Futzal bo'yicha O'zbekiston chempionatining 6-turida 120 ta gol urildi
11 dek 11:22
Yangiliklar
Futzal bo'yicha O'zbekiston chempionatining 6-turida 120 ta gol urildi
6-turda jamoalar 18 ta uchrashuv o'tkazishdi. Mazkur uchrashuvlarda darvozalarga 120 ta gol kiritildi. O'rtacha har bitta uchrashuvda muxlislar 6,66 tadan gol ko'rishdi. Sermahsullik borasida bu tur 5-turga yaqinroq, ammo avvalgilariga qaraganda biroz pastroq bo'ldi. Qiyoslash uchun eng sermahsuli bo'lgan 4-turda ishqibozlar har bitta o'yinda o'rtacha 7,25 tadan gol ko'rishgandi.


6-turda biryo'la to'rtta jamoa – “BMB PFC”, OKMK, “Nasaf” hamda “Lokomotiv” yuz foizlik natija bilan tugatdi: uchta o'yin, uchta g'alaba.
6-turda to'rtta jamoa – “Bunyodkor”, “Neftchi”, “Surxon” hamda “Qizilqum” bironta ham ochko jamg'ara olishmadi – uchta o'yin, uchta mag'lubiyat.
Turning eng sermahsul jamoasi – “Nasaf” bo'ldi – 21 ta gol. Keyingi ko'rsatkichlar BMB hamda “Lokomotiv” ga tegishli bo'ldi – 16 tadan gol;
Turda eng ko'p gol o'tkazib yuborgan jamoa “Surxon” bo'ldi – 21 ta gol. “Qizilqum” hamda “Bunyodkor” posbonlari o'z darvozalaridan 14 tadan to'p olib chiqishdi;
Turda eng kam gol o'tkazgan jamoalar – BMB va “Lokomotiv” bo'lishdi – 5 tadan. OKMK esa o'z darvozasidan 6 ta to'p olib chiqdi;
Eng kam gol urgan jamoa – “Qizilqum” bo'ldi – 4 ta gol;
Eng yirik hisoblar “BMB PFC” – “Surxon” – 9:3, “Nasaf” – “Bunyodkor” – 7:2, “Nasaf” – “Oil Star” – 7:3, “Nasaf” – “Maksam-Chirchiq” – 7:3 uchrashuvlarida qayd etildi;
Eng sermahsul o'yinlar: “BMB PFC” – “Surxon” – 9:3, “Surxon” – “Lokomotiv” – 4:7;
Eng kam gol urilgan o'yin: OKMK – “Neftchi” – 1:0;



O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Сельта"га мағлуб бўлди, Гарсия ва Кассерас қизил карточка олди
Месси ўз рекордини янгилашда давом этмоқда
ЕЧЛ. Дастлаб гол ўтказиб юборган "Барселона" якунда "Айнтрахт"ни мағлубиятга учратди
Алонсо кечаги мағлубиятдан сўнг ҳакамни кескин танқид қилди
Fikrlar