So’nggi yangiliklar

11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  0 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  5 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  9 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  2 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  3 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  1 09:06Сергей Лушан: “Жамоага нима етишмаётганлигини билганимда, энг бахтли инсон бўлардим”  14 08:58Факт. "Сўғдиёна" 14 йилдан сўнг ОКМК дарвозасига 3 тадан кўп гол урди  0 08:41Бугун "Қизилқум" устози Шевченконинг рекордини такрорлайдими?   3 08:33Рубен Аморим: "Биз ўзгардик ва анчагина кучайдик"  4 08:07Сервер Жепаров: "Пахтакор"га "Нефтчи"нинг зич ҳимоясини ёриб ўтиш осон бўлмайди"  13 07:50Суперлига. ОКМК "Сўғдиёна"га йирик ҳисобда ютқазди. "Навбаҳор" ва "Сурхон" баҳсида эса ҳисоб очилмади  4 07:44"Нефтчи" бу йил меҳмонда ютқазмаяпти, олдинда "Пахтакор" имтиҳони кутмоқда  15

Oliy liga 23-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Oliy liga 23-tur ramziy terma jamoasi

Kuni kecha oliy ligada 23-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

Saytimiz ijodkorlari o'tgan tur ramziy terma jamoasini tuzib chiqishdi. Undan "Neftchi", "Olmaliq", "Bunyodkor" va "Nasaf" klubi futbolchilari o'rin olishdi.


Darvozabon
Evgeniy CHeremisin "Neftchi"


Farg'onaning "Neftchi" klubi bu turni Samarqandda "Dinamo"ga qarshi o'tkazib g'olib bo'ldi. Uchrashuvda maydon egalari bir necha bor CHeremisin darvozasiga xavf solishdi. Biroq legioner posbon o'z darrvozasi dahlsizligini saqlab qola oldi.

Himoyachilar
Jahongir Mehmonov "Neftchi"
Evgeniy Gogol "Olmaliq"
Anvar G'ofurov "Bunyodkor"
Muhsin Ubaydullaev "Neftchi"


"Olmaliq"ning rossiyalik legioneri Evgeniy Gogol "SHo'rtan" bilan uchrashuvda yaxshi o'ynadi. Himoyachi raqibning hujumlarini qaytarishda boshqalarga o'rnak bo'ldi.

"Bunyodkor"ning tajribali himoyachisi Anvar G'ofurov "So'g'diyona"ga qarshi bahsni chap qanot himoyasida o'tkazdi. Aytish kerakki G'ofurov o'zidan yaxshi taassurot qoldirdi. Raqiblar aynan uni yiqitishgani uchun bosh hakam penalti belgiladi va o'sha vaziyatda hisob ochildi. g'ofurov chap qanotdan bir necha bor hujumlarga ham qo'shilganini ko'rdik.

Himoya chizig'iga "Neftchi"dan ikki nafar futbolchi olindi. Jahongir Mehmonov va Muhsin Ubaydullaev "Dinamo" bilan o'yinda himoya chizig'ida ishonchli o'ynashdi. Ikkala himoyachi ham jamoaning g'alabasiga katta xissa qo'shishdi.



Yarim himoyachilar
SHavkat Salomov "Olmaliq"
Artur Gevorkyan "Nasaf"
Salamat Qutiboev "Olmaliq"




"Olmaliq"ning motori bo'lib turgan SHavkat Salomov yana bir bor ramziy terma jamoadan o'rin oldi. Futbolchi "SHo'rtan" bilan o'yinda golli pas oshirishdan tashqari faol harakatlari bilan ajralib tura oldi.

Artur Gevorkyan oxirgi paytlarda gol urishni unutib qo'ydi deganlar ko'p topildi. Biroq "Navbahor" bilan o'yinda turkmanistonlik yarim himoyachi dublga erishdi va jamoasining yirik g'alabasiga katta xissa qo'shdi. Balki "Penalty" loyihasida mehmon bo'lgach Araning ishlari yurishib ketgandir.

"Olmaliq"ning yana bir yarim himoyachisi Salamat Qutiboev jamoaning eng barqaror futbolchilaridan biri hisoblanadi. Kechagi bahsda Qutiboev 3-daqiqadayoq raqib darvozasiga gol urdi. Bu gol jamoaning g'alabasiga yordam bergani turgan gap.



Hujumchilar
Nemanya Yovanovich  "Olmaliq"
Murod Bobojonov  "Neftchi"
Eldor SHomurodov "Bunyodkor"




"Bunyodkor" klubi hujumchisi Eldor SHomurodov jamoaning asosiy futbolchisiga aylanib bormoqda. "So'g'diyona" bilan o'yinda SHomurodov Hamdamovning pasidan so'ng chiroyli gol urdi va o'yinga yakuniy nuqtani qo'ydi. Bundan tashqari bir necha yaxshi imkoniyatga ega bo'ldi.

Nemanya Yovanovich mavsum boshida ko'plab vaziyatlarni ko'kka sovurardi, so'nggi turlarda serbiyalik hujumchi o'zini juda yaxshi his qilmoqda va gollar urmoqda. Kechagi turda Yovanovich "SHo'rtan" darvozasiga bir emas ikkita gol urdi. Gollari sonini 7taga etkazib olgan hujumchi klub to'purari bo'lgan SHavkat Salomovga etib oldi.

"Neftchi" hujumchisi Murod Bobojonov Samarqanddagi o'yin qahramoni bo'ldi. Sababi zaxiradan maydonga tushib hal qiluvchi golni urishga erishdi. Bu g'alaba "Neftchi" uchun juda ham muhim g'alaba bo'lganini ortiqcha gapirib o'tirish shart emas.



Bu turdagi ramziy terma jamoani "Olmaliq" ustozi Igor SHkviringa ishonib topshirdik. Jamoa so'nggi paytlarda kam g'alaba qozonayotgandi. Bu safar esa olmaliqliklar G'uzorning "SHo'rtan" klubini o'z maydonlarida taslim qilishdi.

Bosh murabbiy:
Igor SHkvirin "Olmaliq"


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика