So’nggi yangiliklar

22:30Ҳожимат Эркинов: "Андижонлик мухлисларга раҳмат, яхши атмосфера яратиб беришди"  0 22:08Максим Шацких: "Жамоамизда "Андижон" даражасига мос бўлмаган футболчилар бор"  31 21:58Суперлига. Қизил карточка кўрсатилган ва гол инобатга олинмаган ўйинда "Қизилқум" ва "Бунёдкор" муросага келди  22 21:47Камолиддин Тожиев: "Майдонда ўн киши қолиб ҳам ўзимизни кўрсата олдик"  10 21:03Суперлига. "Бобур Арена"да дарвозаларга 8 та гол урилган оқшомда "Пахтакор" "Андижон" устидан ғалаба қозонди  248 20:10Бу йил Супелигада ким чемпион бўлади? Сунъий интеллект жавоб берди  20 19:51"Реал" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячисига кўз тикди  5 19:22"Эвертон" "Манчестер Сити" ҳимоячисига даъвогар  0 18:49МЮ ҳужумчисини "Наполи"га қўйиб юборишга тайёр  1 18:20Агуэро: "Ўзимни мураббий сифатида тасаввур қилолмайман"  2 17:48"Тоттенхэм" ярим ҳимоячиси 2026 йилгача майдонга тушмайди  0 17:25"Нефтчи" "Машъал"га ҳеч қандай имкон қолдирмаган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  2 17:06"Реал" бош мураббийи икки ҳимоячига ишонмаяпти  7 16:43"Бобур Арена" "Андижон" – "Пахтакор" учрашувига тайёр!  8 16:11Чемпионлар Лигасига қачон қуръа ташланади?  9

O'rtoqlik uchrashuvi. "Paxtakor" "Dinamo"ni mag'lub etdi Yangiliklar

O'rtoqlik uchrashuvi. "Paxtakor" "Dinamo"ni mag'lub etdi

Qibraydagi baza maydonida "Paxtakor" va "Dinamo" jamoalari nazorat bahsida maydonga tushishdi.
Birinchi bo'limda samarqandliklarga qarshi Ilhom Mo'minjonov boshchiligidagi yoshlar tarkibi bahs olib bordi. Bo'lim mobaynida yosh futbolchilarimiz tajribali raqibdan ortda qolmaslikka intilishdi. Ular buni uddalashdi ham. Himoyachilar deyarli bexato harakat qilishdi. Ikki bor Ribkin qiyin vaziyatda yaxshi o'ynadi. Tanaffusga jamoalar golsiz durang bilan yo'l olishdi.

Ikkinchi bo'limda asosiy tarkib tushirildi. Andreevning ikki zarbasi keskin holatni yuzaga keltirdi, biroq raqib posboni mahorati va noaniq zarba har ikki vaziyatda foyda keltirmadi. 69-daqiqada Stas jarima zarbasidan unumli foydalandi. 22 metrlardan belgilangan jarimani Andreev ajoyib tarzda darvozaga yo'lladi. Ushbu natija o'yin oxirigacha o'zgarmadi va jamoamiz g'alaba qozondi. Navbatdagi nazorat uchrashuvi 26 iyul, shanba kuni "Jar" stadionida O'zbekiston 23 yoshgacha bo'lgan terma jamoasiga qarshi o'tkaziladi.

"Paxtakor" - "Dinamo" - 1:0 (0:0)

"Paxtakor"
: Ribkin (Tursunboev, 31), Isroilov, Grigorev, Ibr.Abdullaev, Azamov (Otaxonov, 33), Sohibov, Mirzaev (Xursanov, 33), Maxsitaliev, Cidiqov (J.Yusupov, 33), Rogovanov, A.Yusupov.

Ikkinchi bo'lim: Lobanov, Merzlyakov, Ubaydullaev, Fomin, Boltaboev, Maxaradze, Qilichev, Masharipov, Andreev, Karimov, Soliev.

Gol: Andreev, 69 - 1:0.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика