Liam Rosenor: "Odamlar mening "Manchester Yunayted" muxlisi bo'lganimni tanqid qilishlari mumkin"
11 jan 01:15
Yangiliklar
Liam Rosenor: "Odamlar mening "Manchester Yunayted" muxlisi bo'lganimni tanqid qilishlari mumkin"
"Odamlar mening "Manchester Yunayted" muxlisi bo'lganimni tanqid qilishlari mumkin. Biroq endi men "Chelsi" muxlisiman.
Ser Aleks Fergyuson qo'rqmasdan o'z jamoasi tarkibiga 19-21 yoshli futbolchilarni qo'shib, chempion bo'lganini eslayman. O'shanda u yoshlarga ishongan. Ular ulg'ayib, sovrin ustiga sovrin yutishardi. Qo'rqmaslik sababli shunday natijalar qo'lga kiritilgan.
Bu erda ham imkoniyatlar etarlicha, faqatgina imkoniyatlar, biroq bu hozircha haqiqat emas. Moyzes Kaysedo, Enco Fernandes, Koul Palmer yoki Ris Jeymsni misol qilib keltirishim mumkin.
Yosh bu bir faktor. Bu erda asosiysi tajriba. Ris ko'plab sovrinlarga ega chiqqan. Tarkibda ko'plab tajribali futbolchilar bor. Bu guruh futbolchilar birgalikda ko'plab sovrinlarga ega chiqqan. Men aynan ular orqali oldinga harakat qilib, kelajak uchun ishtiyoq olmoqchiman", - dedi Rosenor.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
Fikrlar