So’nggi yangiliklar

07:25ОЧЛ-2. "Насаф" жамоаси сафарда "Шабаб Ал-Аҳли" клубига мағлуб бўлди. Азмун уч дақиқа ичида иккита гол урди.  0 03:05АПЛ. "Арсенал" бурчак зарбаларидан урилган голлар эвазига "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб қилди  11 02:59ЛаЛига. Мбаппе пенальтидан гол ура олмаган ўйинда "Реал" мағлуб бўлди  27 02:30АПЛ. "Манчестер Сити"да ниҳоят ғалаба, "Ньюкасл" — "Ливерпуль" ўйинида 6та гол ва "Челси"дан йирик ғалаба  17 01:57Турк футболчисига МЮ, "Ливерпуль", "Арсенал" ва ПСЖ қизиқмоқда  0 01:32Жаҳонгир Ортиқхўжаев, "Пахтакор" янги бош мураббийи ва Максим Шацких иштирокидаги матбуот анжуманидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 00:37Куртуа "Реал" билан шартномани узайтирмоқчи. Дарвозабоннинг вакиллари Саудия Арабистонидан қизиқиш ҳақида билишмайди  1 00:04АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Юнайтед" баҳси асосий таркиблари маълум!  15 23:56"Атлетик" — "Реал". Беллингем, Мбаппе ва Родриго асосий таркибда  20 23:15Озарбайжон кубоги. "Сумқайит" кейинги босқичга чиқди, Жалолиддинов 120 дақиқа ҳаракат қилди  0 22:54ОЧЛ-2. "Насаф" навбатдаги мағлубиятини қабул қилиб олиб, мусобақани тарк этди  122 22:34"Байер" Вирцнинг нархини белгилади  3 21:40АПЛ тўртта топ клуби Испания терма жамоаси юлдузига қизиқмоқда  1 20:47"Боруссия Д" қишда Маленни қўйиб юборишга тайёр  0 20:18"Шабаб Ал Аҳли" — "Насаф". Таркиблар маълум  8

Ota kasbni tanlangan futbolchi, Karvaxalning jizzaxlik muxlisi, “So'g'diyona”ning muvaffaqiyat sirlari yoxud SHahboz Jo'rabekov bilan suhbat Yangiliklar

Ota kasbni tanlangan futbolchi, Karvaxalning jizzaxlik muxlisi, “So'g'diyona”ning muvaffaqiyat sirlari yoxud SHahboz Jo'rabekov bilan suhbat

Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasi nihoyat bu yil chempionatda medallar uchun kurashadigan darajaga etib kelgani ko'rinib turibdi.

 Ulug'bek Baqoevga kurashchan jamoa tuzish uchun rahbariyat tomonidan etarli darajada vaqt berildi va buni bosh murabbiy ham qaysidir manoda oqlab kelmoqda deyish mumkin. Jamoa tarkibining o'zagi bir necha yillardan beri o'zgarmasdan kelinayotgani ham muvaffaqiyatlar kaliti deyish mumkin. Baqoev “So'g'diyona”da tajribali futbolchilar bilan birga yoshlarga ham etibor qaratishi natijasida bir nechta iqtidorli futbolchilar bo'y ko'rsatmoqda. Xususan oxirgi yillarda himoyachi SHahboz Jo'rabekov jamoasining etakchi o'yinchisiga aylanib ulgurdi desak mubolag'a bo'lmaydi. 24 yoshli futbolchi mudofaa chizig'ida ishonchli o'yin ko'rsatish bilan birga, ayrim o'yinlarda jamoasi uchun foydali gollarni ham urish bilan esda qolmoqda. Superliganing 7-turida “Metallurg” maydoniga safar uyushtirgan jizzaxliklarning birinchi goliga ham aynan Jo'rabekov mualliflik qildi. SHahboz maydondagi tezkor xarakatlari va jangavor o'yinlari tufayli yaqin orada milliy terma jamoaga taklif etilsa sira ajablanmaymiz. “Metallurg” -  “So'g'diyona” (0:2) uchrashuvida eng yaxshi o'yinchi bo'lgan Jo'rabekov bilan suhbatlashib, bir nechta savollarga javob oldik.

- SHahboz, bir necha yillardan buyon “So'g'diyona” jamoasida o'ynab kelayotgan bo'lsangizda, muxlislar siz haqingizda to'liq malumotga ega emas. SHu bois bu borada o'zingizdan eshitsak degandik?

- Avvalambor, assalomu alaykum! Xalqimizni muborak ramazon oyi va yaqinlashib kelayotgan hayit bayrami bilan samimiy muborakbod etaman! Endi savolingizga keladigan bo'lsak, 1997 yili Jizzax shahrida tug'ilganman. Otam Qobil Aliqulov o'z vaqtida futbolchi bo'lgan. “So'g'diyona”, “Mashal” va “Dinamo” singari jamoalar sharafini himoya qilib, to'purarlik mahoratini ham namoyish etganini katta yoshdagi muxlislar yaxshi bilishsa kerak. Oilamizdagi futbol muhiti menga ham tasirini o'tkazib, millionlar o'yiniga bo'lgan mehrim boshqalarga nisbatan ikki hissa ko'p bo'lgan. SHu bois futbol bilan jiddiy shug'ullanish maqsadida “Jizzax futbol-internati”ga o'qishga kirganman. Birinchi murabbiyim dadam bo'lgan. 2014 yili Davron Fayzievning taklifiga binoan “So'g'diyona” jamoasi bilan ilk bor professional shartnomaga imzo chekkanman. Katta futbolga kirib kelishimda aynan Davron Fayzievning xissasi katta bo'lgan. 3-4 mavsum  yoshlar jamoasida o'ynab, keyinchalik o'z mexnatim tufayli asosiy jamoaga jalb etilganman. Tasodifni qarangki, oliy ligadagi debyut uchrashuvim 2017 yili “Metallurg” jamoasiga qarshi kechgan bahsda yuz bergandi. 

- Dadangiz o'z vaqtida hujumchi bo'lgan. Nima uchun siz ham hujumchi bo'lishni istamagansiz?

- Avvaliga men ham futbol o'ynashni hujumchi sifatida boshlaganman. Keyinchalik himoyada ko'proq foydam tekkani uchunmi bilmadim, dadam markaziy himoyachi sifatida o'ynata boshladi. SHundan keyin asosan mudofaa chizig'ida o'ynab kelmoqdaman. 

- “Metallurg”da bosh murabbiy almashgach jamoa o'yini o'zgarishi bilan bir qatorda uning natijasi ham yaxshilanib bormoqda. Biroq shunga qaramay Bekoboddagi o'yinda jamoangiz safarda ishonchli g'alabaga erishdi. Buni “So'g'diyona” qanday uddaladi?

- Ha, chindan ham “Metallurg”ning o'yin uslubi o'zgargan. Bekobodliklarning biz bilan o'yinga qadar ikkita uchrashuvda g'alaba qozonganini yaxshi bilardik. Ular safarda “Qo'qon-1912”ni ham mag'lub etib qaytgandi. Lekin “So'g'diyona” ham mag'lubiyatsiz seriyasini davom ettirish maqsadida uchrashuvga astoydil tayyorgarlik ko'rgandi. O'yin teng kurashlar ostida o'tdi. Hech bir jamoa yaqqol ustunlikka erishmadi. “Metallurg” bilan o'yinda murabbiylarning bergan to'g'ri ko'rsatmalarini aniq bajarganimiz yakunda g'alabamiz omili bo'ldi. Qolaversa futbolchilardagi ishtiyoq ham katta edi. Mag'lubiyatsiz o'yinlarimiz bizga har bir o'yinda qo'shimcha kuch bag'ishlamoqda. 

- “Metallurg” bilan o'tgan o'yinda jarima zarbasini aniq bajardingiz. Bu kabi gollarni ilgari ham urganmisiz?

- O'yinlar chog'ida vaziyatdan kelib chiqib, standart vaziyatlardan o'z omadimni sinab ko'rishga xarakat qilaman. Yodingizda bo'lsa, o'tgan yili “Lokomotiv”ga qarshi kechgan uchrashuvda ham aynan jarima zarbasidan gol urgandim. Bu bo'yicha mashg'ulot yakunida alohida ishlaymiz. Tajribali futbolchi Jasur Hasanovdan o'rganamiz. “Metallurg” bilan o'yinda ham jarima nuqtasiga yaqinlashayotganimda Jasur aka oldimga kelib, meni qo'llab-quvvatladi va darvoza tomon aniq zarba bersam, katta extimol bilan gol bo'lishini aytdi. CHunki u mashg'ulot davomida mening imkoniyatlarimni ko'rgandi. Alloxning irodasi bilan yakunda zarbamdan keyin to'p darvoza to'ridan joy oldi. Bundan albatta xursan bo'ldim. 

- Championat.asia saytining talqiniga ko'ra ramziy terma jamoadan o'rin oldingiz. Bu haqda kimdan birinchi eshitdingiz?

- Saytingizni doimiy tarzda kuzatib boraman. Ramziy terma jamoaga tushishni menimcha har qanday futbolchi istaydi. Bu qaysidir manoda qo'shimcha kuch bag'ishlaydi. Ramziy terma jamodan o'rin olganimni saytga kirganimda ko'rdim. Albatta xursan bo'ldim. Etibor uchun sayt ijodkorlariga rahmat aytaman. 

- “Metallurg” darvozasiga gol kiritdingiz, uchrashuvning “Eng yaxshi futbolchisi” bo'ldingiz, ramziy terma jamoadan o'rin oldingiz. Bunday yutuqlar sizga yanada qo'shimcha motivaciya bag'ishlasa kerak?

- Yaratganga shukur, bu natijalar meni juda xursan qildi. Nasib qilsa keyingi uchrashuvlarda ham jamoamga foyda keltirish uchun bor kuchimni ishga solaman. 

- “So'g'diyona” bu yilgi chempionatda hozircha mag'lubiyatga uchramayapti. Buning siri nimada?

- Avvalo bosh murabbiyning ishni to'g'ri yo'lga qo'yganidir. SHuningdek jamoamizning ichki muhiti ham alo darajada ekanidan dalolat. Futbolchilar bir-birini doim qo'llab-quvvatlaydi. Jipslashib ketganmiz. G'alabaga bo'lgan ishtiyoq yuqori bo'lmoqda. Jamoa tarkibi deyarli o'zgarmasdan kelinayotgani o'yinimizni shakllanishida muhim o'rin tutmoqda. Rahbariyat tomonidan barcha sharoitlar yaratib berilmoqda. Bu borada nolishga xojat yo'q.      

- Jamoa oldiga bu yil o'zi qanday vazifa qo'yilgan?

- Har bir uchrashuvda g'alaba qozonish. Ochig'ini aytganda, hozir turnir jadvaliga etibor qaratmayapmiz. Yakunda nima bo'lishini mavsum tugaganidan keyin bilamiz. 

- Bosh murabbiy Ulug'bek Baqoev uchrashuvlar chog'ida sizga ko'proq jiddiy etiroz bildiradi. Bu sizning ruhiyatingizga salbiy tasir o'tkazsa kerak?

- Yo'q. Aksincha men bundan qo'shimcha motivaciya olaman. Murabbiyimizning qoyishlarini to'g'ri manoda qabul qilaman doim. CHunki o'zim qaerdadir xatoga yo'l qo'ygan bo'laman. SHuning uchun bundan to'g'ri xulosa chiqaraman. 

- Qaysidir murabbiy jangavor o'yin tarafdori bo'ladi. Ayrimlari taktik o'yin uslubni yoqtiradi. “So'g'diyona” ustoziga Siz qanday tarif bergan bo'lardingiz?

- Ulug'bek Istamovichda ikkala xususiyat ham bor. Juda qattiqqo'l va talabchan murabbiy deb bilaman. Maydon tashqarisida esa oddiy insonga aylanadi. Har bir shogirdini ko'ngliga qaraydi. Kimda qandaydir muammo bo'lsa, imkon qadar bartaraf etish uchun yordam beradi. O'z vaqtida futbolchi bo'lgani uchun hozir qo'li ostidagi yigitlarni ham yaxshi tushunadi.  

- Otangiz o'yiningizni tahlil qilib borsa kerak?

- Albatta. Otam o'yinlarimizni stadiondan ko'ra, ko'proq uyda tinchgina televizor orqali ko'rib borishni xush ko'radi. O'yinimizni tugatib, uyga borgach birinchi bo'lib otamni oldiga kiraman. Tahminan 45-60 daqiqa davomida o'yinim bo'yicha fikrlarini bildirib, yutuq va kamchiliklarim bo'yicha tushuntirish beradi.  

- Bu yil Superligada intriga ancha oshganini ko'rish mumkin. CHempionlik uchun kurash ko'proq qaysi jamoalar o'rtasida kechadi deb o'ylaysiz?

- To'g'ri, sovrinli o'rinlar uchun kurashda bu yil 5-6 ta jamoa kurashmoqda. Bu albatta yaxshi. “Paxtakor”, “So'g'diyona”, “Bunyodkor”, “Nasaf”, “Lokomotiv” jamoalari joriy mavsum chempionlik uchun davogarlik qilsa kerak deb hisoblayman. 

- “So'g'diyona”  o'tgan mavsum Jizzaxda “Paxtakor”ni mag'lub etgandi. Bu yil “sherlar”ni har ikki o'yinda ham yutishni iloji bormi?

- Bo'lmasamchi. Menimcha har qanday raqibni mag'lub etish mumkin. Bu – futbol. O'tgan yilgi “Paxtakor” bilan hozirgisini taqqoslaydigan bo'lsak, farq katta ekanligini barcha ko'rib turibdi. Endi bu jamoani oldindan yaqqol favorit deb bo'lmaydi. Nasib qilsa bu yil mag'lubiyatsiz o'yinlarimizni uzoq vaqt davom ettiramiz. 

- Siz bilan maktab-internatida shug'ullangan kimlar hozir katta futbolda faoliyat yuritmoqda?

- O'z tengqurlarim orasida birgina men professional futbolchi bo'ldim. Lekin maktab-internat miqyosi bo'yicha olib aytadigan bo'lsak, Siroj Meliev (“Dinamo”), Nodir Qo'yboqov (“So'g'diyona”), Azamat Soyibov, Abduvohid Nematov (“Nasaf”) hamda Al-Fayzi Nematov (“Bunyodkor”) hozirda katta futbolda faoliyat yuritmoqda. 

- O'z poziciyangiz bo'yicha qaysi futbolchilarning o'yinini yoqtirasiz?

- O'zbekistondan har bir jamoaning himoyachilarini kuzatib boraman. Alohida bir futbolchini ajratib ko'rsatishim qiyin. Xorijdan esa “Real” futbolchisi Karvaxalning muxlisiman.   

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика