Osiyo Kubogiga tayyorlanayotgan O'zbekiston U-20 termasi Saudiya Arabistoni U-20 termasiga qarshi 2 ta o'rtoqlik bahsi o'tkazadi
12 jan 2023 11:07
Yangiliklar
Osiyo Kubogiga tayyorlanayotgan O'zbekiston U-20 termasi Saudiya Arabistoni U-20 termasiga qarshi 2 ta o'rtoqlik bahsi o'tkazadi
Yurtimizda bo'lib o'tadigan U-20 Osiyo Kubogiga tayyorgarlik ko'rish maqsadida O'zbekiston U-20 terma jamoasi 16 yanvar kuni Toshkentda navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'iniga kirishadi.
Ravshan Haydarov boshqaruvidagi jamoa yig'inning ikkinchi qismini Jidda shahrida davom ettiradi. Yoshlarimiz Saudiya Arabistoni U-20 terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishlari rejalashtirilgan.
U-20 xalqaro o'rtoqlik uchrashuvlari
26 yanvar
Saudiya Arabistoni – O'zbekiston
31 yanvar
Saudiya Arabistoni – O'zbekiston
U-20 Osiyo Kubogi 1 martda boshlanib 18 martgacha davom etadi. O'zbekiston "A" guruhida Indoneziya, Iroq hamda Suriyaga qarshi bahs olib boradi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar