So’nggi yangiliklar

00:38АПЛ. "Астон Вилла" – "Арсенал", "Манчестер Юнайтед" – "Вулверхэмптон": бошланғич таркиблар маълум  0 00:19Ўзбекистон U-21 терма жамоаси ўртоқлик учрашувида Қатар U-23 термасига ютқазди  0 00:14Ироқ. "Аманат" Бахтиёр Қосимовнинг дубли эвазига "Ал Шорта"ни мағлубиятга учратди  0 00:06АПЛ. ​"Челси" – "Борнмут". Таркиблар аниқ!  1 23:29"Ман Сити"га ўтаётган Семеньонинг трансфер суммаси ва маоши маълум  0 22:40"Манчестер Сити" ҳимоячиси "Вест Хэм"га ўтишни истамади  0 22:15Куртуа "Реал"нинг декабр ойидаги энг яхши ўйинчиси деб топилди  0 21:42Деклан Райс жароҳат сабаб "Астон Вилла"га қарши ўйнамайди  4 21:05Футболда 2026/2027 йилги мавсумдан бошлаб "Арсен Венгер офсайди" жорий этилиши мумкин  11 20:40Иньяки Уильямс Испания Суперкубоги ҳақида: "Саудия Арабистонида ўйнаш - жуда ёқимсиз"  1 20:18"Ғазалкент" 13 нафар футболчи билан шартнома тузилганини эълон қилди, улар орасида Ўзбекистон U-18 терма жамоаси аъзоси ҳам бор  3 20:04Анвар Ғофуров: "Чемпионликни муносиб ҳимоя қилиш учун барча куч ва маҳоратимизни ишга солишга тайёрмиз"  4 19:40Слот: "Янги футболчиларга қилинган барча харажатлар ҳам самарали бўлмади"  3 19:14Артета "Астон Вилла" билан ўйин олдидан: "Бизни ҳақиқатан жуда қийин ўйин кутмоқда"  16 18:51Эрон чемпионати. "Трактор" ўз уйида "Малаван" билан муроса кўчасини танлади, Ҳамробеков 71 дақиқа ўйнади  2

Osiyo Kubogi. O'zbekiston o'z tarixida eng ko'p legioner bilan musobaqada qatnashadi (tahlil) Yangiliklar

Osiyo Kubogi. O'zbekiston o'z tarixida eng ko'p legioner bilan musobaqada qatnashadi (tahlil)

Osiyo Kubogiga tayyorgarlik jarayonida tarixni ham yodga olish zarar qilmaydi.

O'zbekiston terma jamoasi tarkibida 9 nafar legioner joy oldi. Olimpiya terma jamoasi yoshidagi futbolchilar soni 7 nafarni tashkil qilmoqda. Bu ko'rsatkich 2004 yilgi Osiyo Kubogidan keyingi eng yuqorisi bo'ldi. Deylik o'tgan musobaqada Kuper yosh va olimpiya yoshidagi futbolchilar xizmatidan foydalanmagan bo'lsa, Qosimov 2, Abramov 1 nafar futbolchini Osiyo Kubogiga olib ketgandi. 1996 va 2004 yilgi turnirlarda vakillarimiz eng yosh tarkib bilan qatnashishgan, 23,3/ 23,5. 


Osiyo Kubogi-1996

Bosh murabbiy: Bahodir Ibrohimov

Terma jamoani o'rtacha yoshi: 23,3

Olimpiya terma jamoasi yoshidagi futbolchilar: 2 nafar -  Dilmurod Nazarov, Zafar Musaboev

Legionerlar: 2 nafar - Stepan Atoyan ("Prodeftiki", Greciya), Igor SHkvirin ("Xapoel" Tel-Aviv)

Eng yoshi katta futbolchi: Gennadiy Denisov (36 yosh)

Eng yosh futbolchi: Dilmurod Nazarov (20 yosh)

Yakuniy natija: Guruh bosqichi

Osiyo Kubogi-2000

Bosh murabbiy: Yuriy Sarkisyan 

Terma jamoani o'rtacha yoshi: 26,6

Olimpiya terma jamoasi yoshidagi futbolchilar: 2 nafar - Umid Isoqov, Narimon Osmanov

Legionerlar: 7 nafar - Mirjalol Qosimov ("Krilya Sovetov"), Andrey Fyodorov ("Rubin"), Sergey Lushchan ("Rostov"), Nikolay SHirshov ("Rostov"), Pavel Bugalo ("Alaniya"), Davronjon Fayziev (CSKA), Maksim SHackix ("Dinamo Kiev")

Eng yoshi katta futbolchi: Igor SHkvirin (37 yosh)

Eng yoshi kichkina futbolchi: Umid Isoqov (21 yosh)

Yakuniy natija: Guruh bosqichi

O'zbekiston terma jamoasi tarkibida Osiyo Kuboklarida maydonga tushgan eng yosh futbolchi Marat Bikmaev hisoblanadi. 2004 yilgi qita musobaqasida u 18 yosh edi. Eng yoshi katta futbolchi Igor SHkvirin hisobalanadi. 2000 yil Livandagi turnirda Igor Anatolevich 37 yosh bo'lgan.

Osiyo Kubogi-2004

Bosh murabbiy: Ravshan Haydarov (O'zbekiston)

Terma jamoaning o'rtacha yoshi: 23,5.

Olimpiya terma jamoasi yoshida bo'lganlar: 9 nafar - Timur Kapadze, Server Jeparov, Ignatiy Nesterov, Ildar Magdeev, SHavkat Raimqulov, Islom Inomov, Ilyos Zeytullaev, Aleksandr Geynrix, Marat Bikmaev.

Legionerlar: 8 nafar - Aleksey Polyakov ("Krilya Sovetov"), Andrey Fyodorov ("Rubin"), Mirjalol Qosimov ("Alaniya"), Nikolay SHirshov va Andrey Akopyanc ("Rostov"), Aleksandr Geynrix (CSKA), Evgeniy Safonov ("SHinnik"), Ilyos Zeytullaev ("Yuventus").

Eng yoshi katta futbolchi: Mirjalol Qosimov, Andrey Fyodorov (33 yosh)

Eng yoshi kichkina futbolchi: Marat Bikmaev (18 yosh) 

Yakuniy natija: CHorak final

Osiyo Kubogi-2007

Terma jamoaning o'rtacha yoshi: 24,8.

Bosh murabbiy: Rauf Inileev (O'zbekiston)

Olimpiya terma jamoasi yoshida bo'lganlar: 5 nafar - Vitaliy Denisov, Aziz Ibragimov, Marat Bikmaev, Aziz Haydarov, Anzur Ismoilov.

Legionerlar: 6 nafar - Aleksey Nikolaev ("Aktobe"), Ulug'bek Bakaev ("Tobol"), Marat Bikmaev ("Rubin"), Pavel Solomin ("Saturn"), Aziz Ibragimov ("Slovan"), Vitaliy Denisov ("Dnepr"), Maksim SHackix ("Dinamo" Kiev).

Eng yoshi katta futbolchi: Pavel Bugalo (32 yosh)

Eng yoshi kichkina futbolchi: Vitaliy Denisov, Aziz Ibragimov (20 yosh)

Yakuniy natija: CHorak final

Osiyo Kubogi-2011

Terma jamoaning o'rtacha yoshi: 25,9.

Bosh murabbiy: Vadim Abramov (O'zbekiston)

Olimpiya terma jamoasi yoshida bo'lganlar: 1 nafar - Farrux Nurliboev.

Legionerlar: 8 nafar- Aziz Ibragimov ("Bogemians"), Ulug'bek Bakaev ("Tobol"), Jasur Hasanov ("Lahviya"), Marat Bikmaev ("Alaniya"), Vagiz Galiulin ("Sibir"), Sanjar Tursunov ("Volga"), Server Jeparov ("Seul"), Maksim SHackix ("Arsenal" Kiev).

Eng yoshi katta futbolchi: Viktor Karpenko (33 yosh)

Eng yoshi kichkina futbolchi: Farruh Nurliboev (20 yosh)

Yakuniy natija: Yarim final


Osiyo Kubogi-2015

Terma jamoaning o'rtacha yoshi: 26,6.

Bosh murabbiy: Mirjalol Qosimov (O'zbekiston)

Olimpiya terma jamoasi yoshida bo'lganlar: 2 nafar - Jamshid Iskanderov, Igor Sergeev.

Legionerlar: 7 nafar- Anzur Ismoilov ("CHanchun Yatay"), Bahodir Nasimov ("Padidah"), Odil Ahmedov ("Krasnodar"), Vitaliy Denisov ("Lokomotiv" Moskva), Server Jeparov ("Seongnam"), Sanjar Tursunov ("Vorskla"), Aziz Haydarov ("Al SHabab").

Eng yoshi katta futbolchi: Timur Kapadze (33 yosh)

Eng yoshi kichkina futbolchi: Igor Sergeev, Jamshid Iskanderov (21 yosh)

Yakuniy natija: CHorak final

Osiyo Kubogi-2019.

Bosh murabbiy: Ektor Kuper (Argentina)

Terma jamoani o'rtacha yoshi: 27

Olimpiya terma jamoasi yoshida bo'lganlar: - 

Legionerlar: 6 nafar - Odil Ahmedov ("SHanxay SIPG"), Fozil Musaev ("Jubilo Ivata"), Ikrom Aliboev ("Seul"), Dostonbek Tursunov ("Renofa Yamaguchi"), Otabek SHukurov ("SHarja"), Dostonbek Hamdamov ("Anji")

Eng yoshi katta futbolchi: Ignatiy Nesterov (35 yosh)

Eng yoshi kichkina futbolchi: Odil Hamrobekov, Otabek SHukurov, Dostonbek Hamdamov, Javoxir Sidiqov (22 yosh barchasi) 

Yakuniy natija: Nimchorak final


Osiyo Kubogi-2023

Bosh murabbiy: Srechko Katanec

Terma jamoani o'rtacha yoshi: 26,39

Olimpiya terma jamoasi yoshidagi futbolchilar: 7 nafar - Abduvohid Nematov, Muhammadqodir Hamraliev, Zafarmurod Abdirahmatov, Abduqodir Husanov, Diyor Xolmatov, Abbosbek Fayzullaev, Xojimat Erkinov

Legionerlar: 9 nafar - Jaloliddin Masharipov ("Panserraikos", Greciya), Otabek SHukurov ("Karagyumruk"), Abbosbek Fayzullaev (CSKA, Rossiya), Rustam Ashurmatov ("Rubin", Rossiya), Husniddin Aliqulov ("Rizespor", Turkiya), Abdulla Abdullaev ("Xorfakkan" ), Abduqodir Husanov ("Lans", Franciya), Igor Sergeev ("Patum Yunayted", Tailand), Bobir Abdiholiqov ("Ordabasi", Qozog'iston)  

Eng yoshi katta futbolchi: O'tkir Yusupov (33 yosh)

Eng yosh futbolchi: Abduqodir Husanov (19 yosh)

Natija: ?

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика