So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  3 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

Osiyo Kubogi-2011. Jeparov va Shackixning gollari Kuvayt ustidan g'alaba keltirgan oqshomni yodga olamiz Yangiliklar

Osiyo Kubogi-2011. Jeparov va Shackixning gollari Kuvayt ustidan g'alaba keltirgan oqshomni yodga olamiz

O'zbekiston milliy terma jamoasi FIFA kunlaridan unumli foydalangan holda Toshkentda Kuvayt terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Kuvayt biz uchun qadrdon raqiblardan biri hisoblanadi. Bu yurt terma jamoasi bilan yaqin tarixda turli rasmiy musobaqalarda to'qnash kelganmiz. Deylik barchaning xotirasida yorqin taassurot qoldirgan 2011 yil Qatardagi Osiyo Kubogida Kuvayt bilan guruh bosqichining ikkinchi turida uchrashgan edik. Ilk turda mezbon Qatarni enggan vakillarimizni kuchsiz bo'lmagan, o'z uslubiga va falsafasiga ega Kuvayt kutardi. Ushbu bahsda Vadim Abramov tarkibda ikkita o'zgarishga qo'l urdi. Qatar bilan bellashuvda asosiy tarkibga kiritilgan Sahob Jo'raev, Jasur Hasanov o'rniga Stanislav Andreev va Sanjar Tursunov maydonga tushdi. Bahsning ilk daqiqalaridan kuvaytliklar to'p nazoratini qo'lga olishga, qanotlardan tezkor hujumlar tashkil qilishga intilishlari bekor ketdi. Futbolchilarimizdagi sarosima va bosim aksariyat hollarda to'p uzatishlardagi xatoni yuzaga keltirdi.

G'alaba terma jamoamizga keyingi bosqich yo'llanmasini taqdim qilardi. Bo'lim yakunlanishiga oz fursat qolganida raqib jarima maydonchasiga yaqin joyda Aleksandr Geynrix qo'pollik bilan to'xtatib qolinadi. Bosh hakam belgilgan nuqtaga Maksim Shackix yaqinlashadi. Uning zarbasi esa sherigiga tegib darvoza to'ridan joy oladi. Etibor bersangiz bu erda Jeparov ajoyib hiyla ishlatganini sezasiz. Yani jonli devorda turgan Geynrix va Haydarovga ikki barmog'i bilan qaychi uslubida belgi beradi va Shackix zarba beradi. Uni sezgan ikki futbolchi zarba amalga oshirilgan zahoti ochiladi va to'p Haydarovga tegib golga aylanadi. Shu tariqa jamoalar 1:0 hisobidagi natija bilan tanaffusga yo'l olishdi.

Ikkinchi bo'lim kutilganidek Kuvaytning havfli hujumlari bilan boshlandi. Keskin tus olayotgan vaziyatlarni golga aylanishiga darvozabonimiz yo'l qo'ymadi. 48-daqiqa o'tib borayotgan paytda himoyachimiz Anzur Ismoilov kuvaytliklar futbolchisini jarima maydonchasi ichida yiqitdi. Holatga yaqin turgan bosh hakam Navaf Shukurulla Nesterov darvozasi tomon 11 metrlik nuqtaga ishora qildi. Penaltini Badir Al Mutva behato amalga oshirdi va muvozanatni tikladi.

Vadim Abramov burilish yasash maqsadida zahiradan Jasur Hasanov Maksim Shackix bilan almashtirdi. Hasanov qanotga, Geynrix esa markaziy hujumga o'tdi. Natijada hujumlar yanada shiddatli tus ola boshladi. Biroq, goldan darak bo'lgani yo'q. Vaqt poyoniga etib borayotgan sari jamoalar ochiq futbol ko'rsatishga kirishishdi. G'alaba Kuvaytga guruhdan chiqish umid uchqunlarini paydo qilardi. 65-daqiqada Jasur Hasanov tezlik bilan oldinga yuguradi va markazda ochilib borayotgan Server Jeparovga to'pni oshiradi. Jamoa sardori kuchli zarb bilan g'alaba golini uradi. Olti ochko bilan guruhda peshqadamga aylangan terma jamoamiz chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritadi.


O'zbekiston – Kuvayt 2:1
12.01.2011. Doxa, “Al G'arafa” stadioni. 3481 tomoshabin
Bosh hakam: 
Navaf Shukrulla (Bahrayn)
Gollar: Badir Al Mutva 49 - Maksim Shackix 40, Server Jeparov 65.
O'zbekiston: Ignatiy Nesterov, Anzur Ismoilov, Stanislav Andreev, Viktor Karpenko, Odil Ahmedov, Aziz Haydarov, Temur Kapadze, Server Jeparov, Sanjar Tursunov (Vagiz Galiulin, 90), Aleksandr Geynrix (Olim Navkarov, 74), Maksim Shackix (Jasur Hasanov, 54).



Video. Bir o'yin tarixi. Qatar - O'zbekiston 0:2 (to'liq tomosha qiling)        

Reyting: +1   

Fikrlar

+1   
08 okt 10:58:26
Барселона. Арсенал. Пахтакор.
Гурух боскичи хал бумаганди бу уйиндан кейин хам. Чунки Катардахам Хитойдахам 3тадан очко эди. Узоро уйнга эмас, туплар нисбатига караларди очколар тенг булса. Агар 3турда Хитойга ютказсак, Катар уз уйинини ютса(ютдихам) биз копкетишимиз мумкин эди
+1   
08 okt 10:44:30
Sardorbek..
Uzb tarixidagi eng kuchli tarkib shu bo'sa kere menimcha o'sha davrda bo'lmaydimi 48 talik format
   
08 okt 12:30:46
Baxtiyor Muydinov
Расмда Катарга урилган голми
   
08 okt 10:41:11
IBOH SARIASIYA
Кечагидек эсимда.Ҳакам Қувайтга роса ён босганди.Пеналти ҳам чизиқ ташқарисида бўлганди
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика