo'raev: "Zafarmurod bilan aloqaga chiqdim. Uzr so'radim. Masala yopildi. Qiyomatga qolmadi. Alhamdulillah"
"Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh
So'nggi chorak finaldan deyarli ikki kun o'tdi. Stress qo'yib yubordi, hissiyotlar joyiga tushdi. Endi ishtirokimiz haqida o'z fikrlarim bilan o'rtoqlashsam bo'ladi.
Ammo, bundan oldin menga eng muhim bo'lgan narsaga etiborimni qaratmoqchiman. O'sha o'yindagi penaltini nazarda tutmoqdaman.
Avvalambor (!) men musulmonman. Alhamdulillah. Musulmon bo'lib bu dunyoni tark etish nasib etsin. Amin. Va shu joyda men noto'g'ri ish qildim. Ehtimol, biror insonni, birodarimning dilini og'ritdim.
Zafarmurod bilan aloqaga chiqdim. Uzr so'radim. Masala yopildi. Qiyomatga qolmadi. Alhamdulillah. Mana endi o'zimni yaxshi his qilmoqdaman.
Fursatdan foydalanib birodarlarimga, dindoshlarimga murojaat qilmoqchiman. SHayton bizni har kuni, har daqiqa, har soniya vasvasa qiladi. To'g'ri yo'ldan adashmaylik. Bir-birimizga yordam beraylik va qo'llab-quvvatlaylik. Zafarmurodni, qolganlarni ham podderjka qilaylik
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh", - deb yozadi Otabek Jo'raev telegramdagi o'z kanalida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Миср терма жамоаси собиқ юлдузи кечаги учрашувдан сўнг жамоа бош мураббийини танқид қилди
Fikrlar