O'runovning sobiq jamoasi MFLdan chetlatilishga yaqin
28 avg 2022 09:10
Yangiliklar
Unga ko'ra, yirik moliyaviy muammolar tufayli “Ufa” birinchi ligadan chetlatilishga yaqin. 7-turga kelib, Boshqirdiston Respublikasi klubining bosh xomiysi moliyalashtirish bo'yicha kafolatini bermadi.
Ufaliklar bosh direktori SHamil Gazizov:
- Biz doimo moliyaviy muammolarga duch kelganmiz. Ular ancha oldin boshlangan. Birinchi ligadan chiqib ketamizmi? O'ylashimcha, buni engib o'tamiz.
Klubga yaqin manbalarga ko'ra, jamoada sovuq muhit hukmronlik qilmoqda. Yaroslavlda o'tadigan uchrashuvga “Ural”ning voleybol jamoasidan qarz olingan.
Eslatib o'tamiz, “shaharliklar” 2010 yil 23 dekabrda tashkil topgan. “Ufa” Milliy futbol ligasi (MFL) 7 turidan keyin 8 ochko bilan 18 ishtirokchi ichida 12-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar