So’nggi yangiliklar

08:48EЧЛ. Ҳафта футболчисига кимлар номзод?  0 08:20Максим Шацких: “Биз рекорд сари боряпмиз”  1 08:15ОЧЛ-2. "Ал Ҳалдия" – "Андижон" 0:0  1 07:53Sofascore. Ўсмирларимиз кечаги супер ғалабадан сўнг неча баҳога лойиқ кўрилдилар?  3 07:28ОЧЛ 2. "Ал Насср"да йирик ғалаба, Ашурматов энг зўрлардан бири бўлган баҳсда "Истиқлол" дуранг ўйнади ва қўшниларимизда мағлубият  0 03:10ЕЧЛ. "Интер" "Қайрат"ни енгди, "Бенфика" "Байер"га ютқазди ва бошқа натижалар  1 03:00ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади  54 03:00ЕЧЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Боруссия Д"ни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди. Ҳусанов захирада қолди  13 01:24ЕЧЛ. "Қорабоғ" "Челси" билан дуранг ўйнади, "Вильярреал" "Пафос"га ютқазди  3 00:45Про лига. "Олимпик-MobiUz" ва "Локомотив" ўртасидаги учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 00:35Лионель Месси МЛС 2025 йилнинг рамзий терма жамоасига киритилди  1 00:07Ашраф Ҳакими икки ойга сафдан чиқди  2 23:47Азизбек Абдумўминов: "Насиб бўлса, кубокни Ўзбекистонга олиб келамиз"  9 23:25U-17 Жаҳон чемпионати. Парагвай – Ўзбекистон 1:2  2 23:15Флик "Барселона"дан кетишни режалаштирмаяпти. Мураббий клубда бахтли  5

O'rtoqlik uchrashuvi. O'zbekiston U-23 Tojikiston U-23 ni ishonchli hisobda mag'lubiyatga uchratdi Yangiliklar

O'rtoqlik uchrashuvi. O'zbekiston U-23 Tojikiston U-23 ni ishonchli hisobda mag'lubiyatga uchratdi

O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi Bekoboddagi "Markaziy" stadionida tojikistonlik tengqurlariga qarshi to'p tepishdi.

Jarayonni onlayn tarzda ushbu sahifada kuzatib boring.

O'zbekiston – Tojikiston 2:0 

Gol: Otabek Jo'raqo'ziev (Diyor Xolmatov) 16', Ulug'bek Hoshimov 73'

O'zbekiston (1-taym): 21.Abduvohid Nematov, 3.Dostonbek Tursunov, 13.Eldorbek Begimov, 2.Alibek Davronov, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 4.Abubakr Rizo Turdaliev, 17.Diyor Xolmatov, 10.Jasur Jaloliddinov (s), 11.Otabek Jo'raqo'ziev, 7.Hojimat Erkinov, 22.Ruslanbek Jiyanov

O'zbekiston (2-taym): 12.Vladimir Nazarov, 23.Abdurauf Bo'riev, 14.Abbos Fayzullaev, 30.Abubakir Ashurov, 8.Ibrohim Ibragimov, 20.Alisher Odilov, 18.Sunnatulloh Hamidjonov, 19.Temur Mamasidiqov, 9.Ulug'bek Hoshimov, 15.Odilbek Abdumajidov 

Zaxira: 1.Hamidullo Abdunabiev, 25.Jaloliddin Sodiqov, 26.SHahzod Toirov, 16.Davron Anvarov 

Tojikiston: 16.SHohruh Qirg'izboev, 7.Muhammadjon Naskov, 8.Huseyn Nurmatov, 9. Naimjon Ibrohimzoda, 10.Alisher Baratov, 13.Islom Zoirov, 16. Umarjon SHaripov, 17.Ahmadoni Kamolov, 19.Sorbon Avg'onov, 20.Rustam Soirov, 23. Karamatullo Saidov (s) 

Zaxira: 1.Daler Azizov, 3.Ahliddin Habibulloev, 4.Jonibev SHaripov, 5.Firdavs Alinazarov, 6.SHohruh Sango, 11.Emomali Ahmadxon, 12.Daler Yodgorov, 14.Abdulmo'min Zabirov, 15.SHarifbek Rahmatov, 18.SHarafjon Solehov, 21.Muhammadali Azizboev, 22.Sunnatullo Ismoilov

Ogohlantirish: Muhammadqodir Hamraliev (41)

MATNLI TRANSLYACIYA 

YANGILASH



O'yin 2:0 hisobida nihoyasiga etdi. 

Ikkinchi taymga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

89. Naimjon Ibrohimzodaning jarimadan yo'llagan zarbasi darvoza ustuni oldidan o'tib ketdi. 

86. Davron Anvarov himoyachilarni aldab, darvozani nishonga oldi, sal noaniq. 

83. O'zbekiston to'p nazoratini qo'lga olgan holda o'yindagi hisobni saqlab turibdi.

79. Tojikistonliklar bir nechta o'zgarishlarga qo'l urishdi. Abdulmo'min Zabirov, Firdavs Alinazarov, Ahliddin Habibulloev va Karamatullo Saidov maydonga tushirildi. 

76. Jamoamiz safida Davron Anvarov va SHahzod Toirov o'yinga qo'shildi. 

73. GOOOOOOOOOOOOOOOOL! Temur Mamasidiqov deyarli birga-bir holatda o'tkir burchakdan zarba yo'lladi, darvozabondan qaytgan to'pni Ulug'bek Hoshimov darvoza to'riga joylab, termamizning ikkinchi goliga mualliflik qildi – 2:0!

71. Temur Mamasidiqov hujum chog'ida havodagi to'pni qo'li bilan o'ynadi, hakam buni payqab qoldi. 

68. Uuuux!  Ulug'bek Hoshimov birga-bir vaziyatga chiqib borayotganda raqib darvozaboni to'pni bosh bilan maydon tashqarichiga chiqari yuborishga ulgurdi va xavfni bartaraf qildi.

63. Alisher Odilovning qulay uzatmasidan so'ng Temur Mamasidiqov to'pni qabul qilib oldi, ammo u o'yindan tashqari holatda qolgan ekan. 

61. Tojikistonda 2 ta o'zgarish: Rustam Soirov o'rniga Jonibev SHaripov, Ahmadoni Kamolov o'rniga Ahmadoni Kamolov tushdi.

59. Temur Mamasidiqov burchak zarbasi orqali to'pni ichkariga oshirgach, Abdumajidov bosh bilan noaniq zarba berdi.

56. Abbos Fayzullaev havolatib uzatgan to'pini tojikistonlik futbolchilar maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi. 

54. Bekobodlik muxlislar "O'zbekiston!" deya hayqirib, termamizni oldinga boshlamoqda.  

52. SHarafjon Solehov qulay vaziyatga chiqib borishi mumkin edi, ammo u ofsaydda qolib ketgani aniq bo'ldi. 

Odil Ahmedov uchrashuvni bevosita stadiondan kuzatib bormoqda 

50. Odilbek Abdumajidov havodan kelgan to'pni boshi orqali ishonch bilan qaytarib yubordi, "aut".

47. Uchrashuvda cheksiz o'zgarishlar qilish kelishib olingan. SHunga binoan O'zbekiston 2-taymni butkul boshqa tarkibda boshladi. Tojikiston ham shu ishga qo'l urdi. 

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

Birinchi taym yakuniga etdi. Hozircha 1:0 hisobida oldindamiz.

41. Muhammadqodir Hamraliev raqibga nisbatan qoida buzdi va ogohlantirildi. 

40. Diyor Xolmatov va Hojimat Erkinovning o'zaro kombinaciyasi raqib himoyasini "parchalab yubordi". Yakunda Hojimatga nisbatan qoida buzildi, ammo hakam bunday deb hisoblamadi. 

38. Hojimat Erkinov darvozabon bilan deyarli birga-bir holatda qolib, zarba berdi, ammo raqib posboni jamoasini muqarrar goldan saqlab qoldi. 

36. Diyor Xolmatov o'z pasi orqali Ruslanbek Jiyanovni qulay poziciyaga olib chiqishga urindi, ammo Umarjon SHaripov Jiyanovni yiqitishgu ulgurdi. 

32. Olimpiya terma jamoamiz to'p nazoratini o'z qo'liga olgan. Himoyadan turib hujumga o'tishga urinishmoqda.

27. Rustam Soirov Dostonbek Tursunovga nisbatan qo'pol o'yin ko'rsatdi. Hakam og'zaki ogohlantirish bilan cheklandi.

23. Uuuux!  Abduvohid Nematov raqib hujumchilarini aldashga kirishib ketdi, yaxshiyamki hammasi biz uchun ijobiy yakun topdi.

22. To'p biznikilar tomonidan burchak to'pidan o'yinga kiritilidi, biroq darvozabonga nisbatan qo'pollik ishlatildi. 

21. Jasur Jaloliddinovdan navbatdagi zarbaaaa! Xavfli, ammo sal noaniq.

20. Jasur Jaloliddinov olis masofadan belgilangan jarima zarbasi orqali raqib posbonining qanchalik hushyorligini sinab ko'rdi.

19. Hamyurtlarimiz to'liq ustunlikni o'z qo'llariga olishdi. 

16. GOOOOOOOOOOOOOOL!  Diyor Xolmatovning havolatib uzatgan to'pidan so'ng Otabek Jo'raqo'ziev bosh bilan darvozani ishg'ol qildi – 1:0! 

14. Dostonbek Tursunov maydon markaziga yaqin hududda raqib futbolchisiga nisbatan qo'pollik ishlatdi.

12. Diyor Xolmatovning jarimadan uzatgan to'pini Alibea Davronov bosh bilan darvozaga yo'lladi, darvozabon o'z o'rnida. 

11. Zarbaaa! Dostonbek Tursunovning olisdan yo'llagan zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi.

10. Vakillarimizga nisbatan o'yin qoidasi buzildi.

7. Tashabbus sekin-asta biznikilar tomonga o'tmoqda.

4. Hozircha mehmonlar to'pga egalik qilishmoqda. 

1. O'yin 19:10 da boshlandi! 

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика