So’nggi yangiliklar

01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  17 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  22 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  4 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  90 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

Osiyo o'yinlari g'olibi, Xorazm futbolining yorqin vakili Ulug'bek Ro'zimovni xotirlab Yangiliklar

Osiyo o'yinlari g'olibi, Xorazm futbolining yorqin vakili Ulug'bek Ro'zimovni xotirlab

Bilamizki, Xorazm diyori azaldan futbolimizga turli iqtidorlarni etishtirib berganligi bilan ajralib turgan.

Bu o'lkaning yana bir yirik vakili bo'lmish Ulug'bek Ro'zimov hozirda oramizda yo'q. Bugun o'z vaqtida milliy terma jamoamiz, «Paxtakor» tarkibidagi ajoyib o'yinlari bilan muxlislar nazariga tushgan futbolchini xotirlashni joiz deb bildik.

Futbolchilik faoliyatini Xonqaning «Xorazm» jamoasida boshlagan futbolchi ko'plab poziciyalarda o'z imkoniyatlarini sinab ko'radi va yakunda himoyachi poziciyasini tanlaydi. 1985-1986 yillar oralig'ida ikkinchi ligada to'p tepgan o'yinchini 1989 yilda SSSR birinchi ligasi qatnashchisi bo'lgan «Paxtakor»ga taklif qilishadi.

Unda himoyachilarga xos xislatlar, bo'y, maydonni yaxshi ko'ra olishi, oldinga oshirib beradigan birinchi paslari bor edi. To'g'ri, darhol asosiy tarkibga kirmadi. CHunki, markaziy himoyada o'sha vaqtda raqobat kuchli bo'lgandi. Mustafo Bilolov, Sergey Bondarenko kabi tajribali mahoratli futbolchilar harakat qilardi. Etarli o'yin amaliyotiga ega bo'lish maqsadida klub rahbarlari uni «Jayxun» jamoasiga ijaraga berishadi. 1990 yilni esa ortga qaytib butunlay «Paxtakor»da o'tkazadi. Himoyachining iqtidorini, nimalarga qodirligini yaxshi bilgan, imkoniyatlarini yuqori chamalagan Birodar Abduraimov 1991 yil o'zi murabbiylik qilayotgan Toshkentning «Umid» jamoasiga taklif qiladi. Muntazam ravishda asosiy tarkibda o'ynaydi.


1992 yilda Birodar Hasanovich «Navbahor» murabbiyiga aylangach o'zi bilan shogirdini ham olib keladi va o'sha yili «lochinlar» bilan mustaqil O'zbekiston tarixida o'tkazilgan birinchi O'zbekiston kubogida g'oliblikni qo'lga kiritadi. 1994 yilda yana sobiq jamoasi «Paxtakor»ga qaytadi va 1994-1997 yillar oralig'ida to'p tepadi.

Ushbu davrada u o'z ishining professionali, jamoa sardori va etakchisi bo'ladi, mamlakat kubogida g'olib chiqadi. U milliy terma jamoamiz tashkil etilgan ilk yillardanoq jamoaning muhim futbolchisi sifatida o'z o'rnini topadi. 1994 yilda Xirosimadagi Osiyo o'yinlarida ishtirok etadi, musobaqaning birinchi uchrashuvlarida zaxirada qoldirilgan himoyachini Rustam Akramov finalda Xitoyga qarshi qo'ydi. 1996 yil BAAdagi Osiyo kubogida «Paxtakor»ning ko'plab futbolchilari qatori u ham yakuniy tarkibga kiritiladi va terma jamoa bilan qita kubogiga yo'l oladi.

Faoliyatining so'nggi yillarida o'z yurtiga qaytib «Xorazm» jamoasi sharafini himoya qildi, uch yilga yaqin Bekobodning «Metallurg» klubida harakat qildi. Murabbiylik faoliyatini asosan bolalar futboliga bag'ishladi va bir necha yillar davomida «Paxtakor» futbol maktabida yosh iqtidorlarga ustozlik qildi. To'g'ri, u malum vaqt «Buxoro» da Rauf Inileevga assistentlik qildi. Ko'pchilik yoshi katta ishqibozlar Ulug'bek Ro'zimovning o'yinlarini, jangchilarga xos harakatlarini zavq bilan hamon yodga olishadi.



Ulug'bek Ro'zimovni «Paxtakor», «Navbahor» va O'zbekiston milliy terma jamoasida birga o'ynagan Azamat Abduraimov quyidagicha esga oladi.

“Ulug'bekni men 1990 yildan beri bilaman. O'shanda bizning jamoa «Paxtakor» birinchi ligada yurardi. Keyinchalik 1992 yilda «Navbahor»da birga o'ynadik, birinchi bor kubokda zafar quchdik. Bu ham o'ziga xos bir tarix. O'sha yili ilk bor O'zbekiston terma jamoasi tashkil qilindi. Birinchi o'yinimiz Tojikiston bilan o'tgan unda 2:2 hisobidagi durang qayd etgandik. Ikkinchi uchrashuv Turkmanistonga qarshi kechgan. O'shanda biz birinchi marotaba g'alabaga erishgandik. Gollardan biriga Ulug'bek Ro'zimov mualliflik qilgandi. Mening pasimdan so'ng u darvozani ishg'ol qilgandi. Ikkinchi golni men urgandim. Bellashuv qahramonlari sifatida etirof etilgandik. Baribir birinchi g'alabani o'ziga yarasha yoqimli tomonlari bo'ladi. 2017 yil 8 may kuni vafot etganini eshitib shokka tushib qoldik, ruhiy zarba bo'ldi. Boisi, u hali 50ga ham to'lmagandi. Uni jamoada hamma hurmat qilardi. CHunki, tartibli inson edi. Ulug'bek Ro'zimovni xotirasi uchun o'rtoqlik o'yinini tashkillashtirdim. Unda O'zbekiston terma jamoasi va «Paxtakor» faxriylari maydonga tushishdi. Umuman olganda Ulug'bek Ro'zimovni o'zbek futboli uchun foydasi tegdi”,- deydi Abduraimov.


Quyida 2017 yil noyabr oyida Ulug'bek Ro'zimov xotirasi uchun o'tgan o'rtoqlik uchrashuvidan lavhalarni va SHuhrat Rahmonqulovning fikrlarini tomosha qiling.



Abdulaziz Iskandarov tayyorladi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика