So’nggi yangiliklar

15:37Ҳамдамов ва Пажишек тандеми яна иш берди, “Қўқон-1912” жуда кеч уйғонди — Абдулазиз Искандаров  2 15:11Суперлига. "Локомотив" 2010 йилдан бери "Машъал" майдонида ютқазмаяпти  0 14:44"Андижон"нинг "Қизилқум" майдонидаги ғалабасиз серияси 10 та ўйинга етди  0 14:24Расман: "Металлург" Мўминжонов билан 3 йиллик шартнома тузди  3 14:07"Пахтакор" Қўқонда ғалабага эришган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 13:46"Манчестер Юнайтед" шов-шувли қадам тайёрламоқда  5 13:23"Андижон" бош мураббийи: "1-турда рақиб "Қизилқум"ни мўжиза туфайли мағлуб этганди"  14 13:104 та қизил кўрсатилган оқшом —"Бухоро"нинг "Навбаҳор" майдонидаги охирги ғалабаси қандай бўлган?  0 12:43"Бу — бизнинг айбимиз": Ван Дейк аутсайдердан учралган мағлубиятга кескин изоҳ берди  2 12:15Фабио Каннаваро нега айнан Атлантани танлади?  7 11:46"Қизилқум"дан енгилган "Андижон"ни энди ким синовдан ўтказади?  3 11:25"Навбаҳор" собиқ футболчиси қирғиз жамоасига ўтди  1 10:19"Манчестер Сити" футболчиси кечаги учрашув ҳакамлигини танқид қилди  3 09:27"Каттақўрғон" яна икки нафар дарвозабон билан шартнома имзолади  2 08:59Ғалабани қўлдан чиқарган Пеп Гвардиола матбуот анжуманида нималар деди?  1

Elit OCHL guruh bosqich yakunlari: kim uchun omadli, kim uchun omadsiz Yangiliklar

Elit OCHL guruh bosqich yakunlari: kim uchun omadli, kim uchun omadsiz

Ikki mintaqada o'tkaziladigan OFKning klublar o'rtasidagi eng yirik musobaqasi Elit Osiyo chempionlar Ligasining guruh bahslari o'z yakuniga etdi.

Ushbu bosqich yakunlariga ko'ra, har ikkala mintaqada keyingi bosqichga yo'l olgan 8tadan omadli jamoalar malum bo'ldi.

SHARQ mintaqasi: Yaponiyaning uch klubi keyingi bosqichda

Biz Sharq mintaqasini ko'p ham kuzatmaymiz, muxlislarga ham unchalik qiziq emas. Bazan jamoalar nomini va qaysi davlatdan ekanini unutib qo'yamiz. Bir paytlari "Bunyodkor" Sharq mintaqasida o'ynaganida maza qilib ko'rardik. Avstraliyaning "Adelaida Yunayted", Janubiy Koreyaning "Poxang Stilers" kabi klublari bilan kechgan o'yinlarni bir eslang. Qanday davrlar edi-ya. Chinakam futbol muhiti hukm surgan paytlar. O'shanda nomiga ishtirok degan gap yo'q edi. Ayniqsa "Bunyodkor" OCHLni yutish uchun astoydil kurash olib borgandi.

Hozir esa Sharq mintaqasi o'zi bilan o'zi ovora. Ular qachonki G'arb jamoalariga to'qnash kelganda, ha, falonchi jamoa haliyam o'ynayapti ekan deb qo'yamiz. Lekin buyog'iga Sharq uchun Elit OCHLni yutish oson bo'lmaydi, chunki Saudiya Arabistoni klublari ancha ilgarilab ketdi. Buning ustiga yarim final va final bahslari markazlashgan tartibda yana Saudiyada o'tkaziladi.

Bu yil ham Sharq mintaqasida 12ta jamoa Elit OCHL guruh bosqichida ishtirok etib, shundan 8tasi keyingi bosqichga yo'l oldi. Qizig'i shundaki, Yaponiyaning uch klubi - "Machida Zelviya", "Vissel Kobe" hamda "Sanfrechche Xiroshima" ketma-ketlikda 1,2,3-o'rinlarni egallashdi. Keyingi o'rinni esa Tailandning "Buriram Yunayted" klubi band etdi. Yana bir qiziq jihati, Malayziyaning"Johor Darul Tazim" klubi ham kuchli sakkizlikka kirib oldi. Xitoydan bironta klub keyingi bosqichga chiqa olmadi (Ulardan uchta jamoa qatnashdi). Shuningdek, Janubiy Koreyaning "Ulsan" klubi ham musobaqadagi ishtirokini tugatdi.


1/8 final juftliklari

"Kanvon" (Janubiy Koreya) - "Machida Zelviya" (Yaponiya)

"Seul" (Janubiy Koreya) - "Vissel Kobe" (Yaponiya)

"Johor Darul Tazim" (Malayziya) - "Sanfrechche Xiroshima" (Yaponiya)

"Melburn Siti" (Avstraliya) - "Buriram Yunayted" (Tailand)

Dastlabki uchrashuvlar 3-4 mart, javob bahslari 10-11 mart kuni bo'lib o'tadi.


G'ARB mintaqasi: Kutilgan voqea ro'y berdi

G'arb mintaqasida ko'pchilik kutgan voqea ro'y berib, oldindan taxmin qilingan jamoalar keyingi bosqichga yo'l olishdi. Bizning mintaqada sensaciya kuzatilmadi. Saudiya Arabistonining uchala klubi ham keyingi bosqich masalasini hal etdi. "Al Hilol" 8ta o'yinni mag'lubiyatsiz yakunlab 22 ochko bilan birinchi bo'ldi. Keyingi o'rinni "Al Ahli" egallagan bo'lsa, Eronning "Traktor" klubi uchlikka kirib oldi.

Qatardan uchta klub qatnashgan bo'lsa, ikkitasi - "Al Duhayl" bilan "Al SAdd" bir xil 8 ochko to'plab sakkiztalikka kirib olishdi. BAAning "Sharja" klubi 8 ochko to'plab ham keyingi bosqichga o'ta olmadi, bu o'rinda to'plar nisbati pand berib qo'ydi.

Musobaqada O'zbekiston chempioni sifatida qatnashgan "Nasaf" 8 o'yindan oltitasida mag'lub bo'lib, oxirgi ikki turda bir durang va bir g'alaba qayd etib, 4 ochko to'plashni uddaladi. Boshqa jamoalar bilan solishtirganda o'rtamiyona byudjetga ega "Nasaf" shu tariqa oxirgi o'rinni band etdi. Baribir moliya va tarkib borasida qarshiliklar qolgan 11ta jamoaning hech biri bilan bahslasha olishmasdi.


1/8 final juftliklari

"Al Sadd" (Qatar) - "Al Hilol" (Saudiya Arabistoni)

"Al Duhayl" (Qatar) - "Al Ahli" (Saudiya Arabistoni)

"Shabab Al Ahli" (BAA) - "Traktor" (Eron)

"Al Vahda" (BAA) - "Al Ittihod" (Saudiya Arabistoni)

Dastlabki uchrashuvlar 2-3 mart, javob bahslari 9-10 mart kunlari bo'lib o'tadi.


Buyog'i qanday bo'ladi?

Elit OCHL reglamentiga ko'ra, musobaqaning 1/8 final bosqichi uy-mehmon tarzida o'tkaziladi. Chorak finaldan boshlab yarim final va final Saudiya Arabistonining Jidda shahrida o'tkaziladi. Xuddi o'tgan yilgi kabi Sharq va G'arb to finalgacha bir-biriga to'qnash kelmaydi.

Musobaqaning hal qiluvchi final o'yiniga hashamatli "Qirol Abdulloh" stadioni mezbonlik qiladi. Maulumot uchun, ushbu o'yingohda Saudiyaning ikki klubi "Al Ahli" va "Al Ittihod" uy o'yinlarini o'tkazadi. Stadion sig'imi 63 ming tomoshabinga mo'ljallangan.

1/8 final o'yinlari o'tib bo'ganidan so'ng 18 mart kuni chorak final uchun alohida qura tashlash marosimi o'tkaziladi. 16-18 aprelda 1/4 final o'yinlari o'tkazilsa, 20-21 aprelga yarim finallar belgilangan. Final esa 25 aprel kuni bo'lib o'tadi. Uchinchi o'rin uchun bahs o'tkazilmaydi.


Xayrulla Xoliqov

Reyting: -2   

Fikrlar

+3   
19 fev 13:02:33
Umarr Raximov
Низом foydalanuvchining fikriga javob berish
"Насаф" 8 ўйиндан олтитасида мағлуб бўлиб, охирги икки турда бир дуранг ва бир мағлубият қайд этиб, 4 очко тўплашни уддалади. Олдинги 6 та мағлубиятга хам 3 очкодан беравермабида .... мазза қилиб қолардик ....
Ёзган фикризга на маъно бор, на мантиқ...
+1   
19 fev 18:23:17
Аббос Азизов
Низом foydalanuvchining fikriga javob berish
"Насаф" 8 ўйиндан олтитасида мағлуб бўлиб, охирги икки турда бир дуранг ва бир мағлубият қайд этиб, 4 очко тўплашни уддалади. Олдинги 6 та мағлубиятга хам 3 очкодан беравермабида .... мазза қилиб қолардик ....
Бизникилар босим бўмаса йўқотадиган нарса қолмаса яхши ўйнайди психологлар билан ишлаш суст бизда
   
19 fev 18:21:05
Аббос Азизов
Қизиғи шундаки Малайзия клубимиш, Жохор Дарул Такзимни таркибини бир кўринглар бу Султонга тегишли клуб кучли легионерлари бор Ўзбекистонни любой клубини ютадиган даражада
   
19 fev 17:32:42
Umarr Raximov
Низом foydalanuvchining fikriga javob berish
Эътибор бериб ўқиш керак, "бир дуранг ва бир мағлубият" деб ёзилган (албатта хозир тўғрилаб қўйишган "бир дуранг ва бир мағлубият" деб) шуни хазилона маънода ёзгандим. Демак хам маъно бор, хам мантиқ, қолаверса яна бор - ТАНҚИД.
Тушундим сизни, аслида админ хато ёзган ва кейинчалик тўғриланган...
   
19 fev 15:40:39
Низом
Низом foydalanuvchining fikriga javob berish
Эътибор бериб ўқиш керак, "бир дуранг ва бир мағлубият" деб ёзилган (албатта хозир тўғрилаб қўйишган "бир дуранг ва бир мағлубият" деб) шуни хазилона маънода ёзгандим. Демак хам маъно бор, хам мантиқ, қолаверса яна бор - ТАНҚИД.
Эътибор бериб ўқиш керак, "бир дуранг ва бир мағлубият" деб ёзилган (албатта хозир тўғрилаб қўйишган "бир дуранг ва бир ғалаба" деб) шуни хазилона маънода ёзгандим. Демак хам маъно бор, хам мантиқ, қолаверса яна бор - ТАНҚИД.
   
19 fev 15:39:56
Низом
Umarr Raximov foydalanuvchining fikriga javob berish
Ёзган фикризга на маъно бор, на мантиқ...
Эътибор бериб ўқиш керак, "бир дуранг ва бир мағлубият" деб ёзилган (албатта хозир тўғрилаб қўйишган "бир дуранг ва бир мағлубият" деб) шуни хазилона маънода ёзгандим. Демак хам маъно бор, хам мантиқ, қолаверса яна бор - ТАНҚИД.
   
19 fev 14:12:10
Azizbek Rustamovich
Maxaraboz liga. Hammasi Saudiya jamoalari yutishi uchun. Sharqiy Osiyo alohida federatsiya tuzish kerak. O‘zbekiston ham o‘sha ligadao‘ynashi kerak. Menimcha Eron ham ketadi. Ana o‘shanda arablar bir birini itarib yuraveradi
   
19 fev 11:55:47
Низом
"Насаф" 8 ўйиндан олтитасида мағлуб бўлиб, охирги икки турда бир дуранг ва бир мағлубият қайд этиб, 4 очко тўплашни уддалади. Олдинги 6 та мағлубиятга хам 3 очкодан беравермабида .... мазза қилиб қолардик ....
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика