So’nggi yangiliklar

17:05Ўзбекистон Суперкубоги: дебютант “Нефтчи” саккизинчи жамоа, рекорд “Пахтакор”да  0 16:49"Футбол олами". 3-турдаёқ илк истеъфо  0 16:29Аёллар ўртасидаги Осиё кубоги. Ўзбекистон чорак финалда Жанубий Кореяга йирик ҳисобда мағлуб бўлди  10 15:35Ўзбекистон Суперкубоги–2026: Бердиев рекордчи, рўйхатда хорижлик мураббийлар ҳам бор  1 15:25"Имишли" — "Сабаҳ". Таркиблар маълум  0 14:50Ким Мин Же "Бавария"ни А Серия топ клубига алмаштириши мумкин  1 14:28Ўзбекистон Суперкубоги. Тарихдаги илк учрашув ва қолган тўқнашувларда қандай натижалар қайд этилган? Кимлар майдонга тушган?  2 13:36"Интер" Саудия Арабистонидаги ўйинчига кўз тикди  1 12:48Суперлиганинг 3-туридаги ҳакамлик таҳлили: "Пахтакор" – "Навбаҳор" ва "Насаф" – "Динамо" ўйинларидаги хатолар ҳамда баҳсли қарорлар  18 12:17Мауро Бразил — Суперлигада дебют қилган илк уругвайлик футболчи  5 11:52Эндрик "Реал"даги келажаги ҳақида қарор қабул қилди  12 11:15"Интер" "Рома" юлдузини трансфер қилмоқчи  1 10:40Расмус Хойлунднинг "Наполи"даги келажаги маълум  1 10:12Спалеттининг "Ювентус"даги келажаги маълум  1 09:43"Ливерпуль" "Реал"дан икки ўйинчини 120 миллион еврога сотиб олиши мумкин — TEAMtalk   12

OCHL 2da hammasi tugadi: Markaziy Osiyodan hech kim qolmadi Yangiliklar

OCHL 2da hammasi tugadi: Markaziy Osiyodan hech kim qolmadi

Nufuzi bo'yicha Elit Osiyo Chempionlar Ligasidan keyingi o'rinda turadigan OCHL 2da nimchorak final o'yinlari o'tkazildi.

10-12 fevral dastlabki uchrashuvlar o'tkazilgan bo'lsa, javob o'yinlari 17-19 fevral oralig'ida bo'lib o'tdi.

Nimchorak final yakunlariga ko'ra, G'ARB mintaqasidan BAAning "Al Vasl", Iordaniyaning "Al Husseyn", Saudiya Arabistonining "Al Nassr" hamda Qatarning "Al Ahli" klublari 1/4 finalga yo'l olishdi.

Shuningdek, SHARQ mintaqasida ham chorak finalchilar aniqlandi. Tailandning "Ratchaburi" va "Bangkok Yunayted", Singapurning "Tampines Rovers" hamda Yaponiyaning "Gamba Osaka" klublari o'z raqiblarini ortda qoldirib keyingi bosqich masalasini ijobiy hal etishdi.

Ushbu mavsum bu musobaqada Markaziy Osiyodan to'rtta jamoa qatnashdi. O'zbekiston Kubogi g'olibi sifatida ilk bor qatnashgan "Andijon" guruhdan chiqa olmadi. Jamoamiz besh durang va bir mag'lubiyat bilan 5 ochko to'plagan holda afsuski, guruh bosqichini oxirgi o'rinda yakunladi.

Bizga yaxshi tanish bo'lgan Dushanbening "Istiqlol" klubi Tojikiston chempioni sifatida turnirda qatnashib, bu jamoa ham o'z ishtirokini guruh bosqichida yakunladi. Yon qo'shnilarimiz oltita o'yinning uchtasida g'alaba qozonib, 9 ochko to'plagan bo'lishlariga qaramay faqat to'plar nisbatiga ko'ra, Iroqning "Al Zavra" klubidan ortda qolishdi.

OCHL 2da Turkmanistondan ikkita klub ishtirok etdi. "Ahal" ham xuddi "Andijon" va "Istiqlol" singari o'z ishtirokini guruh bosqichida yakunlagan bo'lsa, sekin-asta yuqoriga odimlab borayotgan "Arkadag'" guruhdan chiqishni uddalay oldi va nimchorak finalda Saudiyaning "Al Nassr" klubiga imkoniyatni boy berdi. Har ikkala o'yin 1:0 hisobida riyodliklar foydasiga hal bo'lganini eslab o'tish joiz.

Shunday qilib, Osiyo chempionlar Ligasi 2 musobaqasining chorak finalida Markaziy Osiyodan hech kim qolmadi. Odatdagidek buyog'iga yana arablar kurashni davom ettiradi. 1/4 final juftliklari quyidagicha ko'rinish olgan:

"Al Vasl" - "Al Nassr"

"Al Ahli" - "Al Husseyn"

"Gamba Osaka" - "Ratchaburi"

"Bangkok Yunayted" - "Tampines Rovers"

Dastlabki uchrashuvlar 3-5 mart, javob bahslari 10-12 mart kunlari bo'lib o'tadi.

Musobaqa nizomiga ko'ra, chorak final va yarim final o'yinlari ikkita uchrashuvdan iborat bo'ladi. Yarim final dastlabki uchrashuvlar 7-8 aprel, javob o'yinlari 14-15 aprelga belgilangan. Musobaqaning hal qiluvchi final bahsi 17 may kuni o'tkaziladi.

OCHL 2 reglamentiga ko'ra, G'arbdan qaysi jamoa finalga chiqsa, final shu jamoa maydonida bo'lib o'tadi. Bu degani hal qiluvchi bahsga BAA, Saudiya Arabistoni, Qatar yoki Iordaniya mezbonlik qiladi. Yana bir malumot, final bitta o'yindan iborat bo'ladi va bir paytlar bo'lgani kabi javob bahsi o'tkazilmaydi.


Xayrulla Xoliqov

Reyting: +3   

Fikrlar

+1   
20 fev 12:03:23
Имя Фамилия
Akbar Umarov foydalanuvchining fikriga javob berish
Ana bo'lmasam nimalar bo'lyapti o'zi
Козим болалаябди
   
21 fev 04:58:00
Abdusalom Mirzayev
Akbar Umarov foydalanuvchining fikriga javob berish
Seni eng katta aybing bu eshaklar bilan doimiy ravishda kontaktlarda bo'layotganing bo'lsa keragov
Сансирама молокосос, эшакларни сан танийсан.
   
20 fev 21:46:36
Akbar Umarov
Abdusalom Mirzayev foydalanuvchining fikriga javob berish
Нима бўлганда ҳам Андижонга Осиё футболи кирди, мухлислар хурсанд бўлди. Пахтакор қатнашганда узоқроққа борар эди, лимит ҳам кўпайиши мумкин бўларди, бироқ кўп мухлислар мазза қилишмасди
Seni eng katta aybing bu eshaklar bilan doimiy ravishda kontaktlarda bo'layotganing bo'lsa keragov
   
20 fev 21:45:25
Akbar Umarov
Hakimjon Aliyev foydalanuvchining fikriga javob berish
Andijon isnot keltirdi uzbni Navbahor bulganda gurihdan chiqardi
Zato ishtirok etdilarda
   
20 fev 21:44:22
Akbar Umarov
OFCda barcha Futbol qonunlari faqatgina Arablar manfaatlari asosida amalga oshiriladi. UFA ahmoq bo'lmasa allaqachon UEFAga o'tib ketardi. OFCda arablarni aytgani aytgan degani daganda
   
20 fev 21:28:59
Hakimjon Aliyev
Andijon isnot keltirdi uzbni Navbahor bulganda gurihdan chiqardi
   
20 fev 21:28:59
Hakimjon Aliyev
Andijon isnot keltirdi uzbni Navbahor bulganda gurihdan chiqardi
   
20 fev 21:28:56
Hakimjon Aliyev
Andijon isnot keltirdi uzbni Navbahor bulganda gurihdan chiqardi
   
20 fev 13:54:29
Abdusalom Mirzayev
Нима бўлганда ҳам Андижонга Осиё футболи кирди, мухлислар хурсанд бўлди. Пахтакор қатнашганда узоқроққа борар эди, лимит ҳам кўпайиши мумкин бўларди, бироқ кўп мухлислар мазза қилишмасди
   
20 fev 13:38:57
Azim
Саудия, Амирликлар ва Катарни хисобига Осиё футболида хам пул купайиб кетди, Марказий Осиё жамоаларига нон колмади бу мусобакаларда
   
20 fev 11:49:06
Akbar Umarov
Ana bo'lmasam nimalar bo'lyapti o'zi
-1   
20 fev 15:16:16
,Хаqiqiy Kazim.
Жамка жамка имя памиля сокинадиган пропилингда киряпсанми хД
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика