So’nggi yangiliklar

14:22Шаҳбоз Жўрабеков: "Малини тартибга чақирдим, у эса агрессивликка берилиб кетди. Камида 1 очкога лойиқ эдик"  0 14:10"Андижон" меҳмонда "Машъал"дан енгилган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:45Абдумавлон Абдужалилов: "Бухоро" бизнинг хато қилишимизни кутди, улар осон рақиб эмас"  0 13:28Эрон клублари ОКМК етакчисига қизиқмоқда  1 13:00Расул Йўлдошев: "Жамоамиз тушкун кайфиятга тушганди, буни енгиш учун ғалаба зарур эди"  0 12:46"Қўқон-1912" "Сурхон" устидан ишончли ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 12:22Ришарлисон Роналдонинг юзи туширилган суратни жойлаштирди — энди у "Олтин тўп"ни мақсад қилган  1 11:54Диогу Жотанинг беваси ва ота-онаси "Вулверхэмптон" ўйинида бўлди. Мухлислар марҳум футболчини ёд олди  4 11:30Мухлислар Уэйн Рунини танқид қилди: "Ажойиб футболчи, аммо ёмон эксперт"  2 10:52"Брентфорд" ўз тарихидаги рекорд қийматли трансферни эълон қилди  0 10:25Sofascore. Мозговой БАА Пролигасидаги дебютидаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 10:23Илёс Зейтуллаев: "Жамоам ғалабага муносиб эди"  3 09:59Виктор Карпенко: "Бунёдкор" хатоларни кечирмаслигини ўйиндан аввал ҳам айтган эдим. Амалда шундай бўлди"  2 09:53Артета: "Олд Траффорд"да ғалаба қозонишимиз муҳим эди"  3 09:20Пролига. Бугун янги турга старт берилади  1

Oliy liga. "Bunyodkor" uch yillik tanaffusdan so'ng Farg'onada g'alaba qozondi Yangiliklar

Oliy liga. "Bunyodkor" uch yillik tanaffusdan so'ng Farg'onada g'alaba qozondi

Teglar :  NeftchiBunyodkor
Bugun oliy liganing 6-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Bunyodkor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Neftchi (Farg'ona) – Bunyodkor (Toshkent) 1:2
16 aprel 2017. Farg'ona. "Istiqlol" stadioni. 17:00
Hakamlar:
Z. Qodirov (Navoiy), O. Jumaev (Navoiy), R. Samandarov (Navoiy), A. Rahimov (Andijon)
Nazoratchi: A. Xotamov (Toshkent).
O'zPFL vakili: V. SHtern.

Gollar: Dostonbek Hamdamov 48, - 0:1. Abdurahmon Abdulhaqov 50, - 1:1. Dilshodbek Ahmadaliev 76, - 1:2.

"Neftchi": O'tkir Yusupov, Sergey Koncevoy, Akram Bahriddinov (Otabek Isroilov, 50), Umid Qodirov, SHerzod Hakimov, Javohir Rasulov (Mo'ydin Mamazulumov, 77), Dilyorbek Ermatov (Abbosbek Maxstaliev, 62), Muhsin Ubaydullaev, Furqatjon Hasanboev, Abdurahmon Abdulhaqov, Dmitriy Komarovskiy
Zaxira: Abdumavlon Abdujalilov, Hamza Karimov, Baxtiyor Yoqubov, Nikita Pavlenko

"Bunyodkor": Murodjon Zuhurov, Rustam Ashurmatov, Akram Komilov, SHahzodbek Nurmatov (Vadim CHemirtan, 67), Eldor SHomurodov, Doston Hamdamov, Nurillo To'xtasinov (Sardor Azimov, 86), Dilshodbek Ahmadaliev, Davron Umirov, Otabek SHukurov, Xurshid G'iyosov
Zaxira: Dilshod Hamroev, Javlon Mirabdullaev, Dushan Michich, Mirjamol Qosimov, Javohir Esonqulov

Ogohlantirishlar: Dilyorbek Ermatov 13, Sergey Koncevoy 79.


 



YANGILASH

O'yin soat 17:00da boshlandi.

2-daqiqada "Bunyodkor" tezkor qarshi hujum uyushtirdi. Biroq ikkiga bir vaziyatda SHomurodov to'pni Nurmatovga aniq etkazib berolmadi.

6-daqiqada  "Bunyodkor" ko'pchilik bo'lib kombinacion hujum uyushtirdi. Biroq so'nggi pallada "Neftchi" himoyachilari to'pni burchakka chiqarib yuborishdi.

9-daqiqada To'xtasinovning aqlli pasidan so'ng SHomurodov o'tkir burchakda qulay vaziyatga chiqdi. Darvoza tomon yo'llangan zarbani himoyachi qaytardi.

11-daqiqada Yusupov darvozadan turib bitta pas bilan Hakimovni qulay vaziyatga chiqardi. SHerzod maydonga sirpanib tushib, imkoniyatni yo'qqa chiqardi.

13-daqiqada To'xtasinovni ochiqchasiga turtib, yiqitgani uchun Dilyorbek Ermatovga sariq kartochka ko'rsatildi.

18-daqiqada SHukurov-SHomurodov kombinaciyasiga Nurmatov yakuniy nuqtani qo'ydi. Biroq SHahzodbekning zarbasini Yusupov maydon tashqarisiga chiqarib yubordi

21-daqiqada "Bunyodkor" yana chiroyli kombinaciya tashkil etdi. Nurmatov o'ta qulay vaztiyaga chiqqandi. Biroq u o'yindan tashqari holatga tushib qoldi.

29-daqiqada "Bunyodkor"ning goli inobatga olinmadi. Qanot hakami bayroqchasini ko'tardi va o'yindan tashqari holatni ko'rsatdi.

31-daqiqada  Hamdamov oshirgan to'pni Nurmatov 5-6 metrlardan to'ppa-to'g'ri darvozabonning qo'liga tepdi.

34-daqiqada  Nurmatovda yana bir imkoniyat. Bu safar SHahzodbekning zarbasi kuchli chiqmadi. Natijada Yusupov to'pni osonlik bilan ushlab oldi.

35-daqiqada SHomurodovning zarbasi... bu safar to'p ustunga tegib qaytdi.

44-daqiqada "Neftchi"dan xavfli hujum. Komarovskiyning yakuni yzarbasi yo'liga Ashurmatov to'g'anoq bo'ldi.

45.  Birinchi taymga 1 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

45+1' - Hamdamovning kuchli zarbasi darvoza ustuni va to'sini kesishgan joyga tegib qaytdi.

Birinchi taym tugadi.


46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

48. GOOL! CHamasi 18 metrlardan belgilangan jarima zarbasidan Dostonbek Hamdamov unumli foydalanib, hisobni ochdi - 1:0.

50. GOOL! Hisob tenglashdi! Abdurahmon Abdulhaqov gol urdi - 1:1.

50' - "Neftchi" tarkibida O'ZGARISH: Akramjon Bahriddinov o'rniga Otabek Isroilov maydonga tushdi.

52' - SHomurodov-Hamdamov kombinaciyasidan so'ng To'xtasinov darvozaga zarba berdi. Yusupov qiyinchilik bilan to'pni egallab oldi.

56' - Umirov uzatgan to'pni SHomurodov boshi bilan darvozaga yo'lladi. Salgina noaniq.

62' - "Neftchi" tarkibida O'ZGARISH: Dilyorbek Ermatov o'rniga Abbosbek Maxstaliev maydonga tushdi.

67' - "Bunyodkor" tarkibida O'ZGARISH: SHahzodbek Nurmatov o'rniga Vadim CHemirtan maydonga tushdi.

74' - Bugungi uchrashuvni stadionda bevosita 2985 nafar tomoshabin kuzatib bormoqda.

76. GOOL! Dilshodbek Ahmadaliev o'ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib bordi va chap oyog'ida darvozaning olis burchagini nishonga oldi - 1:2.

77. "Neftchi" tarkibida O'ZGARISH: Javohirbek Rasulov o'rniga Mo'ydin Mamazulumov tushdi

77' - Qarshi hujum. 2ga 1. SHomurodov to'pni CHemirtanga uzatdi. Vadim bo'm-bo'sh darvozani ishg'ol qilolmadi.

79' - CHemirtanni qo'pollik bilan to'xtatgani uchun Koncevoy ogohlantirildi.

80' - G'iyosov, CHemirtan, SHomurodov juda qulay imkoniyatdan foydalana olisholmadi.

82' - SHerzod Hakimov zarba beradigan vaziyatga chiqdi va to'pni darvoza tomon kuch bilan tepdi. Noaniq.

86' - "Bunyodkor" tarkibida O'ZGARISH: Nurillo To'xtasinov o'rniga Sardorbek Azimov maydonga tushdi.

90+3' - "Bunyodkor" tarkibida O'ZGARISH: Eldor SHomurodov o'rniga Javohir Esonqulov maydonga tushdi.




YANGILASH

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика