Avazbek O'lmasaliev: "Milliy terma jamoaga ilk marotaba chaqirilganimdan xursandman"
24 avg 11:32
Yangiliklar


Avazbek O'lmasaliev: "Milliy terma jamoaga ilk marotaba chaqirilganimdan xursandman"
Superliganing 20-turidan o'rin olgan OKMK – "Xorazm" (3:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar himoyachisi Avazbek O'lmasaliev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Bugungi o'yin haqida...
- Barchani qiyin g'alaba bilan tabriklayman. O'yin shunday ruhda kechishini bilardik. Imkoniyatlardan foydalanib, uch ochkoni qo'lga kiritdik.
- OKMKning oxirgi o'yinlardagi muvaffaqiyatsizligi haqida...
- Har qanday o'yinning o'ziga yarasha qiyinchiligi bor. Har bir o'yinga g'alaba uchun maydonga chiqamiz.
- Terma jamoaga chaqirilgani haqida...
- Bu yangilik bilan barcha jamoadoshlarim, yaqinlarim, ilk navbatda, oila azolarim tabrikladi. Rasmiy ravishda birinchi marotaba milliy terma jamoaga chaqirilganimdan xursandman. Xudo xohlasa, bu jarayon davomiy bo'lishi uchun harakat qilaman.
O’xshash yangiliklar
13:31
Shahrom Samiev Tojikiston terma jamoasiga chaqirilgani va CAFA Nations Cup turniri haqida gapirdi 0

Fikrlar