So’nggi yangiliklar

00:46Кушанашвили Валерий Карпиннинг ўзини тутиши ҳақида: "Бу мачо ўйини, у доимо журналистларга қўполлик қилади, ўзини ҳаммадан зукко деб ҳисоблайди"  0 00:20"Реал" Родригoни 80 миллион евродан камига сотмайди  3 23:32Эрон нашрлари Машарипов жароҳати жиддий деб ёзишмоқда. Футболчи бу саволга ўзи жавоб берди  5 23:24"Милан" ва "Ал Ҳилол" қизиқаётган Нуньес мавсумолди ўйинларида 5 та гол урди, у ўтган мавсум АПЛда шундай натижа қайд этган эди  0 23:04Ўртоқлик ўйини. "Ливерпуль" Ла Лига жамоасини таслим қилди, мухлислар 20-дақиқада Жота хотирасига бир дақиқа қарсак чалишди  0 22:15Шешко МЮга ўтишни хоҳлаяпти, аммо "Ньюкасл" вариантига ҳам қарши эмас  0 21:31Лука Модрич: "Мен 13 йилни дунёнинг энг буюк клубида ўтказдим, энди эса ўтмишда ҳозирги "Реал" даражадаси бўлган клубга келдим"  5 20:48"Ал Насср" Роналду орқали МЮ собиқ футболчисини ўз сафига қўшиб олиши мумкин  1 19:59Миш-мишларга чек қўйилди: Лунин Мадридда қолади  0 19:33"Манчестер Юнайтед" бош мураббийи: "Менга кўп футболчилар керак эмас"  5 19:05ТОП-5 қачон бошланади? Жамоалар янги мавсумга қандай тайёрланмоқда?  6 18:40Легионер посбон, Фарғонада ютган мураббий, дублга эришган футболчи ва собиқ клубига гол урган ҳужумчи — Суперлигада 16-турнинг энг яхшилари   2 18:28"Барселона" "Тэгу"ни йирик ҳисобда мағлуб этди — битта гол Рэшфорд ҳисобида  2 18:10Плетнёв, Таҳсин, Токотаев, Санчес... Суперлига 16-тур рамзий терма жамоаси   9 17:50Машинани эмас, ҳайдовчини алмаштириш керак  13

Onalarni tinch qo'y, "YUZER"! Yangiliklar

Onalarni tinch qo'y, "YUZER"!

Bugun muborak kun, muborak oy ostonasidamiz. Men Ramazon oyini ikki karra yaxshi ko'raman, sababi aynan shu oyda hech bo'lmasa tilini tiyadi ayrim "yuzerlar". SHu oyni hurmat qilmaydiganlari ham bor...

Futbol... Nima u? Bitta to'p ortidan yaralgan sportning oddiygina bir turi. Xobbi, kasb... Undan uyog'iga tortmaydigan, shunchaki vaqt o'tkazish uchun tomosha qilib, asabni buzishga arzimaydigan sportning bir turi xolos aslida! Bu gapim futbolchi va murabbiylarga tegishli emas. Ular uchun bu kasb va uning mashaqqatini juda yaxshi bilaman, o'zim klub ochib uni his ham qildim. Oson emas futbolchi bo'lib etishish. SHu futbolchi bo'lganlarga rahmat aytaman kerak bo'lsa. Lekin nima uchun Siz ajnabiy bo'lgan "Barsa" va "Real" uchun qon to'kishga tayyor bo'lib, ibodatda bo'lgan o'zganing onasini QO'LINGDAN kelmaydigan ishni qilaman deb "komment" qoldirasan? Qila olasanmi o'sha ishni? Birovni onasi bir balo qilishdan oldin, seni 9 oy qornida saqlab yurib qiynalib dunyoga keltirgan onangni ko'z oldinga keltir! Sen birovni onasini qilmoqchi bo'lgan ishingni, o'z onangni deb javob berayotgan javobni olish yoqayaptimi? Allaqachon joni uzilib, qabrda yotgan onalarni so'kayotganingni bilasanmi? Yoki aniq gapinga javob bera olasanmi? Qizishib ketdim-mi? Sensirab yozayapmanmi? Lekin men birovni buvisi-yu, onasini haqorat qilmayapman. Onalaringizni tinch qo'yinglar barka topkurlar! Ona bu, ona, to'pga almashmang onalarni.

"Paxtakor" ishtirok etgan o'yinda muxlislarning jiqqa musht olishishi. Vodiy jamoalari o'rtasida bo'lib o'tayotgan uchrashuvlardagi bazi kurakda turmaydigan gaplar. Ey, insonmiz-ku, odamlar... "Paxtakor" ham, boshqasi ham, hech kimni haqorat qilishga sabab bo'la olmaydi. O'yin bu. Stadiondagi so'kinishlarchi, sovet paytidan qolib ketgan sarqitdan o'zga narsa emas! Birgina to'pni deb gunohlarni ko'paytirayotganimizni bilayapmizmi?  

Avval ham yozgandim, bugun qaytaraman... "Barsachini" tobutini kelib Messi ko'tarmaganidek, Ronaldu bironta o'zbekning janozasiga kelib duo qilib ketmaydi, bilib qo'ying! Joningizni berasiz ularga, o'z vatandoshingizni dilini og'ritgan holda. Futbolni ko'rishni o'rganishimiz kerak, madaniyatni o'rganaylik. Yurtimizda katta o'zgarishlar, quron o'rtasida chempionatlar bo'layotgan bir paytda, onalarimizni qo'limizdan kelmaydigan ish bilan haqorat qilamiz. O'sha ishni qilib ham ko'rgin-chi, bir eringni uzib osib qo'yishar!

Kollejda o'qiyotgan "shumtakalar", hali Sizlarga xop qovun pishig'i bor kattalarga g'o'ddayishga! Avval bir ikki so'm ishlab uyingizga to'rtta non olib kirishni o'rganing, mehnat qiling, bilim oling, keyin vaqtingiz bo'lganida birovni kelib dilini og'ritib keting. Hali qo'lidan bir ish kelmay turib, otasini puliga olgan internet trafigiga katta ketishiga o'lasan kishi... Imkoniyat yaratildi, o'qib bilim ol. Vatanga foydang tegsin. Nima keragi bor, ilm olishga ketishi kerak bo'lgan vaqtni "fanatlik"ka ketkazib? Mayli, muxlislik qil, gap yo'q! Lekin hech kimni, hech qachon haqqi yo'q onalarimizni haqorat qilishga!

Omon bo'ling, xulosani o'zingiz chiqaring! Onalaringiz haqqi-hurmati, dil og'ritmang!

Reyting: +315   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика