So’nggi yangiliklar

10:04Невилл МЮ учун идеал мураббий ким эканлигини айтди  0 09:28Анвар Раҳимов - "Локомотив" U-21 жамоаси бош мураббийи!  1 09:01Ниҳоят "Андижон" ўз мақсадига эришди  12 08:32Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?  8 08:01Африка Миллатлар кубоги. Ярим финал жуфтликлари билан танишинг  2 07:35Жейми Милнер рекорд қўйди  1 02:59Англия Кубоги. "Челси" Росеньорнинг дебютида "Чарльтон" майдонида йирик ҳисобда ғалаба қозонди  0 02:12Олег Зотеев: "Жаҳон чемпионатидаги рақиблар Ўзбекистонни менсимай майдонга чиқади"  2 01:56Африка Миллатлар Кубогининг сўнгги ярим финалчиси аниқ бўлди  3 01:33Анзур Исмоилов: "Роналду билан тенгдошмиз. Бу ёшда ўйнаш учун футболни севиш керак"  4 01:15Лиам Росеньор: "Одамлар менинг "Манчестер Юнайтед" мухлиси бўлганимни танқид қилишлари мумкин"  0 00:46Англия Кубоги. "Астон Вилла" "Тоттенхэм"ни мусобақадан чиқариб юборди  2 00:32"Хоразм" "Сурхон" футболчисини таркибига қўшиб олди  0 00:17А Серия. "Рома" 3 дақиқада киритилган икки гол эвазига ғалабага эришди  0 00:15U-23 Осиё Кубоги. Эрон - Ўзбекистон 0:0  0

Oliver SHarkich: "O'yin yakunidagi agressiv holatni hisobga olmaganda hammasi yaxshi bo'ldi" Yangiliklar

Oliver SHarkich: "O'yin yakunidagi agressiv holatni hisobga olmaganda hammasi yaxshi bo'ldi"

Superliganing 4-turida "Paxtakor" o'z maydonida "Navbahor"dan kichik hisobda ustun keldi.

Uchrashuvda 80-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Oliver SHarkich burilish yasadi. Aynan uning ajoyib pasidan so'ng Dragan CHeran g'alaba golini urishga erishdi. Joriy mavsum oldidan tarkibga yangi kelib qo'shilgan SHarkich sekin-asta jamoa o'yiniga ko'nikmoqda. Buni uning o'zi ham tasdiqlagan holda o'yin borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

- O'yin haqida...

- Bellashuv ilk daqiqalardan juda tajovuzkor ko'rinish oldi. Birinchi bo'limda gol yuzaga kelishida biroz sabr qilishimizga to'g'ri keldi. Ammo ikkinchi bo'limda jismoniy tarafdan kuchli ekanligimizni ko'rsatdik. Vaziyatlardan foydalana olmadik. Xudoga shukur juda ham kuchli raqib ustidan g'alaba qozondik.  Draganning goliga assistentlik qilganimda xursandman. Bu mening mavsumdagi birinchi foydali harakatim bo'ldi.

- Jamoaga ko'nikish jarayoni qanday ketmoqda?

- Hali ham davom etmoqda. Ushbu jarayon yana ozroq vaqt davom etishi mumkin. CHunki o'yin uslubi boshqacha ekan.  Angliyada futbol tez, O'zbekistonda esa agressiv. Ammo men ko'nikib ketish uchun borimni bermoqdaman. 

- Angliya, Ispaniya va Portugaliya chempionatlarida to'p tepgansiz. O'zbekiston qanday taassurot uyg'otdi? 

- Hayotimda birinchi marotaba O'rta Osiyoda bo'lishim. Bundan oldin faqat Qatarga borgan edim. Ikki mamlakatni bir xil deya olmayman. Ammo menga yurtingiz judayam yoqdi. Mahalliy odamlar mehnatkash va rostgo'y ekan. Toshkentda istiqomat qilib hayotdan bahra olmoqdaman. 

- Bu erga kelishingizdan oldin nimalarni kutgan edingiz?

- O'zbekistonga kelishimdan oldin, katta klub va chempion jamoada o'ynashimni bilgan edim. CHempionat va OCHLda o'zimni ko'rsatib nimalarga qodirligimni isbotlashga harakat qilaman. "Paxtakor"dan taklif olganimda oilam va do'stlarim bilan maslahatlashib rozilik bildirdim. OCHLda tez va sifatli futbolni kutyapman. Hamma biladi ushbu turnirda yaxshi o'yinchilar va jamoalar o'ynashadi. Albatta qiyin bo'ladi. Biroq biz O'zbekiston chempionimiz va ishonamanki, guruhdan chiqa olamiz.

- "Navbahor" bilan o'yindagi stadiondagi muhit haqidagi fikringiz?

- Ajoyib, muxlislarimiz o'zgacha qushiqlar bilan bizni qullab-quvvatlashdi. Buni eshitish juda yoqimli. O'yindan keyingi "agressivlikni" aytmasa hammasi alo darajada kechdi. Futbol hissiyotlar qaynaydigan sport turi.

- Oliver sizning qaerdan ekanligingiz qiziq? Biz CHernogoriya, deb eshitdik. Ayrim manbalar Belgiya, Angliyani ko'rsatmoqda...

- Belgiya mamlakatida 2007-2017 yillar davomida yashaganman. So'nggi 3 yilni Angliyada o'tkazdim. Mening yurtim -  CHernogoriya. Otam chernogoriyalik. Mazkur mamlakatning turli yosh toifasidagi jamoalarida to'p tepganman.

Uchqun Azimov suhbatlashdi




Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика