So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  0 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  3 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  3 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Omon G'ofurov: "Neftchi" hali rasman birinchi ligaga tushib ketmagan" Yangiliklar

Omon G'ofurov: "Neftchi" hali rasman birinchi ligaga tushib ketmagan"

Teglar :  Omon G'ofurov PFL
PFL bosh direktori Omon G'ofurov SPORT telekanali mehmoni bo'ldi.

Bosh direktorning aytishicha Farg'onaning "Neftchi" klubi hali oliy ligani tark etmagan.

"Neftchi" vakillari ham bizdan so'rashdi, biz haqimizda turli OAV, saytlar birinchi ligaga tushib ketdi deb yozishdi shu to'g'rimi deb. Hali PFL rasmiy saytida bunday malumot chiqmadi, demak "Neftchi" oliy ligadan tushib ketmadi"

- Omon G'ofurov


Omon G'ofurovning so'zlariga ko'ra bu yilgi mavsumda 11-o'rindan pastdagi jamoalar ham keyingi yil oliy ligada o'ynashlari mumkin ekan. Yani faqat licenziyalashdan muvaffaqiyatli o'tgan jamoalar 2018 yigi oliy ligada ishtirok etishadi.

Oldinroq PFL rasmiy saytida chiqqan xabarda quyidagi jumlalar qayd etilgan edi:


"2018 yilgi 12 ta jamoadan iborat 3 davrali tizim ishtirokchilarini aniqlashda 2017 yilgi futbol mavsumi hamda 2018 yilgi mavsumga futbol klublarini licenziyalash yakunlari asos bo'lib xizmat qiladigan bo'ldi. Natijada, 2018 yilgi musobaqada 2017 yilda 1–11 o'rinlarni egallagan 11 jamoaga Birinchi liga musobaqalarida g'olibi bo'lgan futbol klubi qo'shiladigan bo'ldi". Manba


Demak, hali G'uzorning "SHo'rtan" klubi ham, Farg'onaning "Neftchi" klubi ham birinchi ligaga tushib ketmagan. 2018 yilgi mavsumda qaysi jamoalar oliy ligada o'ynashlarini katta ehtimol bilan faqat qura tashlash marosimida bilib olamiz.

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика