So’nggi yangiliklar

00:51Қосимов фаолиятини Ироқда давом эттиради  2 00:30"Манчестер Сити" Родриго харидидан воз кечди, жамоа ўз вингерини сақлаб қолади  0 23:40Санчо "Рома"га ўтишни хоҳламаяпти, аммо римликлар уни кўндиришга уриниб кўради  0 23:13Ҳаким Фузайлов: "Хоразм"ни Суперлигада олиб қолишга ҳаракат қиламиз, бошқа йўлимиз ҳам йўқ"  6 22:59"Тоттенхэм" 60 млн. фунтлик трансферга яқин турибди  0 22:27Стримернинг онасини сўккан Россия терма жамоаси собиқ футболчиси аёлнинг ўзидан кечирим сўради  2 22:11Акмал Рустамов: "Суперлигада ўйинлар орасида вақт кам. Бир кунни йўлга сарфлаяпмиз, икки кун сунъий майдонда машғулот қилдик"  1 21:58Алонсо "Реал"нинг ўйинини кўчиришни рад этишгани ҳақида: "Футболчилар соғлиғи учун бизни қўллаб-қувватлашларини хоҳлардик"  5 21:15Левандовски Ла Лига 2-турида "Барселона"га ёрдам бера оладими?  1 21:00Суперлига. "Хоразм" 15 йилдан сўнг уйига қайтган оқшомда "Қизилқум"га мағлуб бўлди  20 20:37Артём Петросян: "Ўйинни якка курашларда ютқазганимиз учун бой бердик"  1 20:08Шавкат Юсупов: "Локомотив"да Суперлига савиясидаги ўйинчилар йиғилган"  1 20:00Про лига. "Локомотив" "ФарДУ" майдонида ишончли ғалабага эришди, "Жайхун" "Олимпик" дарвозасига 3 та тўп киритди  1 19:46Мирко Еличич: "ФарДУ" курашувчан ва доим босим уюштирадиган жамоалар сирасига киради"  0 19:26Шавкат Мирзиёев Юқори Чирчиқ туманида барпо этилган Миллий футбол маркази билан танишди  5

"Olmaliq": Noxush anana yakun topdi Yangiliklar

"Olmaliq": Noxush anana yakun topdi

O'zbekiston milliy chempionati oliy ligasida 2008 yildan buyon ishtirok etib kelayotgan jamoamiz bu yil elitada o'zining 10-mavsumini o'tkazmoqda.

O'tgan yillar davomida “Olmaliq” kuchlilar safida munosibligini o'z o'yinlarida namoyon etmoqda. 2016 yilgi mavsumdagi qoniqarsiz natijalarni hisobga olmaganda, jamoa har mavsum yuqori natijalar uchun kurashadigan jamoalarga “boshog'riq” vazifasini o'tardi. Jamoa ortda qolgan 9 mavsumda bir qator ijobiy natijalarga erishgan. “Olmaliq” ayniqsa o'z maydonida har qanday raqibni qiyin ahvolga solib qo'yishi bilan muxlislarda yaxshi xotiralar qoldirgan. Statistikaga murojaat etadigan bo'lsak, 2008 yildan boshlab konchilar elitada raqib bo'lgan qilgan barcha jamoani o'z maydonida mag'lub eta olgan. Biroq, jamoaning safar uchrashuvlarida bu statistika borasida bazi noxush ananalari mavjud. Kecha Farg'ona shahrida bo'lib o'tgan bahsda mana shu noxush anananing biri barham topdi. “Olmaliq” elitada o'ninchi mavsumga kelib Farg'onadan ochko olishga muvaffaq bo'ldi. Bungacha bo'lib o'tgan 9 uchrashuvning barchasida mezbonlar g'olib chiqishgan. Etiborlisi, kecha jamoamiz g'alaba qozonishi ham mumkin edi. Afsuski, so'nggi o'n daqiqalikda mezbonlar penaltidan gol kiritishdi va mag'lubiyatdan qutulib qolishdi.

Jamoamizning safar o'yinlarida qayd etgan ko'rsatkichlari hozircha ijobiy emas. Darvoqe, shu turga qadar mehmonda jamoamizga ochko olishga yo'l bermagan yagona jamoa “Neftchi” bo'lib turgandi. “Olmaliq” bu seriyani to'xtatishga erishdi.

Mehmonda o'tgan o'yinlarda ochko olish borasida “Olmaliq”ning umumiy ko'rsatkichi quyidagicha:


Jamoa

O'

G'

D

M

T-N

O

Buxoro

9

4

0

5

11-9

12

Navbahor

9

3

3

3

12-14

12

Andijon

8

3

1

4

15-13

10

Dinamo

8

2

2

4

6-10

8

Paxtakor

9

1

2

6

5-14

5

SHo'rtan

8

0

4

4

11-17

4

Qizilqum

9

1

1

7

11-20

4

Qo'qon-1912

2

1

0

1

2-2

3

Obod

2

1

0

1

1-2

3

So'g'diyona

8

0

3

5

9-16

3

Xorazm

2

0

2

0

2-2

2

Nasaf

9

0

2

7

9-21

2

UzDongJu

1

0

1

0

0-0

1

Guliston

1

0

1

0

0-0

1

Mashal

8

0

1

7

5-14

1

Metallurg

9

0

1

8

16-26

1

Bunyodkor

9

0

1

8

6-21

1

Lokomotiv

9

0

1

8

5-25

1

Neftchi

10

0

1

9

9-30

1

130

16

27

87

135-256

75

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика