So’nggi yangiliklar

19:27"Фулхэм" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  5 18:50Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўн киши билан камбэк эвазига ғалаба қозонди, Ўринбоев бу сафар ҳам захирада қолдирилди  2 18:42"Ал Батаэҳ" — "Хорфаккан". Ғаниев асосий таркибда  0 17:49Доннарумма "Ман Сити" билан шахсий шартнома шартларини келишиб олди. Битим суммаси 50 млн евродан кам бўлади  0 17:13"Самахи" — "Сабаҳ". Таркиблар маълум  0 16:05"Реал" Винисиусга нарх белгилади  7 14:55Жан-Пьеро Гасперини: "Аниқроқ бўлганимизда иккинчи голни ҳам урардик"  0 14:29Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳар бир учрашувда ғалаба учун майдонга чиқамиз"  0 14:14Мюллер МЛСдаги дебют голини 90+14-дақиқада урди ва жамоасига ғалаба олиб берди  1 13:31Шаҳром Самиев Тожикистон терма жамоасига чақирилгани ва CAFA Nations Cup турнири ҳақида гапирди  2 13:13"Астон Вилла" "Челси" ва ПСЖ ҳужумчиларини таркибига қўшиб олмоқчи  0 12:51Диего Симеоне: "Атлетико" ўз принципларини ўзгартирмайди"  1 12:30Мурод Бобожонов: "Сўнгги тўрт ўйинда уч гол? Бундан ҳам яхшироғига ҳаракат қиламан"  1 12:12Месси ва Альба бугун нега ўйнамади? Маскерано жавоб берди  3 11:49Фақатгина 3 мураббий Пепнинг "Сити"сини "Этихад"да икки хил клуб билан мағлуб қила олган  8

Olmaliq shahri katta futbol bayramiga tayyor FOTOGALEREYA Yangiliklar

Olmaliq shahri katta futbol bayramiga tayyor FOTOGALEREYA

Bugun Superligada 30-tur bellashuvlariga start beriladi.

Ikkinchi oltitalik doirasida AGMK jamoasi "Qo'qon-1912"ni qabul qiladi. Bugungi kun olmaliqliklar uchun o'zgacha ahamiyat kasb etadi. Butun shahar AGMKning O'zbekiston kubogi sohibi bo'lganini nishonlaydi. Klub mutasaddilari stadion va uning atrofida katta futbol bayrami o'tkazishni maqsad qilishgan va shunga yarasha tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Olmaliqdagi stadion bayramga deyarli tayyor.





Klub jurnalistlar tadbirni yoritishlarida qulaylik yaratish maqsadida maxsus avtobus ajratdi. Buning uchun ularga minnatdorchilik bildirib o'tamiz. "Championat.asia" saytidan Olmaliqqa kamina - Tolibjon Qosimov (jurnalist, fotograf), Zoir Tursunboev (operator) va Jahongir Fayzullaev (fotograf)lar keldik. Imkon qadar Olmaliqdagi bayramona jarayonni o'quvchilarimizga etkazishga harakat qilamiz.

AGMK O'zbekiston kubogini qo'lga kiritganidan keyin tushilgan jamoaviy surat.


Bugun AGMK murabbiy, o'yinchi va xodimlariga Kobalt va Spark avtomobillari topshiriladi.


Birozdan so'ng stadionda katta bayram shousi boshlanadi.


Maxsus xodimlar katta tadbirdan oldin xavfsizlik nuqta-i nazaridan stadionni tekshirib chiqishmoqda.


Birozdan so'ng Olmaliq shahri aholisi va mehmonlar uchun milliy taomimiz osh suziladi.


Bayramona dasturxonlar stadionga tashrif buyuradigan hamyurtlarimizni kutmoqda.



"Championat.asia" saytini kuzatishda davom eting. Bugungi kun Olmaliq shahri va AGMK klubiga ataladi.

Reyting: +46   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика