So’nggi yangiliklar

22:01Йоахим Левга яқин манба Ўзбекистон билан музокаралар бўлаётганини тасдиқлади, мураббийга маслаҳатчи лавозими таклиф қилинган – Sport24  10 21:50Расман: Ламин Ямал янги мавсум "Барселона" сафида 10-рақамда ҳаракат қилади  1 21:29Ислом Исмоилов: "Москвада маҳаллий клублар билан назорат учрашувлари ўтказамиз"  2 21:01Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов хотира турнирига тайёргарликни давом эттирмоқда  2 20:25Ламин Ямал янги мавсум 10-рақамда ўйнашига ишора қилди(ми?)  1 19:48Иброҳим Йўлдошев - ОКМК футболчиси  1 19:14Суперлига. Биринчи давранинг эътиборга молик 5 воқеаси   5 19:12ЖЧ2026да 4 та танаффус бўлиши мумкин  7 19:00МЮ "Брайтон" ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда. "Милан" ҳам ушбу футболчи борасида маълумот йиғяпти  0 18:33Машарипов кичик жароҳат олди  1 18:30Тома Табатадзе "Нефтчи"ни тарк этди  8 18:15Лука Модрич: "Милан" – болалигимдаги севимли жамоам, Бобан эса кумирим эди"  11 17:52Диас "Ливерпуль"дан кетишга тайёр. "Барселона" ва "Бавария" янги таклифлар тайёрламоқда  2 17:37CAFA: Малайзия нотўғри иш қилди. Турнир саналари аввалдан эълон қилинган эди  13 17:00ЖЧ-2026га саволлар пайдо бўлмоқда. Уларга мусобақа стартигача жавоб топиш шарт   2

Oliy liga. CHempionatning eng o'tkir "nayza"sidan yana gol, "Loko"dan esa yirik g'alaba Yangiliklar

Oliy liga. CHempionatning eng o'tkir "nayza"sidan yana gol, "Loko"dan esa yirik g'alaba

Bugun oliy liganing 26-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Qo'qon-1912" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

YANGILASH

- O'yin boshlandi.

9-daqiqada uchrashuvdagi hisob ochildi. Marat Bikmaevning darvozaga yo'llagan zarbasini bartaraf etmoqchi bo'lgan Xolmuhammedov o'z darvozasini ishg'ol etib qo'ydi - 1:0.

"Lokomotiv" o'yin tizginini o'z qo'lida saqlab turibdi. "Qo'qon-1912" jamoasi ham imkon bo'lishi bilan oldinga o'tmoqda. O'z darvozasini ishg'ol etib qo'ygan Murod Xolmuhammedov hozir aybini yuvishi mumkin edi. Uning jarima zarbasidan tepgan to'pini Nesterov mahorat ko'rsatib qaytarib yubordi.

Marat Bikmaev esa qulay vaziyatdan unumli foydalana olmadi. Uning chamasi 5-6 metrdan yo'llagan zarbasini Ashurov bartaraf etishga muvaffaq bo'ldi.

Nesterov-Turopov-Bikmaev uchligi tomonidan tashkil etilgan o'ziga xos kombinaciyadan keyin Marat Bikmaev darvozani "o'qqa" tutgandi. Ammo Aziz Ashurov bu vaziyatda yaxshi harakat qildi.

42-daqiqada "Lokomotiv" jamoasi navbatdagi golni kiritdi. "Qo'qon-1912" jamoasi himoyachilarining xatosidan unumli foydalanib to'pni "ilib" ketgan Bikmaev jarima maydonchasi atrofidan darvozani aniq nishonga oldi - 2:0.

Sanjar SHoahmedov 63-daqiqada darvozabondan qaytgan to'pni golga aylantirdi va uchrashuvdagi hisobni yiriklashtirdi - 3:0.

O'yin tugadi.

Turnir peshqadami "Lokomotiv" jamoasi o'z uyida "Qo'qon-1912"ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va yirik hisobda g'alaba qozondi.


Oliy Liga, 26-tur
25 oktyabr, chorshanba
“Lokomotiv” (Toshkent) – “Qo'qon-1912” (Qo'qon) 3:0

TTZ, "Lokomotiv" stadioni (1093 tomoshabin)

Gollar: Murod Xolmuhammedov avtogol (9), Marat Bikmaev (42), Sanjar SHoahmedov (63)

Hakamlar: Z. Qodirov (Navoiy), R. Samandarov (Navoiy), O. Jumaev (Navoiy), A. Risqullaev (Toshkent).
Nazoratchi: SH. Jumaev (Qarshi).
PFL vakili: S. Rizaev
"Lokomotiv": 1. Ignatiy Nesterov, 9, Ikrom Aliboev (18.T.Kapadze, 72), 10. Marat Bikmaev, 11, Sadriddin Abdullaev, 15. Sardor Mirzaev (22.M.Bobojonov, 79), 17. Salim Mustafoev, 20. Islom To'xtaxo'jaev, 28. SHuhrat Maxammadiev, 37. SHerzod Fayziev, 55. Sanjar SHoahmedov, 77. Diyor Turopov (99.J.Masharipov, 52)
Zaxira: 12. Mamur Ikromov, 5. Kaxi Maxaradze, 18. Timur Kapadze, 22. Murod Bobojonov,
33. Oleg Zoteev, 42. Muhammad Kone, 99. Jaloliddin Masharipov.

"Qo'qon-1912": 12. Aziz Ashurov, 7. Jamshid Hasanov, 10. Javohir Sidiqov, 14. Doniyor Hasanov, 19. Suhrob Berdiev (17.A.Mamatxo'jaev, 62), 22.Murod Holmuhammedov, 23.Aleksandr Merzlyakov, 26.Akmal Xolmurodov (96.M.Hasanov, 45), 55. Darko Gojkovich, 70. Quvondiq Ro'ziev (4.B.Akramov, 64), 99.Filip Rayevac
Zaxira: 30. Islom Abdullaev, 4. Bahodir Akramov, 11.Andrey Sidorov, 17.Avaz Mamatxo'jaev, 25.Iqbol Malikjonov, 96.Muhammadanas Hasanov, 97.Oybek Rustamov


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика