So’nggi yangiliklar

07:33Суперлига. Бугун Фарғонада тур ўйини бўлиб ўтади  3 06:40Суперлига. "Шўртан" – "Пахтакор" 0:0  0 01:50Рубен Аморим: "МЮдаги босим бошқа клублардагидан ҳам кўп"  5 01:07Саудия Арабистони. Марказий ўйинда "Ал Аҳли"дан суперкамбэк!  8 00:51Микель Артета "Манчестер Сити"га қарши ўйин ҳақида: "Арсенал" ўз даражасига баҳо бериши мумкин"  0 00:30Жером Боатенг фаолиятини якунлади  1 00:13"Реал"нинг учинчи аппеляцияси ҳам рад қилинди  5 23:57Миржалол Қосимов: "Туғилган кунимга энг яхши совға бўлди"  0 23:29ЕЧЛнинг 1-тур рамзий термаси эълон қилинди  8 23:04Илёс Зейтуллаев: "Бундай ўйинлар кўпроқ дарс беради"  3 22:45Суперлига. ОКМК — “Бунёдкор” 5:1  0 22:14"Барселона" ПСЖ билан ўйинни қайси стадионда ўтказиши маълум  1 21:55Элдор Мойлиев: "Барчамизнинг мақсадимиз битта: "Шўртан"ни Суперлигада олиб қолиш"  8 21:35Камолиддин Тожиев: "Шўртан" 10 киши бўлиб ҳимоялангани бизга қийинчилик туғдирди"  18 21:23Сардор Мирзаев 861 кундан кейин катта футболга қайтди  0

"Oq-tepa" murabbiyi Baxtiyor Ergashev: "Maqsadimiz keyingi yilga qadar yaxshi jamoani shakllantirish" Yangiliklar

"Oq-tepa" murabbiyi Baxtiyor Ergashev: "Maqsadimiz keyingi yilga qadar yaxshi jamoani shakllantirish"

Pro liganing 11-turidan o'rin olgan "Xorazm" - "Oq-tepa"(6:1) uchrashuvidan so'ng mexmon jamoa murabbiyi Baxtiyor Ergashev fikrlarini bildirdi.



"Avvalambor "Xorazm" jamoasini va muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman. Ushbu uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'rgan edik, biz  istayotgan futbolni yigitlar ko'rsatishga harakat qilishdi. Lekin, o'yinimiz chiqmadi. Ko'rdinglar, ancha qiynaldik. Tezkor gol o'tkazib yubordik. SHundan keyin o'yinimiz o'zgarib ketdi. Nima ham derdim, ishlayapmiz, mexnat qilyapmiz. Bugun asosiy tarkibda besh nafar yosh futbolchini tushirdik. Maqsadimiz keyingi yilga qadar yaxshi jamoani shakllantirish",- deydi Baxtiyor Ergashev.

- Tarkibda muammolar bor dedingiz. Mavsum boshida jamoa yaxshi tarkibga ega edi. Davralar oralig'ida ularni qo'yib yuborilishi klubning strategiyasi bilan bog'liqmi yoki boshqa sabablar ham bormi?

- Ibrohim Tomiva, SHerzod Qodirov kabi futbolchilarimizni ijaraga berganmiz. Qolgan futbolchilar o'z ixtiyori bilan boshqa jamoaga ketishgan. 

- Klubda ispaniyalik Serxio Marinangeli ish boshlaganini bilamiz. Odatda ispaniyalik murabbiylar o'z jamoalarida ispan futboliga asoslangan uslubni shakllantrishadi. "Oq-tepa" jamoasida ham yaqin yillarda ispan futboliga xos bo'lgan o'yinni ko'ramizmi yoki klub o'zining mavjud o'yin uslubini shakllantirishga ko'proq harakat qiladimi?

- Jamoamiz asosan ispan futboli uslubi yani tiki-taka bilan o'ynaydi. Ispaniyalik murabbiyni olib kelishdan maqsad klubda "Barselona" uslubini shakllantirish, murabbiy bilan hamjihatlikda ishlash, tajriba orttirish. Ko'rgan bo'lsangiz "Turon" va "Neftchi" bilan o'yinlarda qisqa va o'rta paslar bilan harakat qildik. Ispaniyalik murabbiy ham Evropa uslubini olib kirishga harakat qilmoqda. Bir yilda jamoada siz istagan futbolni shakllantirib bo'lmaydi. Buning uchun vaqt kerak.

- Sarvar Jumaniyozovning o'yini haqida nima deya olasiz?

- Sarvar iqtidorli futbolchi. Ballik sxemada baholaganda 10 ballga loyiq o'yin ko'rsatdi. Unga kelajakda omad tilab qolamiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика