So’nggi yangiliklar

10:25Sofascore. Мозговой БАА Пролигасидаги дебютидаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 10:23Илёс Зейтуллаев: "Жамоам ғалабага муносиб эди"  1 09:59Виктор Карпенко: "Бунёдкор" хатоларни кечирмаслигини ўйиндан аввал ҳам айтган эдим. Амалда шундай бўлди"  1 09:53Артета: "Олд Траффорд"да ғалаба қозонишимиз муҳим эди"  0 09:20Пролига. Бугун янги турга старт берилади  0 08:47Sofascore. Шомуродов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳо олди?  3 08:13Суперлига. Бугун Хоразмга катта футбол қайтади  7 07:45Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  7 07:10Суперлига. "Бунёдкор" сўнгги дақиқаларда ғалаба голини урди, "Андижон" ва "Сурхон" эса сафарда мағлубиятга учради  1 04:35Ла Лига. "Атлетико" илк турдаёқ камбэк қурбони бўлди  3 04:30Италия кубоги. "Милан" қийинчиликсиз "Бари"ни мағлуб этди  1 01:42Лига 1. Витиньянинг голи ПСЖга "Нант" устидан ғалабани тақдим этди  2 00:26Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" ўз уйида "Кайсериспор"ни мағлуб этолмади, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  10 23:54БАА Про лигаси. "Бани Яс" меҳмонда "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Мозговой 73 дақиқада ўйнади  1 23:47Бельгия Про лигаси. "Антверпен" меҳмонда дуранг ўйнади, Ўринбоев захирада қолдирилди  2

Orifxo'ja Abduxoliqov: “Oldimizga oliy ligaga chiqish shart, degan vazifa qo'yilmagan” Yangiliklar

Orifxo'ja Abduxoliqov: “Oldimizga oliy ligaga chiqish shart, degan vazifa qo'yilmagan”

Kecha birinchi liga vakili Toshkentning “NBU-Osiyo” klubi oliy liganing yana bir vakili Navoiyning “Qizilqum” jamoasiga qarshi navbatdagi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.

 Ushbu bahsda hisob ochilmadi 0:0. Uchrashuvdan so'ng “NBU-Osiyo” klubi hujumchisi Orifxo'ja Abduxoliqov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.


-  “Qizilqum”ga qarshi uchrashuv siz uchun qanchalik foydali bo'ldi?

-  “Qizilqum”ga qarshi qiziqarli va qiyin uchrashuvni o'tkazdik. Ushbu bahsda raqib darvozasini ishg'ol qilish uchun bir qator xavfli vaziyatlarni yaratdik. Afsuski ulardan oqilona foydalana ololmadik.

-  Bundan oldin oliy liganing grand jamoasi “Paxtakor” bilan nazorat uchrashuvida durang natija qayd etdinglar. Endi esa “Qizilqum” bilan murosa yo'lini tanladinglar. Oliy liga jamoalarig qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazish jamoa uchun qanchalik foyda bermoqda?

-  Biz uchun bunday nazorat uchrashuvlari juda ham yaxshi tayyorgarlik vazifasini o'tab bermoqda. Qaerda kamlik yoki xatolarimiz bo'lsa o'sha xatolarimizni ko'rib olyapmiz. Mana shu kamchiliklarni bartaraf etish uchun mashg'ulotlarda tinmay ishlayapmiz.

-  “Paxtakor” va “Qizilqum”ga qarshi uchrashuvlarda raqib darvozasini ishg'ol qila olmadingiz. Mana shu ikkin uchrashuvdagi o'yiningizdan qoniqish xosil qildingizmi?

-  Deyarli qoniqish xosil qilmadim. Sababi, xatolarim juda ham ko'p. Raqib darvozasini ishg'ol qilish uchun juda ham ko'p mehnat qilish kerak.


-  Birinchi davrani ikkinchi o'rin bilan yakunladinglar. Ikkinchi davrada egallab turgan o'rninglarni saqlab qolish ancha qiyin bo'ladi...

-   Ikkinchi davrada birinchi ketma-ket beshta uchrashuv biz uchun juda ham qiyin bo'ladi. Umuman olganda chempionatda oson o'yinlarning o'zi yo'q. Raqib jamoalarimiz bizga qarishi uchrashuvda ruhan tayyorlanib chiqadi, deb o'yalyman.

-  Oldinglarga oliy ligaga chiqish vazifasi qo'yilganmi?

-  Oldimizga oliy ligaga chiqishimiz shart, degan vazifa qo'yilmagan. Lekin futbolchilarning o'zlari elitada to'p tepishni istashadi.

-  Birinchi davrada 16ta gol bilan to'purarlik ro'yxatida karvonboshilik qilyapsiz. Oliy liga jamoalaridan sizga takliflar bo'ldimi?

-  Hozircha jiddiy taklif bo'lgani yo'q. Balki men bilan qiziqishgandir, o'zim bundan bexabarman. Ayni damda ikkinchi davra haqida o'ylayapman.

-  Oliy liganing 2ta jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdinglar. Bundan tashqari yana nazorat uchrashuvlari o'tkazish rejada bormi?

-  Bu haqida hech nima bilmayman. Agarda oliy liga vakillari bizga taklif bilan chiqishsa balki yana oliy liga jamoalariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tusharmiz.


Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi

Muallif :
Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика