So’nggi yangiliklar

20:37"Реал Мадрид" Родриго бўйича бирорта клубдан таклиф олмагани маълум бўлди  3 20:00Суперлига. "Пахтакор" – ОКМК (матнли трансляция)  16 19:51"Эспаньол" Лукас Васкесни таркибга қўшиб олмоқчи  0 19:22МЮ "Лейпциг"га Шешко учун катта сумма таклиф қилди  1 18:49Суперлига. "Пахтакор" – ОКМК. Таркиблар маълум  6 18:36"Ювентус" Тоналини харид қилмоқчи  1 18:09ФИФА собиқ ҳаками вафот этди  0 17:46Диёра Ҳабибуллаева – "Севинч" аъзоси!  0 17:30Суперлига. 17-тур дисквалификациялари: "Динамо", "Сўғдиёна" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  0 17:13МЮ "Реал" футболчиси учун йирик таклиф билан чиқмоқчи  7 16:44"Андижон" собиқ футболчиси фаолиятини Черногорияда давом эттиради  2 16:16"Реал" собиқ ҳужумчиси Греция жамоасига ўтди  0 15:48Манба: Ўзбекистон МТЖнинг CAFA турнири учун эҳтимолий таркиби  18 15:27"Футбол олами". "Нефтчи"да мағлубият, "Андижон"да йирик ғалаба, Самарқандда дуранг  0 15:16Доннарумма ПСЖ билан шартномани бекор қилишга тайёр  3

O'rtoqlik uchrashuvi. "Navbahor" - "Paxtakor" 2:0 Yangiliklar

O'rtoqlik uchrashuvi. "Navbahor" - "Paxtakor" 2:0

Teglar :  NavbahorPaxtakor
Bugun "Navbahor" klubi mavsumga tayyorgarlik jarayonidagi navbatdagi nazorat o'yinida maydonga tushishdi.

"Navbahor"ga bu safar Toshkentning “Paxtakor” jamoasi raqiblik "SHerlar" bilan o'tgan o'yin bundan bir necha daqiqa oldin yakuniga etdi. Uchrashuvda "Navbahor" 2:0 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritdi.

Uchrashuvning birinchi bo'limi keskin kurashlarga boy tarzda o'tdi. Har ikki jamoa azolari ham bir qator hujumlar tashkil etishgan bo'lsada tanaffusga qadar hisobni ochish hech kimga nasib etmadi. Ikkinchi bo'limda har ikki jamoa murabbiylari bir qator o'zgarishlarni amalga oshirishdi. Uchrashuv yakunlanishiga 20 daqiqa vaqt qolganida futbolchilarimiz hisobni ochishga erishishdi. Zaxiradan maydonga tushgan Ro'zimboy Ahmedov “Paxtakor” darvozasiga belgilangan penaltini aniq amalga oshirdi. Oradan biroz vaqt o'tib Azizbek Turg'unboev ham o'z hisobiga gol yozib qo'ydi. Futbolchimiz chamasi 21 metrlar uzoqlikdan belgilangan jarima zarbasini golga aylantira oldi. Aynan shu ikki gol jamoamizning g'alabasini taminladi. “Paxtakor”ga qarshi uchrashuvda Hasanboy Ergashev va G'iyos Komilovlar betobliklari sababli maydonga tusha olmadilar.

Uchrashuvni "Navbahor" quyidagi tarkibda o'tkazdi: Asilbek Omonov, Jahongir Mehmonov, Abbos Otaxonov, Alisher Samatov, Tohir SHamsitdinov, Azam Aliev, Dilshod Jabborov, Mirzohid G'ofurov, Oybek Qilichev, Mansur Saidov, Nemanya Yovanovich.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Akmal Ortiqov, Ilhom Boydedaev, Alisher Mirzaev, Ro'zimboy Ahmedov, Ravshan Xursanov, Azizbek Turg'unboev, Abdulaziz Sultanov, Timur Tolipov.

“Paxtakor” jamoasi uchrashuvni quyidagi tarkibda o'tkazdi: Lobanov (Ergashev, 46), Alijonov, Oraxovac (G.Ahmedov, 46), Bulyat (Yusupov, 46), Hoshimov (Avilov, 46), Ismatullaev (O'runov, 46), A.Ahmedov (Mahmudhojiev, 46), Sohibov (Nurullaev, 46), Andreev (Ibrohimov, 46), Karimov (G'anixonov, 46), Sergeev (Hakimov, 46).


Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика