CAFA: Malayziya noto'g'ri ish qildi. Turnir sanalari avvaldan elon qilingan edi
16 iyu 17:37
Yangiliklar
CAFA: Malayziya noto'g'ri ish qildi. Turnir sanalari avvaldan elon qilingan edi
CAFA tashkiloti Malayziya futbol associaciyasi "CAFA Nations Cup 2025”da ishtirok etmasligi borasida rasmiy bayonot berdi.
"Malayziya ushbu turnirda qatnashishini oldindan tasdiqlagan edi. Turnir sanalari — 2025-yil 29-avgustdan 8-sentyabrgacha — avvalroq belgilangan bo'lib, turnir sanalari o'zgarishi ko'zda tutilmagan. CAFA turnirni yuqori saviyada va raqobatbardosh tarzda o'tkazish majburiyatiga sodiq qoladi hamda ishtirok etayotgan barcha milliy jamoalarga samimiy minnatdorchilik bildiradi", deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, musobaqa reglamentiga ko'ra, 35 nafargacha futbolchidan iborat dastlabki ro'yxatdan har bir o'yinga alohida yakuniy tarkib taqdim etilishi mumkin hisoblanadi. Bu esa terma jamoalarga moslashuvchanlik va asosiy futbolchilarning keyingi o'yinlarga qo'shilishiga imkonini beradi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar