So’nggi yangiliklar

12:22"Барселона" сардори қишда жамоани тарк этиши мумкин  2 11:56"Реал"нинг аргентиналик футболчиси Мастантуоно Ламин Ямаль ҳақида тўхталди  0 11:33"Реал" асосий ўйинчиларидан бири яна жароҳат олди  1 10:58"Арсенал" ўз етакчиси билан янги шартнома имзолашга яқин  0 10:32Ибрагимович Ла Лига, Премьер-лига ва А Серияда ўйнаш ўртасидаги фарқларни тушунтирди  3 10:05Эксперт фикри. Ёрқин Назаров: “Жаҳон чемпионатида музқаймоқ еб келиш эмас, муносиб ўйин кўрсатишимизга умид ва ишонч уйғонди”  5 09:18Роналду Оқ уйга ташрифидан сўнг Трампга мурожаат қилди  13 08:54"Арсенал" асосий футболчиси жиддий жароҳат олди  0 08:30Ўзбекистон МТЖ 9 йилдан сўнг ушбу натижага эришди  14 08:03Суперлига. Бугун бизни Марказий учрашув кутмоқда  8 07:36Африка қитъасида йилнинг энг яхшилари аниқланди  2 00:49Артета: "Гвардиола футболчи сифатида менинг қаҳрамоним эди. У билан ишлаш ҳаётимдаги энг тўғри қарорлардан бири бўлди"  1 00:45Роналду Globe Soccer талқинига кўра Яқин Шарқда йилнинг энг яхши ўйинчиси бўлишга номзод  14 23:50"Барселона" "Камп Ноу"даги очилиш ўйини учун сюрприз тайёрлаб қўйилганини маълум қилди  9 23:28ЎФА Туркиянинг етакчи қурилиш компаниялари билан учрашув ўтказди. Унда Янги Тошкент Марказий футбол ўйингоҳини бўйича лойиҳалар тақдим этилди  22

Ollobergan Karimov: "Orzularimdan biri amalga oshdi. Argentina bilan munosib o'ynadik" Yangiliklar

Ollobergan Karimov: "Orzularimdan biri amalga oshdi. Argentina bilan munosib o'ynadik"

O'zbekiston U-20 terma jamoasi kecha Argentinaga qarshi ikkinchi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

Farhod Nishonov boshchiligidagi terma jamoamiz bu bellashuvda durang natija qayd etdi. Bahsdan so'ng terma jamoa azosi Ollobergan Karimov fikrlarini bildirdi. 

"Argentinaga qarshi dastlabki uchrashuvda yomon o'yin ko'rsatganimiz yo'q. Ikki gol ham etiborsizligimiz natijasida darvozamizdan joy oldi. Ikkinchi o'yinda esa xatolar ustida ishlagan holda maydonga tushdik. Murabbiylar tomonidan ishlab chiqilgan rejani amalga oshirishga harakat qildik deb o'ylayman. Fikrimcha, argentinaliklar oldida munosib to'p tepdik. 

Messi va boshqa yulduzlarning o'yinimizga tashrif buyurgani salbiy tomondan hech qanday tasiri bo'lmadi, aksincha bu futbolchilar oldida o'z o'yinimizni ko'rsatish yoqimli bo'ldi. Messi dunyoning eng zo'r futbolchisi. Tug'ilganimdan beri uning o'yinlarini ko'rib kelaman. Ko'pchilik singari orzularimdan biri amalga oshdi. 

Urugvayda ham yaxshi qarshi olishdi. Bu bahslarga yuz foiz tayyormiz deya olaman. Sardorimiz aytganidek mazkur o'yinlar orqali faqat katta tajriba to'playmiz. Maqsadimiz Osiyo chempionatida akalarimiz kabi chempionlikni qo'lga kiritish",- deydi Ollobergan Karimov. 

Malumot uchun vakillarimiz ertaga Urugvayga qarshi birinchi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Oradan ikki kun o'tib esa 17 oktyabr kuni ikkinchi to'qnashuvda ishtirok etishadi. 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика