So’nggi yangiliklar

15:20"Насаф"нинг ОЧЛдаги 9-мавсуми бошланди (таҳлил)  3 15:20Туғилган кун муборак, ўзбек футболи қироли — Миржалол Қосимов!   242 14:50"Реал" Чемпионлар лигасида пенальтилар сони бўйича рекордчи бўлди  4 14:33Ямал "Барселона"нинг қайдномасига киритилмади  0 13:49Шерзод Эсанов - "Динамо-Брест" футболчиси  5 13:22ЧЛ плей-оффида "Бенфика"га ютқазган Моуринью энди шу жамоани бошқаради  3 13:01Собиқ ҳакам "Реал"нинг иккинчи пенальтиси ҳақида: "У қўлини бошқа ерга қўя олмасди"  19 12:52Ҳамма учун севимли Миржалол!  20 12:12Насри "Реал"нинг иккинчи пенальтиси ҳақида: "Мен бу ерда 11 метрлик жарима тўпини кўрмаяпман. Агар ҳакам Карвахалнинг қизил карточкасини қоплаш учун буни берган бўлса, унда қизил карточка кўрсатишнинг кераги йўқ эди"  14 11:56Осиё кубоги-2026 саралаш баҳслари бошланмоқда  1 10:55Моуринью мураббийлик фаолиятини давом эттиришга яқин  5 10:42ОЧЛ-2. "Андижон"нинг рақибида жамоани ким бошқаради?  6 10:26"Атлетик" бош мураббийи: "Агар "Арсенал" Ла Лигада ўйнаганида, қаторасига 10 марта чемпион бўларди"  45 10:11"Пахтакор" – "Нефтчи" ва бошқа учрашувлардаги хатолар. Суперлиганинг 21-турида ҳакамлик таҳлили  8 09:58Аморимнинг хайдалиши "Манчестер Юнайтед"га қанчага тушиши ҳисоблаб чиқилди  20

Ota izidan borgan SHahboz Erkinovni tabriklaymiz Yangiliklar

Ota izidan borgan SHahboz Erkinovni tabriklaymiz

Bugun "Bunyodkor" jamoasi hujumchisi SHahboz Erkinov tavallud kunini nishonlamoqda.

Bugun, 16 iyul kuni tajribali hujumchi, Gennadiy Krasnickiy nomidagi O'zbekiston to'purarlari klubi azosi, futbolchilar sulolasi davomchisi SHahboz Erkinov 34 yoshga to'ldi. Qahramonimiz yaqin o'tmishning taniqli futbolchilaridan bo'lgan Furqat Esonboevning farzandi hisoblanadi va tabiiyki, yosh SHahboz boshqa kasbni tanlay olmasdi. Millionlar o'yiniga bo'lgan qiziqish unga qondan o'tgan.  

"Otam nafaqat ilk muxlisim, balki birinchi murabbiyim hamdirlar. Ham hayotda, ham futbolda otamga o'xshashga harakat qilganman. Siz aytgandek, ular mening birinchi muxlisim va tanqidchimlar. Har bir uchrashuvdan so'ng o'yinimni tahlil qilib beradilar. Qaerda xatoga yo'l qo'ydim, qaysi vaziyatda noto'g'ri harakat qildim, hamma-hammasini aytadilar. Nafaqat aytadilar, balki keyinchalik bu xatolarni takrorlamaslik uchun nimalarga etibor berishimni ham uqtiradilar. Malum sabablar bilan o'yinimni ko'ra olmasalar, o'sha uchrashuv yozilgan diskni olib kelib bermaganumcha tinch qo'ymaydilar. Bir so'z bilan aytganda, o'rtamizda hamisha futbol muhokamasi, munozara va tahlili bo'lib kelgan",- deydi u o'z intervyularini birida

SHahboz Erkinov futbolchilik faoliyati davomida "Paxtakor", "Navbahor", "So'g'diyona", "Nasaf", "Buxoro", "SHo'rtan", "Olmaliq", "PAS" (Eron) jamoalari sharafini himoya qilgan. Joriy mavsumda "Bunyodkor" klubi safida o'ynayapti va jamoaning g'alabalarida munosib hissa qo'shib kelmoqda. 2016 yili "Nasaf"da o'ynab yurgan kezlari faoliyati davomida kiritgan gollari soni 100taga etgandi. O'shanda unga shonli "Paxtakor" jamoasining afonasi To'lagan Isoqov "Gennadiy Krasnickiy klubi"ga qabul qilingani haqidagi sovrinni topshirgan edi. 


Saytimiz xodimlari nomidan SHahboz Erkinovga sog'lik va salomatlik, faoliyatida ulkan zafarlar tilab qolamiz. Joriy mavsumda va bo'lg'usida "Bunyodkor" jamoasi bilan ko'plab sovrinlarga ega chiqishiga tilakdoshmiz. Tug'ilgan kun muborak SHahboz Erkinov!

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика