So’nggi yangiliklar

22:44Отабек Нарзуллаев: "Ғалаба учун келгандик, бироз омад етишмади"  0 22:26Иван Бошкович: "Об-ҳаво ҳам ўйинга таъсирини ўтказди"  1 21:53"Барселона" Кристенсен бўйича қарорини ўзгартирди  0 21:22"Антверпен" — "Ауд-Хеверле Лёвен". Таркиблар маълум  4 21:16"Кристал Пэлас" трансферларга катта пул ишлатган "Ливерпуль"ни мағлуб қилиб, Англия Суперкубогини қўлга киритди!  24 20:55"Ман Сити" Доннаруммага қизиқмоқда. Клуб "Галатасарой" билан келишуви бор Эдерсоннинг кетишига тайёргарлик кўрмоқда  0 20:30Суперлига. "Сўғдиёна" Жиззахда "Машъал" билан ўйинда ғалабани ўзиники қилди  12 20:04"Ризеспор" — "Гёзтепе". Чемпионатнинг илк тур ўйини учун таркиблар маълум  0 19:54"Ливерпуль" Англия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 18:28Суперлига 17-тур учрашувларидаги ҳакамлик қарорлари таҳлили  3 16:55"Насаф" охирги бор Фарғонада "Нефтчи"ни қачон ютган?  19 16:30Суперлига. Марказий ўйинларга бой 18-тур превьюси  5 16:10"Футбол олами". "Пахтакор"да мағлубият, "Насаф" ва "Навбаҳор"да дуранг, "Нефтчи"да ғалаба  0 15:42Аморим Шешконинг трансфери ҳақида гапирди  0 15:17"Ман Сити" Родрига "Реал" қизиқиш билдираётганидан хавотирда  2

O'rtoqlik uchrashuvi. "Qo'qon-1912" - "Dinamo" 6:1 Yangiliklar

O'rtoqlik uchrashuvi. "Qo'qon-1912" - "Dinamo" 6:1

Teglar :  Qo'qon-1912Dinamo
Bugun Toshkentda yig'in o'tkazayotgan "Qo'qon-1912" va "Dinamo" klublari o'zaro o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishdi.

Kechagi o'yinda maydonga tushgan futbolchilarga murabbiylar faqat engil mashg'ulot o'tkazishga ruxsat berishdi. Ular bilan  murabbiy Aziz To'xtaboev mashg'ulot o'tkazdi. Bugun  “Dinamo”ga qarshi umuman boshqa tarkib maydonga tushdi.

O'yin boshlanishida yoqimsiz holat bo'ldi. Ibrohim Rahimov jarohat olib maydonni shifokorlar yordamida tark etdi.

Uchrashuvda hhisobni ochish futbolchilarimizga nasib etdi. Sobir Hamidov yuzaga kelgan imkoniyatdan unumli foydalandi. Zaxiradan maydonga tushgan Islom Karimovning chap qanotdan oshirgan to'pini Hamidov boshi bilan darvozaga joyladi. Oradan hech qancha vaqt o'tmay, Andrey Sidorov raqib darvozasiga ikkinchi golni kiritdi. O'ng qanotdan Orif Mamajonov aniq to'p oshirib Sidorovni, qulay vaziyatga chiqardi. Hujumchimiz qiyinchiliksiz darvozani aniq nishonga oldi.

Birinchi bo'lim shu hisobda intiho topdi.

Ikkinchi taymda raqiblarimiz tarkibi to'liq almashdi. Zaxiradagilar maydonga tushishdi.

57-dakqiqada Avaz Mamatxo'jaevning zarbasi darvoza to'siniga tegdi. 63-daqiqada futbolchilarimiz penalti tepish huquqiga ega bo'lishdi. Orif Mamajonovning penaltidan bergan zarbasini darvozabon qaytardi. Qaytgan to'pni Andrey Sidorov boshi bilan darvozaga joyladi.

65-daqiqada hisob yanada yiriklashdi. Bu safar zaxiradan maydonga tushgan SHerzod Alijonov gol muallifiga aylandi.

83-daqiqada himoyachini chiroyli tarzda chalg'ita olgan Andrey Sidorov o'yindagi hisobni 5:0 ga etkazdi. Sidorov mazkur uchrashuvda xet-trikka erishdi.

Oradan bir daqiqa o'tib, Akmal Xolmurodov avtogol sohibiga aylanib, samarqandliklarga yordam berib yubordi.

O'yin yakunlanishi arafasida Islom Karimov Oliy liga debyutanti darvozasiga oltinchi to'pni kiritdi.

SHu tariqa ikkinchi nazorat uchrashuvi ham yirik hisobdagi g'alaba bilan yakunlandi. Jamoamizda ikkita kuchli tarkib shakllanayotgani o'yindagi hisobdan ko'rinib turibdi.

 

O'rtoqlik uchrashuvi

“Qo'qon-1912” – “Dinamo” 6:1 (2:0)

Gollar:
Sobir Hamidov -23, Andrey Sidorov-26, 63, 83, SHerzod Alijonov-65, Islom Karimov-90. – Akmal Xolmurodov-85 (avtogol).

“Qo'qon-1912”: 21. Muzaffar Abdullaev (30. Islom Abdullaev-46), 7. SHohruh Xolmatov, 8. Akmal Xolmurodov, 17. Andrey Sidorov, 19. Muhammadanas Hasanov (31. Suhrob Rahmonov-46), 22. Orif Mamajonov, 23. Murod  Xolmuhammedov , 24. Ibrohim Rahimov (33. Islom Karimov-10), 25. Iqbol Malikjonov, 28. Avaz Mamatxo'jaev, 70. Sobir Hamidov (75. SHerzod Alijonov-46).

“Dinamo”: M. Naumov, 10. T. Kagirov, 19. I. Komilov, 2. M. Lokaev, 6. A. Bozorov, 5. M. To'ychiboev, 21. I. Xolmirazaev, 11. D. Abibullaev, 22. N. Safarov, 9. A. Safarov, 15. R. Azamov.

Zaxira: E. Isboev, 7. E. Kochnev, 20. SH. Jumaboev, 18. A. Jadigerov, 23. K. SHarofiddinov, 8. K. Arslonov, 3. B. Isroilov, 4. X. Alamxonov, 13. A. Abdullaev, 24. U. Ramazonov, 17. S. Rasulov.


Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика