So’nggi yangiliklar

21:57Суперлига. Олмалиқда дарвозаларга 4 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  82 21:17Гвардиола Чемпионлар Лигаси учун кураш ҳақида: "Бизга яна 4 очко керак"  7 20:50"Аякс" Эрик тен Ҳагни қайтаришни режалаштирмоқда  1 19:39Роналдо: "Анчелотти – ажойиб мураббий. У барчасини изига солади"  8 19:14"Олтин тўп-2025" тақдирлаш маросимининг санаси ва жойи эълон қилинди  40 18:21Лапорта "Барселона" қачон асосий стадионига қайтишини тушунтирди  4 17:53"Манчестер Юнайтед" Родриго учун таклиф тайёрламоқда  6 17:25Эмилиано Мартинеснинг хизматлари "Барселона" ва МЮга таклиф қилинди  13 16:57BBC канали Исроилнинг Ғазо секторидаги ҳаракатларини танқид қилган Линекерни ишдан бўшатмоқчи  19 16:30Чемпионликни бой берган "Аякс" бош мураббийи истеъфога чиқди  3 16:03"Манчестер Сити" Украина терма жамоаси ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  1 15:34Роналду яқин орада фаолиятини тугатиш ниятида эмас  7 15:08Артета: "Арсенал" сўнгги уй ўйинида АПЛни ютишини орзу қилгандим"  4 14:45Breaking! "Манчестер Юнайтед" Матеус Кунья билан шартнома имзолашга яқин!  4 14:27"Лочинлар" "қалдирғочлар"нинг "қанотини қайирган" ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  3

Oq yo'l. Yozda "Barselona"ni tark etadigan 5 futbolchi Yangiliklar

Oq yo'l. Yozda "Barselona"ni tark etadigan 5 futbolchi

Teglar :  Barselonaoq yo'l
"Barselona" LaLigadagi so'nggi uchrashuvda "Leganes" ustidan 3:1 hisobida zafar quchib, Ispaniya chempionatida mag'lubiyatga uchramaslik bo'yicha "Real Sosedad" rekordini takrorladi.

Navbatdagi 3 ochko ko'k-anorranglilarni chempionat taxtiga yanada yaqinlashtirdi. Klub bosh murabbiyi Ernesto Valverde LaLiga masalasi hal bo'lganidan so'ng, jamoaga keladigan futbolchilar uchun bo'sh joy tayyorlash haqida o'ylashi kerak bo'ladi.

Kataloniya klubining yozda asosiy transfer maqsadlari Antuan Grizmann va Ektor Belerin. "Barselona"ning bazi futbolchilari bildirilgan ishonchni oqlay olishmadi. Masalan, Arda Turan va Andre Gomesh.

Mavsumlar oralig'idagi transfer oynasida jamoani tark etishi ehtimoli katta bo'lgan 5 futbolchini etiboringizga havola qilamiz.


Andre Gomesh

Markaziy yarim himoyachi Andre Gomesh 2016 yilning yozida "Valensiya"dan Kataloniya klubiga o'tdi, biroq so'nggi malumotlarga ko'ra, u klub rahbariyatiga yozda jamoani tark etishi haqida aytgan. "Yuventus" va "Manchester Yunayted" qiziqish bildirayotgan Gomesh o'z o'yini bilan murabbiylarda yaxshi taassurot qoldira olmadi.

2 yil davomida futbolchi yarim himoyaning turli qismlarida, xatto himoyada ham o'ynashga ulgurdi. Gomesh eng ko'p o'ynagan poziciya box-to-box yarim himoyachisi - ikki jarima maydonchasi orasida o'ynaydigan, himoyaviy va hujum harakatlarida ishtirok etuvchi futbolchi. Uning to'p uchun kurashlari, ijodkorligi "Barselona" muxlislariga yoqdi.

"Barselona" Andre Gomeshni sotish haqida jiddiy o'ylab qolgan, chunki yozda jamoaga yangi yarim himoyachi kelishi aniq.


Aleyks Vidal

Aleyks Vidal joriy mavsum LaLiganing 14ta o'yinida maydonga tushdi, biroq bazi bahslarda xatto qaydnomaga ham kiritilmadi. Taxminlarga ko'ra, u yozda yangi klubi bilan shartnoma imzolaydi.

Asosan o'ng qanot himoyachisi sifatida o'ynagan Vidal o'zining tezkor harakatlari bilan hujumga o'tish va vaqtida himoyada paydo bo'lish bilan o'zini ko'rsatishga muvaffaq bo'ldi. 2017 yilning dekabrida "Real"ga qarshi bahsda ko'rsatgan o'yini va urgan goli futbolchining "Barselona"dagi faoliyati cho'qqisi bo'ldi.

Ernesto Valverde mavsum oxirigacha Aleyks Vidalda o'sish ko'rmasa, uni sotishga majbur bo'ladi, chunki jamoada o'ng qanot himoyachilari etarlicha, bundan tashqari, "Barselona"ning yozdagi transfer maqsadi Belerin ham shu joyda o'ynaydi.


Arda Turan

Joriy mavsumning birinchi qismida birorta o'yinda maydonga tushmagan turkiyalik yarim himoyachi, qishda Istanbulning "Bashakshexir" klubiga ijaraga berildi. 2015 yilning yozida "Atletiko"dan "Barselona"ga o'tgan Turan bu vaqt ichida ko'k-anorranglilarning bor-yo'g'i 36ta o'yinida maydonga tushib, 5ta gol urdi. Taxminlarga ko'ra, Kataloniya klubi yozda turkiyalikni sotib yuboradi va uning o'rniga hujumchi xarid qiladi.

Arda "Barselona"ga o'tganida FIFA cheklovi tufayli yarim yil maydonga tushmadi, keyin jarohat tufayli uzoq muddatga safdan chiqdi. So'nggi bir necha yil davomida OAVlar uni ingliz klublari bilan bog'lashdi, ammo Turanning yoshini hisobga olsak (31), bu amalga oshishi haqiqatga yaqin emas.


Samuel Yumtiti

Franciyalik himoyachi "Manchester Yunayted" qiziqishlari doirasida. Ispan nashrlarining bergan malumotlariga ko'ra, Kataloniya klubi may oyida Yumtiti masalasini hal qilmoqchi.

"Qizil iblislar" ustozi Joze Mourino yozda franciyalikning shartnomasidagi 60 mln. evroni to'lab, jamoa himoyasini kuchaytirmoqchi. Yumtiti "Barselona"ning asosiy tarkib futbolchisiga aylanib oldi, ammo Premer-liga klubi iloji boricha tezroq himoyachi bilan shartnoma tuzish istagida.


Rafinya

Ijara asosida "Inter"da o'ynayotgan Rafinya yozda to'liq Italiya klubi futbolchisiga aylanishi mumkin. Futbolchi ko'k-qoralar safida 9ta o'yin o'tkazdi va endi Milan klubi uni 35 mln. evroga sotib olish imkoniyatiga ega.

"Barselona" ayni damda yarim himoyachiga muhtoj emas. Yanvarda "Arsenal" Braziliya terma jamoasi futbolchisiga qiziqish bildirgan edi. Rafinya dribling va uzoqdan raqib jamoa darvozasiga zarba berishda kuchli, ammo to'pni o'zida ushlab turish sifati bo'yicha u "Barselona"dagi hamkasblaridan kuchsizroq.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика