So’nggi yangiliklar

19:49"Пахтакор" — "Насаф". Терма жамоадаги ўйинчилар баҳсга бир кун қолганда келишади  4 19:26U-17 ЖЧ. Хорватия — Ўзбекистон ўйини учун ҳамюртларимиз таркиби маълум, Сарсенбаев асосий таркибда  8 18:35Қозоғистон — Бельгия. Таркиблар маълум  9 17:53Суперлига. 21-турнинг қолдирилган ўйинида "Динамо" "Андижон"ни мағлуб этди  31 17:37Жуд Беллингем "Реал"ни тарк этиши мумкин. "Манчестер Сити" катта таклиф тайёрламоқда  3 16:50Зиркзее "Манчестер Юнайтед"ни тарк этиши мумкин  1 16:21Хорватия U-17 бош мураббийи: "Ўзбекистон кучли жамоа. Буни қўрққанимдан эмас, ҳурмат юзасидан айтяпман"  11 15:36Холанд Криштианунинг "абадий" рекордини янгилай оладими? Бунга неча йил талаб этилади?   15 14:44Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон U-23 Вьетнамни мағлуб этди  9 14:24ПСЖ Винисиус учун лойиҳа тайёрламоқда. Парижликлар бразилияликни текинга қўлга киритишмоқчи  5 13:22Гарсия "Реал"дан кетадими?  2 12:04"Манчестер Юнайтед" Онана бўйича қарор қабул қилди  1 11:24АПЛ клублари "Бавария" кўзлаган ўйинчини илиб кетмоқчи  0 10:49"Барселона"нинг икки нафар футболчиси турк клубига ўтиши мумкин  7 10:22Ҳиндистон Аргентина билан ўртоқлик учрашуви учун катта миқдорда пул тўлайди ва бир нечта шартлар қўяди  21

Osiyo kubogi-2023. Avstraliya - Hindiston. Prevyu Yangiliklar

Osiyo kubogi-2023. Avstraliya - Hindiston. Prevyu

Bugun Osiyo kubogining "B" guruhi 1-turidan o'rin olgan Avstraliya - Hindiston uchrashuvi bo'lib o'tadi.

O'zaro o'yinlar tarixi

Ikki jamoa tarixda so'nggi 60 yil ichida atigi bir marotaba uchrashdi — 2011 yilgi Osiyo kubogi guruh bosqichida Avstraliya Hindiston darvozasiga jaqobsiz to'rtta to'p kiritgan. Biroq jamoalar 1938 yildan 1956 yilga qadar ettita o'yinda to'qnash kelishib, uchtadan g'alaba va bitta durang qayd etishgan.

Osiyo kubogidagi ishtirok

Avstraliya 2006 yil Osiyo Futbol Konfederaciyasiga azo bo'ldi va shundan beri qita musobaqasida muntazam ishtirok etib kelmoqda. Terma jamoa 2015 yil o'z yashil maydonlarida o'tkazilgan turnir g'olibiga aylandi.

Hindiston ushbu musobaqada to'rt marotaba ishtirok etgan va 1964 yil 2-o'rin sohibiga aylangan.

Saralash bosqichi

Avstraliya jahon chempionatining so'nggi saralash bosqichi ishtirokchisi aylangani sababli Osiyo kubogiga avtomatik ravishda yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Hindiston esa saralash bosqichida Gongkong, Afg'oniston va Kambodjani ortda qoldirdi.

Tarkib

Nufuzli Transfermarkt portali Avstraliya terma jamoasini 41 million evro, Hindiston terma jamoasini esa 6.53 million evroga baholagan.


Avstraliya terma jamoasi: 1.Metyu Rayan ("AZ", Niderlandiya), 2.Tomas Deng ("Albireks", Yaponiya), 3.Nataniel Atkinson ("Midlotian", SHotlandiya), 4.Kay Roulz ("Midlotian", SHotlandiya), 5.Jordan Bos ("Vesterlo", Belgiya), 6.Martin Boyl ("Haybernian", SHotlandiya), 7.Semyuel Silvera ("Midlsbro", Angliya), 8.Konnor Metkalf ("St. Pauli", Germaniya), 9.Bruno Fornaroli ("Melburn Viktori"), 10.Kusini Engi ("Portsmut", Angliya), 11.Marko Tilio ("Seltik", SHotlandiya), 12.Lourens Tomas ("Vestern Sidney"), 13.Eyden O'Nil ("Standart", Belgiya), 14.Rayli MakGri ("Midlsbro", Angliya), 15.Mitchell Dyuk ("Machida", Yaponiya), 16.Aziz Bexich ("Melburn Siti"), 17.Kianu Bakkus ("St Mirren", SHotlandiya), 18.Jo Gauchi ("Adelaida Yunayted"), 19.Garri Sauttar ("Lester Siti", Angliya), 20.Lyuis Miller ("Haybernian", SHotlandiya), 21.Kemeron Byordjess ("Ipsvich", Angliya), 22.Jekson Irvin ("St. Pauli", Germaniya), 23.Kreyg Gudvin ("Al Vahda", Saudiya Arabistoni), 24.Patrik Yazbek ("Viking", Norvegiya), 25.Getin Jons ("Bolton", Angliya), 26.Jon Iredeyl ("Vehen", Germaniya).

Bosh murabbiy: Graham Arnold.

Hindiston terma jamoasi tarkibi: 1.Gurprit Singx Sandxu ("Bengaluru"), 2.Raxul Bxeke ("Mumbay Siti"), 3.Subxasish Bose ("Mohun Bagan"), 4.Lalchungnunga ("East Bengal"), 5.Sandesh Djingan ("Goa"), 6.Akash Mishra ("Mumbay Siti"), 7.Anirudx Tapa ("Mohun Bagan"), 8.Suresh Singx Vangdjam ("Bengaluru"), 9.Manvir Singx ("Mohun Bagan"), 10.Brendon Fernandes ("Goa"), 11.Sunil CHxetri ("Bengaluru"), 12.Liston Kolako ("Mohun Bagan"), 13.Vishal Keyt ("Mohun Bagan"), 14.Naorem Maxesh Singx ("East Bengal"), 15.Udanta Singx Kumam ("Goa"), 16.Raxul K.P. ("Kerala Blasters"), 17.Lalliansuala CHxangte ("Mumbay Siti"), 18.Saxal Abdul Samad ("Mohun Bagan"), 19.Lalengmavia Ralte ("Mumbay Siti"), 20.Pritam Kotal ("Kerala Blasters"), 21.Nixil Pudjari ("Haydarobod"), 22.Mextab Singx ("Mumbay Siti"), 23.Amrinder Singx ("Odisha"), 24.Vikram Partap Singx ("Mumbay Siti"), 25.Dipak Tangri ("Mohun Bagan"), 26.Ishan Pandita ("Kerala Blasters").

Bosh murabbiy: Igor SHtimak (Xorvatiya).

Murabbiylar fikri

Avstraliya terma jamoasi bosh murabbiyi Grem Arnold o'yindan avvalgi matbuot anjumanida Qatarga chempionlik uchun tashrif buyurganini takidladi: "SHu kunlar keldi, biz Osiyo kubogiga uzoq vaqt tayyorgarlik ko'rdik. Qatar katta musobaqalar o'tkazish uchun ajoyib mamlakat. Bir yil avval shu erda jahon chempionati bo'lib o'tgandi. Biz ushbu musobaqaga tayyormiz.

Ertangi uchrashuvimiz Hindistonga qarshi kechadi. Barcha futbolchilar musobaqaga tayyor. Biz ko'proq o'zimizga etibor berishimiz kerak, hali raqiblar haqida ko'p o'ylaymiz va ularni tahlil qilamiz.

Biz bu erga maqsad bilan kelganmiz. Albatta biz o'z maqsadimiz uchun harakat qilamiz. Maqsadimiz chempionlik va barcha terma jamoa azolari ushbu maqsadga erishish uchun borini berishadi. Qatar ham bizga begona davlat emas. Qatar biz uchun qulay mamlakat, ushbu shaharda o'zimizni uydagidek his etamiz."

Hindiston bosh murabbiyi Igor SHtimak esa jamoasi kuchli raqibga qarshi munosib kurashishga harakat qilishini aytdi: "Biz shunchaki taslim bo'lishni xohlamaymiz. Raqib juda pragmatik o'yin ko'rsatadi. Bizda yo'qotishlar mavjud, biroq bu boshqa futbolchilarning o'zini ko'rsatishi uchun zamin yaratadi."


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика