Oston O'runov Rossiyaning boshqa klubiga o'tishga yaqin
04 avg 2022 17:50
Yangiliklar
Oston O'runov Rossiyaning boshqa klubiga o'tishga yaqin
Championat.Asia malumotiga ko'ra, Ostonga Rossiya premer-ligasi ishtirokchisi "Ximki" klubi jiddiy qiziqmoqda, ammo ikkita muammo bor.
Birinchidan, O'runov maoshining kamayishiga rozi bo'lmayapti. Katta ehtimol bilan "Spartak" futbolchini ijaraga beradi va uning maoshining bir qismini o'zi to'lab boradi.
Ikkinchidan, "Ximki"ga yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish bo'yicha taqiq qo'yilgan. Barchasiga futbolchi Aleksandr Dolgov oldidagi qarzdorlik sabab bo'ldi. "Ximki" vakillari yaqin vaqt ichida bu muammoni hal qilishlarini malum qilishgan.
"Ximki"ga qo'yilgan taqiq olib tashlansa, O'runovni ro'yxatdan o'tkazishi mumkin. Malumot uchun, Rossiya premer-ligasida transfer oynasi bir oydan keyin yopiladi. Ayni paytda "Ximki"da sobiq futbolchi Sergey Yuran bosh murabbiy hisoblanadi.
Etiborlisi, Sergey Yuran 2020 yil Oston O'runovning yoshi "urilgani"ga shama qilgan va keyin RFI tomonidan jarimaga tortilgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar