So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Orzusi bankda ishlash edi, ammo futbol sohasini tanlashga majbur bo'lgan "Bavariya" ustozi Yangiliklar

Orzusi bankda ishlash edi, ammo futbol sohasini tanlashga majbur bo'lgan "Bavariya" ustozi

Flikning bolaligida ajoyib orzusi bo'lgan ekan.

Xansi 18 yoshida yuqori darajada o'ynashga unchalik ham harakat qilmagan. Umuman olganda, futbol haqida ko'p ham o'ylamasdi. Xansi Flik yoshligida Germaniyaning uchinchi ligasida harakatlanadigan "Zandxauzen" klubida to'p tepgan. O'sha kezlari Germaniya chempioni bo'lgan "SHtutgart" etiboriga tushgan. Klub o'yinchi bilan transfer borasida gaplashgan, ammo rad javobini olgan. Flik ularga rozilik bermagan.

Gap shundaki, Xansi faoliyatini futbol sohasida davom ettirishni istamagan. U bankir mutaxassisligi bo'yicha talim olar va sevimli ishidan voz kechish niyati yo'q edi. Biroq Flik o'qishni tamomlaganidan so'ng, bankga ishga kirolmadi va "Zandxauzen" safida to'p tepishda davom etdi. Yaxshi hamki, u hali sport formasini va o'yin ko'nikmalarini yo'qotmagandi. Flikga yana bir bor omad klub boqdi: u "Bavariya" nazariga tushdi. O'yinchi bu safar yangi jamoaga ko'chib o'tishga qarshilik ko'rsatmadi.

Flik 5 mavsum davomida "Bavariya"da ajoyib o'yin ko'rsata oldi va shuncha titulni qo'lga kiritdi (4 marta mamlakat chempioni va 1 marta Germaniya Kubogiga sazovor bo'ldi). Xansining keyingi klubi "Keln" bo'ldi, lekin jarohat tufayli yangi jamoada o'ynab ketolmadi.

Hammasi achinarli holda yakunlandi. 1992/93 yilgi mavsum boshida, Flik endigina 28ga to'lganda, tizzasidan jiddiy jarohat oldi. SHifokorlar so'zlariga ko'ra, yarim himoyachi endi futbol o'ynay olmasdi. Natijada Flik futbolchilik faoliyatini yakunlashga majbur bo'ldi va murabbiylik kurslariga qatnay boshladi. SHu tariqa, uning murabbiylik faoliyati boshlandi.


Germaniyada Flikni juda yaxshi ko'rishadi. Axir u — jahon chempioni

Butun Germaniya aholisi 2014 yilgi Jahon CHempionatida ularning terma jamoasi yarim finalda Braziliyani (7:1) "yanchib tashlagani", keyin esa minimal hisobda (1:0) Argentinani mag'lub etganini o'zgacha quvonch bilan yodga oladi. O'sha sovrinni qo'lga kiritishda ishtirok etgan har bir inson — Germaniya qahramonidir. Ular qatorida Xans Diter Flik ham bor. 55 yoshli mutaxassis 2006 yildan Yoaxim Levning yordamchisi bo'lib ishlagan. JCHda erishilgan g'alabadan so'ng, "bundestim" sport direktori lavozimini egallagan.

Aytishlariga qaraganda, Flik Germaniya termasi o'yinchilari va murabbiylar shtabi o'rtasidagi aloqa vositasi vazifasini ham bajargan ekan. Yoaxim Lev — ajoyib taktik, biroq ko'p hollarda fikr va g'oyalarini to'g'ri ifodalab berolmaydigan inson ekan. Yoaximning Myuller, Boateng, Ozil va Xummels bilan janjallashib xayrlashgani so'zimiz isboti bo'la oladi. Xansi Flik esa "bundestim"ning deyarli barcha xodimi bilan yaxshi munosabatda bo'lardi.

JCH-2014dan avval Flik Levni standart vaziyatlar ustida yaxshiroq ishlashini so'radi, lekin bosh murabbiy bunga hojat yo'q deb hisoblardi va boshqa komponentlar ustida ko'proq ishlashni istadi. Lekin turnirning 18 o'yinidan 6tasida "bundestim" aynan standartlardan gol ura oldi.


Flik — muvaffaqiyatli tadbirkor

"Bavariya" murabbiyi Germaniyaning Geydelberg shahrida dunyoga kelgan. U futbolchilik faoliyatini tamomlagandan so'ng nafaqat murabbiy bo'lishni, balki biznes bilan ham shug'ullanishni xohladi. Xans Diter sport kiyimlari va jihozlari sotiladigan magazin ochdi. Bugungi kunda ushbu magazin Instagram ijtimoiy tarmog'ida ham shaxsiy sahifasiga ega.



Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика