⚡️ Oltin butsa 2022/23. Abdixoliqov kuchli uchlikka qaytdi
21 okt 2022 08:25
Yangiliklar
⚡️ Oltin butsa 2022/23. Abdixoliqov kuchli uchlikka qaytdi
Bahsda dublni rasmiylashtirgan Bobir Abdixoliqov joriy mavsum milliy birinchilikdagi gollari sonini 23 taga etkazib olgan holda musobaqada yaqqol to'purarlik qilmoqda. SHuningdek, 25 yoshli forvard Oltin butsa 2022/23 yilgi mavsum uchun ro'yxatda kuchli uchlikka qaytishga erishdi. Undan oldinda esa “Man Siti” forvardi Erling Xoland (30 ochko, 2 koef.) va “Budyo-Glimt” vingeri Amal Pellegrino (34,5 ochko, 1,5 koef.) bormoqda.

O'zbekistonlik hujumchi Belarus Oliy Ligasida bir mavsum davomida gol urish bo'yicha Valeriy Stripykisni ortda qoldirib, 5-o'ringa ko'tarildi.
1. Andrey Xlebosolov - 34 (1996, "Belshina", Belarus)
2. Roman Vasilyuk - 31 (2000, "Slaviya", Belarus).
3. Sergey Davidov - 25 (2001, "Neman", Rossiya)
4. Roman Vasilyuk - 24 (2007, "Gomel", Belarus)
5. Bobir Abdixoliqov - 23 (2022, "Energetik-BGU", O'zbekiston)
“Energetik-BGU” chempionat yakuniga qadar yana beshta uchrashuv o'tkazadi. Minskliklarni oldinda 24 oktyabr kuni safarda autsayder bo'lib turgan “Dnepr Mogilev”ga qarshi bahs kutmoqda. Jamoa hozirda turnir jadvalida Evropa Ligasi kvalifikaciyasiga yo'llanma beruvchi 3-o'rinda bormoqda. Peshqadam “SHaxtyor Soligorsk” bilan oradagi farq esa atigi bir ochkoni tashkil etmoqda.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar