Anzur Ismoilov: "Ronaldu bilan tengdoshmiz. Bu yoshda o'ynash uchun futbolni sevish kerak"
11 jan 01:33
Yangiliklar
Anzur Ismoilov: "Ronaldu bilan tengdoshmiz. Bu yoshda o'ynash uchun futbolni sevish kerak"
– Yangi mavsumga tayyorgarlik qanday o'tmoqda?
– Tayyorgarlikni boshladik. Yangi legionerlar safimizga qo'shildi. Qolaversa, yangi kelganlar orasida avval ushbu klubda faoliyat olib borgan futbolchilar ham bor. Mavsumga yaxshi tayyorgarlik ko'rishga harakat qilamiz. Hamma jamoa kuchaymoqda. Superliga judayam qiziqarli o'tadi. Shu bois, biz ham yaxshi tayyorgarlik ko'rishimiz kerak.
– Shu yoshingizda ham tetik bo'lib turishning siri bormi?
– Jismoniy holatni saqlab turish barchaning o'z qo'lida. Rejim ostida yashashdan tashqari futbolni yaxshi ko'rish ham kerak.
– Tibbiy ko'rikdan o'tgazgan mutaxassislarning aytishicha, sizning organizmingiz o'n yosh kichik futbolchilardan ham yaxshi deb aytishdi.
– Pulsim shunday bo'lsa kerak, lekin endi uni yuqori ko'tara olmayman.
– Joriy yil, menimcha, Superligadagi eng yoshi katta futbolchiga aylanasiz?
– Shunaqa shekilli.

– Ronaldu bilan tengdoshsiz-a?
– Ha.
– Kim birinchi faoliyatini tugatishga bellashyapsizlarmi?
– Shu yil jamoaga yordamim tegishini istayman. Maqsadim shu.
– Yangi mavsumdan nimalar kutyapsiz?
– Hamma jamoa kuchaymoqda. Oldinda jahon chempionati kutilmoqda. Bu yil muxlislar uchun futbol jihatdan "to'yimli" yil bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
Fikrlar
Пенальтидан урган такдирда хам кейинги этапда Лотин Американи командаси турганлигини билармидинг, долбоёб!
Сан озинг махалла чемпионатида хам эплаб футбол ойнолмаган бола босанг..
Билан уйинни.сотган