So’nggi yangiliklar

15:35Ўзбекистон Суперкубоги–2026: Бердиев рекордчи, рўйхатда хорижлик мураббийлар ҳам бор  0 15:25"Имишли" — "Сабаҳ". Таркиблар маълум  0 14:50Ким Мин Же "Бавария"ни А Серия топ клубига алмаштириши мумкин  1 14:28Ўзбекистон Суперкубоги. Тарихдаги илк учрашув ва қолган тўқнашувларда қандай натижалар қайд этилган? Кимлар майдонга тушган?  2 13:36"Интер" Саудия Арабистонидаги ўйинчига кўз тикди  1 12:48Суперлиганинг 3-туридаги ҳакамлик таҳлили: "Пахтакор" – "Навбаҳор" ва "Насаф" – "Динамо" ўйинларидаги хатолар ҳамда баҳсли қарорлар  17 12:17Мауро Бразил — Суперлигада дебют қилган илк уругвайлик футболчи  5 11:52Эндрик "Реал"даги келажаги ҳақида қарор қабул қилди  12 11:15"Интер" "Рома" юлдузини трансфер қилмоқчи  1 10:40Расмус Хойлунднинг "Наполи"даги келажаги маълум  1 10:12Спалеттининг "Ювентус"даги келажаги маълум  1 09:43"Ливерпуль" "Реал"дан икки ўйинчини 120 миллион еврога сотиб олиши мумкин — TEAMtalk   12 09:15Моддий манфат йўлида EЧЛ 25 йиллик ҳамкорликдан сўнг "Adidas" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  2 08:46"Агар очколарни йўқотсак, ҳамма нарса тугайди". Гвардиола — "Вест Хэм"га қарши ўйин ҳақида  3 08:20Португалия терма жамоасининг жаҳон чемпионати учун меҳмон либослари суратлари пайдо бўлди  3

Osiyoning mashhur jurnalistlaridan biri "Paxtakor" - "Persepolis" uchrashuvidan nima kutayotganini malum qildi Yangiliklar

Osiyoning mashhur jurnalistlaridan biri "Paxtakor" - "Persepolis" uchrashuvidan nima kutayotganini malum qildi

Teglar :  OCHL-2020Vael Jobir
Qatarda markazlashgan Osiyo chempionlar ligasi davom etmoqda.

Ushbu musobaqani yoritish uchun bir qator xorijlik jurnalistlar ham Doha shahriga tashrif buyurishgan. Ular orasida Ahdaaf nashri bosh muharriri Vael Jobir ham bor. Biz undan championat.asia sayti o'quvchilari uchun OCHL chorak finali haqida fikrlarini bildirishni so'radik:

Mening nazarimda "Paxtakor" - "Persepolis" uchrashuvi G'arb mintaqasining finaldan oldingi finali. Bu juftlikda qaysi jamoa g'olib bo'lsa ham Saudiya Arabistoni klublariga qiyin bo'ladi.

"Paxtakor" 2020 yil boshidan buyon menda yaxshi taassurot qoldirmoqda. Ular juda yaxshi jamoaviy o'yin namoyish etishmoqda, jismoniy va taktik tomonlama kuchli. Eren Derdiyokning jamoaga qo'shilishi muhim ahamiyat kasb etdi. Bu orqali bosh murabbiy zaxiradan Igor Sergeev darajasidagi hujumchini maydonga tushirish imkoniyatiga ega bo'lmoqda. Bu albatta katta ustunlik.

"Persepolis" "Al Sadd"ga qarshi o'yinda bor kuchi bilan gol urish uchun harakat qildi va ko'plab vaziyatlar yaratdi (faqat "SHarja" bilan bahsda forslar raqibning chap qanot himoyasidagi zaiflikdan keyin 4:0 hisobida zafar quchishdi). O'ylashimcha Isa Al Kasir Egor Krimec va Anzur Ismoilov tandemini yorib o'tishga qiynaladi. Menimcha shu kuni Jaloliddin Masharipov o'zini yaxshi tomonlama ko'rsatib driblinglari bilan CHeran va Derdiyokka yaxshi vaziyatlarni tashkil etib bersa, "Paxtakor"ni to'xtatish qiyin bo'ladi.

Ikkinchi juftlikdagi Saudiya Arabistoni klublarining to'qnash kelganligi uni o'zgacha qiladi. Menimcha "Al Nassr" ayni paytda "Al Ahli"dan kuchliroq. Agar oddiy o'yin bo'lganida ularning oson g'alabasini taxmin qilgan bo'lardim. Biroq nimchorak finalda "Al Taavon"ga qarshi bahsda ko'rdikki mahalliy derbilar oson o'tmaydi.

O'ylashimcha agarda "Al Ahli" ushbu to'qnashuvda g'olib bo'lsa "Paxtakor" va "Persepolis" uchun oddiy raqib bo'ladi. Agarda "Al Nassr" yarim finalga chiqsa juda kuchli o'yin bo'ladi.

Oldinda bizni zo'r o'yinlar kutib turibdi!

Vael Jobir, Ahdaaf nashri bosh muharriri



Reyting: +41   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика