So’nggi yangiliklar

22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  0 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  1 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  5 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  0 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  0 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  5 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3 18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0 18:00"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб, таваккал қилди. Маркус бу трансфер амалга ошиши учун 10 миллиондан воз кечди  3 17:46"Навбаҳор" 7 кун ичида ФИФА тақиқидан қутулиши, собиқ футболчилари олдидаги қарзларини тўлаб бериши лозим — ПФЛ  21 17:36ПСЖ "Реал" ярим ҳимоячисини харид қилмоқчи  3 17:07"Машъал" легионери билан хайрлашди  1 16:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК семинарида қатнашмоқда  0

Oliy liga RETRO: CHempion bo'la olmagan yulduzlarning ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Oliy liga RETRO: CHempion bo'la olmagan yulduzlarning ramziy terma jamoasi

Ronaldo har qancha buyuk futbolchi bo'lmagan bo'lsin, lekin unda ECHLning bosh sovrini yo'q.

Oliy ligamiz o'z yakuniga etayotgan bir paytda, Timur Kapadze va Ignatiy Nesterov faoliyatlaridagi 11 oltin medallarini qo'lga kiritdilar. Anvar Soliev esa allaqachon 12 raqamini "urib" bo'lgan.

Biz esa O'zbekiston chempionatida o'z o'rniga ega bo'lgan, ammo biron marotaba chempionlik nashidasini surmagan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoa tuzishga qaror qildik. Ro'yxatga, futbolchilik faoliyatini yakunlagan "to'pchililar" kirgan.

O'z paytida Stiv Jerrardga bir necha millionlik shartnomalar taklif qilingan. Ammo "Liverpul"ga bo'lgan sadoqati tufayli u klubni tark etmadi. Quyidagi futbolchilarni ham biz o'z davrining sadoqatli o'yinchilari deb bilamiz. 


Demak, 11 futbolchidan iborat terma jamoa quyidagicha ko'rinish oldi: 

Darvozabon: Pyotr Gizimchuk 

Gizimchuk faoliyatining gullagan paytlarini "Nasaf" safida o'tkazgan edi. Futbolchilik faoliyatida erisha olmagan oltin medaliga, "Lokomotiv" murabbiyi sifatida sazovor bo'ldi. 

Himoyachilar: Botir Qoraev, Diyalver Vaniev, Davron Fayziev, Kamoliddin Kenjaev.

4-4-2 ko'rinish olgan tarkibimiz ham chakki emas. OFK Kubogi sohibi bo'lgan Botir Qoraev ancha yil chempionlik yo'lida harakat qildi. Kamoliddin Kenjaev esa afsuski erta futbolni yakunlashga majbur bo'ldi. CSKA sharafini himoya qilib kelgan Davron Fayziev uchun ham chempionlik armon. Himoyachilar ro'yxatini "Mashal"da faoliyatini yakunlagan Dilyaver Vaniev yopib beradi.

Yarim himoyachilar: Ro'ziqul Berdiev, Iqbol Akramov, Sanjar Asqaraliev,  Bahodir Annamatov.

Ro'ziqul Berdiev o'sha davrning eng kuchli futbolchilaridan edi. O'sha yillar zzbek futboli tarixida eng ko'p yaxshi yarim himoyachilar yig'ilgan payt bo'lgan. Mirjalol Qosimov, No'mon Hasanov, SHuhrat Maqsudov, SHuhrat Raxmonqulov... Ular qatoriga Bahodir Annamatovni ham qo'shamiz.

"Neftchi" hamda "Navbahor" safida ajoyib o'yin ko'rsatgan Sanjar Asqaraliev ham chempionlik nashidasini sura olmaganlar ro'yxatiga kiradi. Iqbol Akramovning "Neftchi"dagi o'yinlari yodingizdami? Qanotdan yorib kirishlarichi?

Hujumchilar: Zafar Xolmurodov va SHuhrat Mirxoldirshoev.

Bir paytlar 30ta gol ursa ham MTJga kira olmagan futbolchilar dueti. Zafar Xolmurodovning boshi bilan beradigan zarbasining kuchi, hozirgi hujumchilarimizning oyoq zarbidan o'tkirroq bo'lgan bo'lsa kerak. SHuhrat Mirxoldirshoev esa qay vaqt, qaysi nuqtada bo'lishni juda ham yaxshi bilardi.  Bu ikki hujumchi o'rtasida oliy liga 2004da kechgan raqobatni kechadigek eslayman. So'nggi tur oldidan Mirxoldirshoevda 28ta, Xolmurodovda 26ta gol bor edi. "Metallurg" - "Navbahor" (4:3) o'yinida Mirholdirshoev, "Mashal" - "Nasaf" (4:3) qarama-qarshiligida Xolmurodov xet-trik muallifi bo'ladi. 

Yoshi katta o'quvchilar, Sizningcha yana kimlar ro'yxatimizdan tushib qoldi?


Nodirxo'ja Yuldashev.


Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика